Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva
293 subscribers
13.7K photos
810 videos
7 files
3.45K links
Samarqand viloyat
O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali


Telegram: @uzdavkarantin_antikor_bot
Veb sayt: https://samkarantin.uz/


Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64
Ishonch tel: +99871 202 84 84
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦Britaniya O'zbekistondan mosh sotib olishga tayyor

🗣O‘zbekiston elchixonasida "AGT Poortman" kompaniyasi bosh konsultanti Jeyms Xalford bilan mosh mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

⚙️ Uchrashuv davomida Jeyms Xalford O‘zbekiston agrar sohasida olib borilayotgan islohotlar – innovatsion texnologiyalarni jalb etish natijasida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni yanada rivojlanayotganini alohida qayd etdi.

🔝 Uning so‘zlariga ko‘ra, "AGT Poortman" kompaniyasi o‘tkazgan marketing tadqiqotlari natijasida O‘zbekistonda yetishtiriladigan dukkakli mahsulotning sifati Britaniya bozorida raqobatbardosh ekanligi aniqlangan.

🤝 Suhbat yakunida Jeyms Xalford O‘zbekistondan 10 ming tonna mosh eksportini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Mazkur masalani O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi bilan ishlab chiqishga kelishib olindi.

#repost #mosh #export #B_Britaniya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM