⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
5.97K subscribers
23.9K photos
3.44K videos
43 files
14.8K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun: https://t.me/E_mamasoliyev
Call center: 1154
Download Telegram
⚡️QO‘SHRABOTDA ELEKTR UZATISH TARMOQLARI YANGILANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 330-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida Qo‘shrabot tumanidagi Navkat, Mayintepa, Do‘stlik, Pichot, Minishkor, Oqchopsoy, Yangiqishloq, Xonnazar, Pangat, Qiyqim mahallalarida 31 dona yangi transformator punkti, 1785 ta beton ustunlari o‘rnatish va 69 km elektr uzatish tarmoqlari tortish ishlari davom etmoqda.

Xususan, birgina tumanning Qiyqim mahallasida 3 dona yangi transformator punkti, 171 ta beton ustunlari o‘rnatish va 6,5 km yuqori kuchlanish tarmoq, 8,6 km SIP kabellari tortish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

Bu kabi amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat hududlar infratuzilmasini yaxshilash va aholi farovonligini oshirish, balki elektr energiyasining uzluksiz va barqaror yetkazib berilishini ta’minlashga xizmat qiladi.


https://t.me/SamHETK
⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tizim korxonalari tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda tarmoqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda uzilishlarni oldini olish maqsadida hududlarda mavjud elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’minot doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Shu bilan birga soha xodimlari joylarda transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash, beton ustunlari o‘rnatish va yangi tarmoq tortish ishlarini ham bajarishmoqda.

Bu kabi ishlarning olib borilishi natijasida elektr energiyasining tarmoqlarda yo‘qolishining oldi olinib, uning uzluksizligi va sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.


https://t.me/SamHETK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_energiya

Fakt: May oyida mamlakatimizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 1,1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

https://t.me/SamHETK