⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
10.5K subscribers
30K photos
4.16K videos
47 files
18.7K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Download Telegram
TEJAMKORLIK TANLOV EMAS — ZARURAT

Hurmatli iste’molchilar!

Elektr energiyasi — kundalik hayotimizning asosi. Uning barqarorligi nafaqat ishlab chiqarish va yetkazib berishga, balki undan qanday foydalanishimizga ham bog‘liq.

Ko‘pincha muammoni tizimdan izlaymiz yoki tizimga bog’laymiz.

Ammo ortiqcha yukning katta qismi oddiy odatlardan kelib chiqadi: keraksiz yoqilgan chiroq, o‘chirilmagan jihoz, nazoratsiz iste’mol. Bir qarashda arzimas bo‘lgan bu holatlar minglab xonadonlarda takrorlanganda tizimga jiddiy bosim beradi.

Natijada yuklama oshadi, barqarorlik izdan chiqadi.

Darhaqiqat tarmoqlarni rivojlantirish, infratuzilmani yangilash — bizning vazifamiz. Bu yo‘nalishda ishlar davom etmoqda. Ammo barqaror ta’minot umumiy mas’uliyatni talab qiladi.

Shu bois sizni oddiy, ammo muhim qoidalarga amal qilishga chaqiramiz:

— keraksiz chiroqlarni o‘chiring;
— ishlatilmayotgan qurilmalarni tarmoqdan uzing;
— elektrdan faqat zarurat darajasida foydalaning.


Tejamkorlik — cheklov emas.
Bu — ongli tanlov, madaniyat va kelajak oldidagi mas’uliyatdir.

Har bir tejalgan kilovatt — tizim barqarorligiga qo‘shilgan hissa.
Har bir e’tibor — umumiy farovonlikka xizmat qiladi.

Bugungi kichik qarorlar ertangi barqarorlikni belgilaydi.

Hurmat bilan
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali
2👍1👏1
Hurmatli energetika sohasi xodimlari, aziz hamkasblar!

Sizlarni energetika tizimi shakllanganining 100 yillik shonli yubileyi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bir asrlik tarix davomida mamlakatimiz energetika sohasi ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugungi kunda esa ushbu tizim O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tayanchiga aylanib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yangi generatsiya quvvatlari ishga tushirildi, elektr tarmoqlari modernizatsiya qilindi, energiya ta’minotining ishonchliligi va samaradorligi sezilarli darajada oshdi. Bu yutuqlar zamirida esa siz, soha fidoyilarining tinimsiz mehnati va yuksak kasbiy mas’uliyati mujassam.

Samarqand hududida ham energetika infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoqlarni yangilash va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda. Bu jarayonlar butun respublika miqyosidagi umumiy taraqqiyotning muhim qismi hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Energetika sohasini yanada rivojlantirish yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz doimo yuksak qadrlanadi.

Hurmat bilan,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Samarqand hududiy filiali rahbari
Eldor MAMASOLIYEV
👍9🏆21🔥1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

231-fiderning elektr tarmog‘ida kuzatilgan nuqson sababli hozirda Samarqand shahridagi Charmgari, Xo‘ja Abdu Darun, Mo‘liyon-2 va Samarqand tumanidagi Oqmachit, Dehnav, Shalg‘amon, Qumzor (qisman), Rustamqishloq mahallalarida (mazkur fider orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigandagi iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda soha xodimlari tomonidan ushbu holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tez orada nuqson bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

https://t.me/SamHETK
4👍3👌2
📢 MAHALLALAR — “ENERGIYA TEJAMKORLIGI OYLIGI”NING TAYANCH BO‘G‘INI

Samarqand viloyatida o’tkazilayotgan “Energiya tejamkorligi oyligi” doirasida joylardagi ishlarning samaradorligi, avvalo, mahalla darajasida shakllanadi.

Hududiy elektr tarmoqlari tizimi uchun mahalla fuqarolar yig‘inlari va mahalla “yettilligi” — iste’molchi bilan eng yaqin va uzviy ishlaydigan hamkor hisoblanadi. Aynan shu tizim orqali xonadonlar kesimidagi real iste’mol, mavjud muammolar va yo‘qotish omillarini aniqlash, ularga manzilli yondashish imkoniyati yaratiladi.

Shu nuqtai nazardan, oylik doirasida mahallalar bilan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish muhim deb hisoblaymiz:
— aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha manzilli tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
— ortiqcha sarf, yashirin iste’mol va noqonuniy ulanish holatlarini erta aniqlash va bartaraf etishda hamkorlik qilish;
— energiya samarador qurilmalar va texnologiyalarni keng targ‘ib etish;
— real iste’mol va hisob-kitoblar o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirishga ko‘maklashish;
— kam ta’minlangan xonadonlar bilan individual ishlash orqali tejamkorlik madaniyatini mustahkamlash;
— hududlarda o‘tkaziladigan reyd va o‘rganish tadbirlarini muvofiqlashtirish.

Mahalla “yettilligi”ning muvofiqlashtirilgan faoliyati ushbu jarayonda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan shu darajada har bir xonadon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud holatni baholash va amaliy natijaga erishish mumkin.

Hududiy elektr tarmoqlari tizimi mahallalar va “yettilik” a’zolarini oylik doirasida faol hamkorlikka chorlaydi.

Energiya tejamkorligi — hamkorlik va mas’uliyat uyg‘unligida shakllanadigan natijadir.
👍 Samarqand – media haftalikning 5 nuqtasi: ko‘rsatkichlar qanday natijani ko‘rsatmoqda?

🔅 Umumiy ishtirokchilar – 700 dan ziyod;

🔅 5 kun davomida 50 dan ziyod mavzuda 17 nafar
malakali mentor
tomonidan qizg‘in debat va amaliy treninglar o‘tkazildi;

🔅 Media maydonga 84 nafar mobilograf va 109 nafar SMM mutaxassislari kirib keldi;

🔅 Shuningdek, 300 nafar kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar qamrab olindi;

🔅 Media forumda 500 dan ziyod ishtirokchi jamlandi.

📌Samarqanddagi media forum tizimlilik, amaliy yondashuv va ochiq muloqot muhiti bilan ajralib turdi.

📌Ushbu jarayonda shakllangan bilim va ko‘nikmalar, yangi yondashuvlar Samarqand mediasida yangicha muhitni shakllantirib, kelgusida media mahsulotlarda o‘z aksini topishi shubhasiz.
2
⚡️ ENERGIYA TEJAMKORLIGI OYLIGI

Samarqand viloyatida energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini yanada oshirish maqsadida “Energiya tejamkorligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida aholiga elektr energiyasidan samarali foydalanish, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilyapti.

🔹 Har bir xonadonda tejamkorlik odatini shakllantirish
🔹 Elektr jihozlaridan oqilona foydalanish
🔹 Energiya yo‘qotishlarini kamaytirish — ustuvor vazifa


Har birimizning kichik e’tiborimiz va ongli yondashuvimiz katta natijalarga xizmat qiladi.

📌 Energiya tejamkorligi — bugungi kun talabi va kelajak kafolati!

https://t.me/SamHETK
⚡️Samarqandda energiya tejamkorligi oyligi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Viloyatimizda 2026-yil 1–30 may kunlari “Energiya tejamkorligi oyligi” doirasida hududlarda keng ko‘lamli targ‘ibot va amaliy tadbirlar izchil tashkil etilmoqda.

Mazkur jarayonlarda aholining energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Urgut tumanining Chep mahallasida o‘tkazildi.

Tuman elektr ta’minoti mutasaddilari hamda mahalla yettiligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda fuqarolarga energiya tejamkorligining ahamiyati, elektr energiyasidan samarali foydalanish, ortiqcha yuklamalarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarning elektr energiyasi ta’minotiga oid murojaatlari ham tinglanib, har bir masala yuzasidan aniq yechimlar va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bu kabi uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish va tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

https://t.me/SamHETK
1
3-4-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda boʻlib oʻtadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yigʻilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 3–4 мая примет участие в мероприятиях 59-го ежегодного заседания Совета управляющих Азиатского банка развития в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sammit #OTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍41