⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
5.96K subscribers
23.6K photos
3.42K videos
43 files
14.7K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun: https://t.me/E_mamasoliyev
Call center: 1154
Download Telegram
⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mavjud elektr uzatish tarmoqlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’mirlash ishlari davomida elektr qurilmalarining estetik holati yaxshilanib, eskirgan va nosoz izolyatorlar yangilariga almashtirilmoqda.

Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari atrofini daraxt shoxlaridan tozalash va salqi simlarni qayta tortish, transformator punktlarida esa joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari bajarilyapti.

Bundan tashqari, hududlarda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Bu kabi ishlarning olib borilishi natijasida elektr energiyasining tarmoqlarda yo‘qolishining oldi olinib, uning uzluksizligi va sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.


Ayni kunlarda hududlarda bu kabi ta’mirlash ishlari davom etmoqda.


https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:00 dan 13:00 oralig‘ida “Sherdor” podstansiyasining T-1 tarmog‘ida kontakt qizishini bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi  Yominiy, Zominiy, Qo‘shhovuz, Dahbed, Eski Qalandarxona, Bog‘ibaland, Chashma, Kulollar, Chaqar, Qo‘shchinor, So‘zangaron mahallalarida, 12-poliklinika, ATS va tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
__________________________
Bugun soat 14:00 dan 16:00 oralig‘ida “Chinor” podstansiyasining T-1 tarmog‘ida kontakt qizishini bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Bog‘i Feruza, Abdurahmon Jomiy, Fidoyilar, So‘zangaron, Abdulla Qahhor, Xo‘ja Abdu Darun mahallalarida 12-poliklinika, Saxovat uyi va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan boshqa iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.
__________________________

Bugun soat 16:00 dan 18:00 oralig‘ida “Namozgoh” podstansiyasining T-2 tarmog‘ida kontakt qizishini bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Qavola, Mo‘lyon-1, 2, 3, Qo‘shchinor, Xo‘ja Abdu Darun (Sadriddin Ayniy ko‘chasi) va tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:10 dan 18:00 ga qadar “Xonchorbog‘” podstansiyasining T-2 35/10 yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta‘mirlash ishlari olib borilishi sababli Pastdarg‘om tumanidagi (Qayrag‘och”, “Oqqush” fiderlari) Xonchorbog‘ va Sanchiqul mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:40 dan 18:00 oralig‘ida “Ohalik” podstansiyasidan chiquvchi “Ohalik” fiderining 10 kV havo elektr uzatish tarmog‘ida simyog‘ochlarni o‘rniga temir beton ustunlari o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli Samarqand tumanidagi Ohalik (yuqori, quyi, o‘rta) mahallalarida hamda mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan oromgohlarda (“Alpomish”, “Sitora”) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tizim korxonalari tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda tarmoqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda uzilishlarni oldini olish maqsadida hududlarda mavjud elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’minot doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Shu bilan birga soha xodimlari joylarda transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash, beton ustunlari o‘rnatish va yangi tarmoq tortish ishlarini ham bajarishmoqda.

Bu kabi ishlarning olib borilishi natijasida elektr energiyasining tarmoqlarda yo‘qolishining oldi olinib, uning uzluksizligi va sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.


https://t.me/SamHETK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_energiya

⚡️ENERGIYA TEJASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISHGA QARATILGAN TADBIRLAR

Zamon taraqqiy etgan sari energiya resurslariga bo‘lgan talab ortib boraveradi. Shu bois mamlakatimizning turli hududlarida elektr energiyasidan tejamkorlik va oqilona foydalanish bilan bir qatorda muqobil energiya manbalari bo‘yicha turli loyihalar foydalanishga topshirilmoqda.

Xususan, Samarqand tumanida ham muqobil energiya manbalaridan foydalanish ommalashmoqda.

Tafsilotlar “O‘zbekiston24” telekanalining “Maxsus reportaj” axborot dasturi lavhasida.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 15:10 dan 18:00 oralig‘ida “Yangi” podstansiyasining T-1, T-2 tarmog‘ida kontakt qizishini bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli Jomboy tumanidagi Ko‘kgumbaz, Xitoypoyon, G‘azira, Qo‘ng‘irot, Sariqipchoq, Qoramo‘yin, Beshbola, Qang‘li, Juriyat mahallalarida elektr elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.me/SamHETK