⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
5.97K subscribers
23.1K photos
3.35K videos
43 files
14.4K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun: https://t.me/E_mamasoliyev
Call center: 1154
Download Telegram
⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tizim korxonalari tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda tarmoqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda uzilishlarni oldini olish maqsadida hududlarda mavjud elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’minot doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Shu bilan birga soha xodimlari joylarda transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash, beton ustunlari o‘rnatish va yangi tarmoq tortish ishlarini ham bajarishmoqda.

Bu kabi ishlarning olib borilishi natijasida elektr energiyasining tarmoqlarda yo‘qolishining oldi olinib, uning uzluksizligi va sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.


https://t.me/SamHETK
Munosabat o‘rnida

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on shahar, “Go‘zalkent” MFY, Bobur ko‘chasidagi transformator punktida yong‘in chiqqanligi xususida xabar tarqaldi.

Kattaqo‘rg‘on shahar elektr ta’minotining navbatchi dispetcheri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 1-may kuni soat 23:10 larda “Langar” fideriga ulangan va sinov rejimida ishlab turgan (iste’molchilar ulanmagan) transformator punktida yong‘in sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng Favqulodda vaziyatlar bo‘limi o‘t o‘chirish guruhi hamda shahar elektr ta’minoti tezkor chiqish brigadasi xodimlari tomonidan soat 23:20 bilan yong‘in bartaraf qilingan.

Ayni damda ushbu transformator punktida ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda.

https://t.me/SamHETK
⚡️TEXNOLOGIK YO‘QOTISHLARNI KAMAYTIRISH CHORALARI KO‘RILMOQDA

Ayni kunlarda ham “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi shahar va tuman elektr ta’minotlari tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, yetkazib berilayotgan elektr energiyasini tarmoqlarda hamda transformator punktlarida texnologik yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.


Ta’mirlash ishlari jarayonida elektr uzatish tarmoqlari atrofi daraxt shoxlaridan tozalanib, shikastlangan izolyatorlarni almashtirish, tarmoqlarni qayta tortish ishlari olib borilmoqda. Elektr qurilmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Bundan tashqari, soha mutaxassislari tomonidan joriy yil uchun belgilangan rejaga asosan yangi tarmoq tortish, elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari ham bajarilyapti.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 14:50 dan 18:00 oralig‘ida “Birlik” fiderining havo elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli Pastdarg‘om tumanidagi Ilm mahallasida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ FUQAROLAR MUROJAATLARI DOIMIY E’TIBORDA

Haftaning har juma kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktorining fuqarolar qabuli o‘tkazilishi xususida xabar bergandik.

Bugun filial direktori Eldor Mamasoliyev fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi. Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar esa mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Ma’lumki, fuqarolarni qabul qilish jadvaliga muvofiq filial bosh muhandisi, “Energosavdo” Samarqand bo‘linmasi hamda “Qurilish-montaj” direksiyasi rahbarlarining ham fuqarolarning qabul qilish kunlari belgilangan.


https://t.me/SamHETK