⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
5.96K subscribers
23K photos
3.33K videos
43 files
14.4K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun: https://t.me/E_mamasoliyev
Call center: 1154
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI XARID QILISH "ENERGY MARKET" ORQALI YANADA QULAY

https://t.me/SamHETK
AOKA reytingida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Axborot xizmati faoliyati yuqori baholandi

✔️ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotibi ish samaradorligi baholandi.

Unda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Axborot xizmati qator aksiyadorlik jamiyatlari Axborot xizmatlari orasida 86,5 ball bilan 6-o‘rinda qayd etildi.

✔️ Bu “Ochiqlik indeksi”ning birinchi indikatori hisoblanadi. O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirildi.

👉Batafsil

https://t.me/SamHETK
Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori S.Turdiyev boshchiligida tegishli tashkilotlar mas'ullari tomonidan Urgut tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tumanning O‘ramas mahallasida joylashgan maishiy texnika ishlab chiqarish korxonasi “Sam Ferri” MCHJning bugungi kundagi energiya resurslarini tejash ko‘rsatkichlarining bajarilishi va yo‘qotishlarni kamaytirish borasida amalga oshirilgan ishlarning ahvoli o‘rganildi.

Ushbu ishlab chiqarish korxonasida 1000 kVt quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, bugungi kunda oyiga 55 mln. 307 ming so‘m energiya resurslarini iqtisod qilib, mahsulot tan narxini arzonlashishga ko‘makdosh bo‘lib kelmoqda.


https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

78-fiderga ulangan 464-transformator punktining kabel tarmog‘ida kuzatilgan nuqson sababli hozirda Samarqand shahar, Sevali ota mahallasidagi mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni damda soha mutaxassislari tomonidan ushbu nuqsonni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Tez orada nuqson bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.


https://t.me/SamHETK
28-aprel – Butunjahon mehnat muhofazasi kuni

Har yili ushbu sanada mehnat muhofazasi mutaxassislari o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlaydilar.
2003-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti 28-aprelni Butunjahon mehnat muhofazasi kuni deb e’lon qilgan.


https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 09:30 dan 18:00 oralig‘ida “Beruniy” podstansiyasining SSH-10-1, TN-10-1 tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Payariq tumanidagi Bahor, Sho‘rtepa, Madaniyat, Yangiobod, Jo‘vozxona mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.me/SamHETK
#Tarixga_nazar

⚡️Birinchi quyosh elektr stansiyasi 1913-yilda Misrda qurilgan

U Misr poytaxti – Qohiradan 25 kilometr uzoqlikda, Maadi shahri yaqinida qad rostlagan. Uning «muallifi» — amerikalik muhandis Frenk Shuman bo‘lgan. Stansiyada 60 ot kuchi quvvatini bera oladigan, silliqlangan po‘latdan yasalgan ko‘zgudan foydalanilgan.

Navbatdagi yirik quyosh elektr stansiyasi Misrda naqd 100 yildan keyingina paydo bo‘ldi.

Misrda 2019-yili Sharm-ash-Shayh quyosh elektr stansiyasi qurildi va u Misrning ushbu hududidagi yirik yaxlit gelioqurilmalar tarmog‘ida birinchisi bo‘ldi.

Quyosh elektr stansiyasi quvvati 5 MVtni tashkil etadi va u taxminan 2 ming aholi uylarini elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Shu bilan birga karbonad angidrid gazi ajralmasini yiliga 3,5 ming tonnagacha qisqartiradi. Kelajakda barcha gelioqurilmalar majmuasi 40 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida 277-transformator punktida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahri, Geologlar, Qo‘rg‘oncha mahallalaridagi mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan iste'molchilarda (tibbiy markaz, baza, tadbirkorlik subyektlarida) elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:00 dan 19:00 oralig‘ida 56-, 57-fiderlarining 6 kV havo elektr uzatish tarmoqlari atrofini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari bajarilishi sababli Samarqand shahridagi Fidoyilar, Sharq, Dari zanjir, Jomiy, Sarbon, Shahriobod, Ibn Sino, Qo‘shbaqqolli mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida 695-transformator punktining “RLND” elektr uskunasini almashtirish ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi 53-fider orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan Motrid, (Aravasozi, Xo‘ja G‘unjoyish) Gulobod mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.me/SamHETK