⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
5.93K subscribers
22.9K photos
3.33K videos
43 files
14.3K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun: https://t.me/E_mamasoliyev
Call center: 1154
Download Telegram
#Ochiq_dars

⚡️ENERGIYA TEJAMKORLIGI – O‘QUVCHILAR NIGOHIDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali mas’ul xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi 55-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun yosh avlod ongida elektr energiyaga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, tejamkorlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ochiq dars tashkil etildi.

Dars jarayonida o‘quvchilarga elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish kerakligi tushuntirilib, uni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazib berilishigacha bo‘lgan mashaqqatli jarayon aytib berildi.

Shundan so‘ng elektrdan oqilona foydalanishning oddiy usullari borasida tavsiyalar berilib, uni behuda sarflamaslik, kelajak avlod uchun ham energiya zaxiralarini saqlab qolish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, filial Xotin-qizlar kengashi raisi M. Maqsudova energetika sohasida ishlash istagidagi yoshlar, ayniqsa xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar xususida gapirib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

https://t.me/SamHETK
⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tizim korxonalari tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda tarmoqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda uzilishlarni oldini olish maqsadida hududlarda mavjud elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’minot doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Shu bilan birga soha xodimlari joylarda transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash, beton ustunlari o‘rnatish va yangi tarmoq tortish ishlarini ham bajarishmoqda.

Bu kabi ishlarning olib borilishi natijasida elektr energiyasining tarmoqlarda yo‘qolishining oldi olinib, uning uzluksizligi va sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.


https://t.me/SamHETK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rais_kubogi_2025

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AKSIYADORLIK JAMIYATI RAISINING KUBOGI MUSOBAQASI DOIRASIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
.

SHAROFJON RAHMONOV

📍SAMARQAND VILOYATI
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 15:00 dan 18:00 oralig‘ida 53-fiderga ulangan 695-transformator punktining “RLND” elektr uskunasini almashtirish ishlari olib borilishi sababli Samarqand shahridagi Gulobod, Motrid, Xo‘ja G‘unjoyish mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.me/SamHETK
#Munosabat
Milliy telekanalining “Millar” dasturida Toyloq tumani, Bog‘izag‘on mahallasida elektr ta’minotiga oid lavha e’lon qilindi.
Unda mahalla hududida eski simyog‘ochlarni hamda fuqarolar tomonidan qo‘lbola o‘rnatilgan ustunlarni almashtirish xususida so‘z yuritilgan.
Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Toyloq tumanida ham iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr uzatish tarmoqlarida joriy, mukammal ta’mirlash ishlari bilan birgalikda yangi tarmoq tortish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumanning Bog‘izag‘on mahallasida ham manzilli dasturlarga asosan o‘tgan 2023-2024-yillarda 2 dona yangi transformator punkti o‘rnatildi. 4 kilometrga yaqin SIP kabellari tortilib, iste’molchilar yangi tarmoqqa ulangan.
Joriy yilda ham viloyatda barcha dasturlar bo‘yicha 1048 km elektr uzatish tarmog‘i tortish, 353 dona har xil quvvatdagi transformator punktlari hamda 28 425 ta simyog‘ochlar yangilanishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda bu boradagi ishlar qizg‘in olib borilmoqda.
Bog‘izag‘on mahallasi hududidagi iste’molchilarga “Elipok” va “Granat” fiderlari orqali elektr ta’minoti yetkazib beriladi. Ushbu hududdagi fuqarolarning murojaatlari tuman elektr ta’minoti mas’ullari tomonidan o‘rganilgan. Xabaringiz bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza maydonlari
belgilangan. Mazkur muhofaza maydonlarida har qanday qurilish ishlarini olib borilishi taqiqlangan. Ammo o‘rganishlar davomida Bog‘izag‘on mahallasi hududidan o‘tgan havo elektr uzatish tarmoqlari hamda simyog‘ochlarning muhofaza maydonlari ham o‘zboshimchalik bilan egallab olingan aniqlangan. Hozirda “Granat” fiderining havo elektr uzatish tarmog‘iga 10 dona temir beton ustunlari o‘rnatish ishlari bajarilmoqda. Ushbu tarmoqning muhofaza maydonlari egallab olinishi simyog‘ochlarni almashtirishda hamda maxsus texnikalarning ish jarayonida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
“Elipok” fiderining elektr uzatish tarmog‘idagi simyog‘ochlarni almashtirish ishlari ham joriy yilning 3-choragi davomida bajarilishi rejalashtirilgan.
Mahalladagi qolgan 0,4 kV havo elektr uzatish tarmog‘idagi qo‘lbola simyog‘ochlar ham tegishli dastur bo‘yicha bosqichma-bosqich bajarilishini ma’lum qilamiz.


https://t.me/SamHETK