⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
5.93K subscribers
22.9K photos
3.33K videos
43 files
14.3K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun: https://t.me/E_mamasoliyev
Call center: 1154
Download Telegram
#Ochiq_dars

⚡️ENERGIYA TEJAMKORLIGI – O‘QUVCHILAR NIGOHIDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali mas’ul xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi 55-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun yosh avlod ongida elektr energiyaga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, tejamkorlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ochiq dars tashkil etildi.

Dars jarayonida o‘quvchilarga elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish kerakligi tushuntirilib, uni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazib berilishigacha bo‘lgan mashaqqatli jarayon aytib berildi.

Shundan so‘ng elektrdan oqilona foydalanishning oddiy usullari borasida tavsiyalar berilib, uni behuda sarflamaslik, kelajak avlod uchun ham energiya zaxiralarini saqlab qolish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, filial Xotin-qizlar kengashi raisi M. Maqsudova energetika sohasida ishlash istagidagi yoshlar, ayniqsa xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar xususida gapirib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

https://t.me/SamHETK
⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tizim korxonalari tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda tarmoqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda uzilishlarni oldini olish maqsadida hududlarda mavjud elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’minot doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Shu bilan birga soha xodimlari joylarda transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash, beton ustunlari o‘rnatish va yangi tarmoq tortish ishlarini ham bajarishmoqda.

Bu kabi ishlarning olib borilishi natijasida elektr energiyasining tarmoqlarda yo‘qolishining oldi olinib, uning uzluksizligi va sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.


https://t.me/SamHETK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rais_kubogi_2025

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AKSIYADORLIK JAMIYATI RAISINING KUBOGI MUSOBAQASI DOIRASIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
.

SHAROFJON RAHMONOV

📍SAMARQAND VILOYATI