⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
5.93K subscribers
22.9K photos
3.33K videos
43 files
14.3K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun: https://t.me/E_mamasoliyev
Call center: 1154
Download Telegram
⚡️MILLIY LIBOSLAR – MILLIY QADRIYATLARIMIZ TIMSOLI!

Yurtimiz bo‘ylab milliy qadriyatlarni ulug‘lash va yoshlar o‘rtasida milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Milliy liboslar – milliy qadriyatlarimiz timsoli!” chellenji o‘tkazilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Samarqand hududiy filialida ham milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi “Milliy liboslar – milliy qadriyatlarimiz timsoli!” chellenji davom etmoqda!

Bunday tadbirlar milliy o‘zlikni mustahkamlash va milliy g‘ururni shakllantirishga qaratilgan.

Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!

https://t.me/SamHETK
⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

74-, 58-, 113-fiderlarining elektr tarmog‘ida aniqlangan nuqson bartaraf etish ishlari olib borilayotganligi sababli Samarqand shahridagi Geologlar, Zarafshon, Yuksalish, (O‘zbektrakt ko‘chasi, aeroport atrofi), Bog‘imaydon mahallalaridagi mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Qisqa muddat ichida ushbu nuqson bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

https://t.me/SamHETK
#Ochiq_dars

⚡️ENERGIYA TEJAMKORLIGI – O‘QUVCHILAR NIGOHIDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali mas’ul xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi 55-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun yosh avlod ongida elektr energiyaga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, tejamkorlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ochiq dars tashkil etildi.

Dars jarayonida o‘quvchilarga elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish kerakligi tushuntirilib, uni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazib berilishigacha bo‘lgan mashaqqatli jarayon aytib berildi.

Shundan so‘ng elektrdan oqilona foydalanishning oddiy usullari borasida tavsiyalar berilib, uni behuda sarflamaslik, kelajak avlod uchun ham energiya zaxiralarini saqlab qolish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, filial Xotin-qizlar kengashi raisi M. Maqsudova energetika sohasida ishlash istagidagi yoshlar, ayniqsa xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar xususida gapirib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

https://t.me/SamHETK