SAMARQAND G'AZNACHILIK XIZMATI | Rasmiy kanal
272 subscribers
1.83K photos
106 videos
8 files
431 links
Bizga to'g'ridan to'gri murojaat uchun https://t.me/samgaznamurojaat
1. https://gov.uz/oz O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Portali
2. www.president.uz O‘zbekiston Respublika Prezidenti
3. www.imv.uz Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Download Telegram
Oqdaryoda Davlat xaridlari sohasiga oid seminar-trening

Davlat xaridlari sohasidagi amaldagi tartiblar, imtiyozlar va imkoniyatlar yuzasidan tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Treningda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Samarqand viloyati loyiha ofisi va Oqdaryo tumani hokimligi hamkorligida tashkil qilinib, tadbirda “Samarqand ekspertiza” MCHJ, G‘aznachilik boshqarmasi, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Samarqand filiali, “O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi” Samarqand viloyati filiali hamda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat Inspeksiyaning viloyat bo‘limi mas’ul xodimlari taqdimotlar qilishdi.
Seminarda davlat xaridlarida ishtirok etish tartiblari, elektron savdo platformalarida ishlash, mahalliy mahsulotlarga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar, tender va tanlovlarda qatnashish amaliyoti ihtirokchilarga tavsiya va tushunchalar berildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 @oqdaryo_axborot_xizmati
👍2
Bugun Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida navbatdagi 📚 “Iqtisodiy o‘qish” mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 9-dekabrdagi 67-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ma’ruzachi sifatida boshqarma Moliyaviy resurslarni boshqarish, davlat budjeti g‘azna ijrosi tahlili, hisobi va hisoboti sho‘basi bosh mutaxassisi G‘.Burxanov ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida budjet tasnifini qo‘llashdagi yangiliklar, amaliyotdagi o‘zgarishlar hamda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Bugun Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” tashkil etildi.

Unda https://t.me/siyosiy_marifat_soati/1339 havolasi orqali berilgan siyosiy-ma’rifiy material tinglanib, undagi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida xodimlarning siyosiy bilimi va dunyoqarashini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.
Forwarded from PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI (Рамазон)
Tadbirkorlar uchun seminar-trening o‘tkazildi

Bugun Payariq tumanida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Samarqand viloyati loyiha ofisi va tumani hokimligi hamkorligida davlat xaridlari sohasida amaldagi tartiblar, imtiyozlar va imkoniyatlar yuzasidan tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Xususan, “Samarqand ekspertiza” MChJ rahbari Z.Sadullayev, G‘aznachilik xizmati boshqarmasi bo‘lim mutaxassisi S.Janzaqov, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DM Samarqand filiali, “O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi” AJ Samarqand viloyati filiali hamda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat Inspeksiyaning Samarqand viloyati bo‘limi mas’ul xodimlari taqdimotlar qilishdi.

Seminar-treningda davlat xaridlarida ishtirok etish tartiblari, elektron savdo platformalarida ishlash, mahalliy mahsulotlarga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar, tender va tanlovlarda qatnashish amaliyoti haqida tushunchalar berildi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, Azizlar!

Barchangizni ezgu va muqaddas ayyom — Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.

Hurmat bilan
Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM