SamDUKF Yoshlar ittifoqi
994 subscribers
6.11K photos
634 videos
136 files
1.4K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#Imtihon
#SamDUKF

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Nazoratlar yozma, og‘zaki-yozma, test hamda amaliy shakllarda olinib, talabalar bilimi baholanmoqda.

Baholash jarayonlarining adolatli va shaffof, korrupsiyon holatlardan holi ravishda o‘tkazilishi uchun filial Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat bo‘limi boshlig‘i Elbek Xudoyqulov hamda boshqa mas'ullar tomonidan doimiy kuzatuvlar olib borilmoqda.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Rag_bat
#SamDUKF

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida o‘tgan may oyida "Ma'rifat ulashib" hamda "Milliy qadriyatlar sayli" nomli nufuzli respublika tadbirlari o‘tkazildi. Unda filial jamoasi faol ishtirok etdi.

Ushbu tadbirlarda faol qatnashib, tashabbusi va fidoyiligi bilan munosib hissa qo‘shgan bir guruh filial xodimlari rag‘batlantirildi.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QABUL_2024
#SAMDUKF

Hurmatli ota-onalar hamda abituriyentlar!

2024-2025-o'quv yili uchun Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filialiga qabul boshlandi.

Yangi o'quv yilida abituriyentlar:


PEDAGOGIKA
PSIXOLOGIYA
MAKTABGACHA TA'LIM
BOSHLANG'ICH TA'LIM
MUSIQA TA'LIMI
TEXNOLOGIK TA'LIM
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
XORIJIY TIL VA ADABIYOTI: INGLIZ TILI
ONA TILI VA ADABIYOTI: RUS TILI VA ADABIYOTI
IQTISODIYOT
BIOLOGIYA
KIMYO
MATEMATIKA
AMALIY MATEMATIKA
IJTIMOIY ISH
kunduzgi ta'lim yo'nalishlarida,

MAKTABGACHA TA'LIM
BOSHLANG'ICH TA'LIM
sirtqi ta'lim yo'nalishlarida o'qish uchun hujjat topshirishlari mumkin!

DIQQAT!
SamDU Kattaqo'rg'on filialining CALL MARKAZI telefon raqamlari:

☎️  (55) 704-11-74
☎️  (99) 154-72-79

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yilning 25-iyuniga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Har_nafas_uchun_shukr_qiling
#SamDUKF_YI_BT

Biz insonlar har doim oʻzimizdan ko‘ra yuqoriroq darajadagi odamlar bilan oʻzimizni taqqoslaymiz. Ammo nega o‘zimizdan pastroqdagilar haqida fikr yuritmaymiz?
Haqiqatda, bizlar noshukrmiz. Shuncha ne'mat ichida bo‘lib turib ham yana kamchiliklarimizdan noliymiz.

Videoni tomosha qiling. Insoniyat qichqiriqlarini his qiling, mulohaza qiling! Shukr qiling!
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Ayni_paytda
#SamDUKF

"TENGDOSH TENGDOSHGA KO‘MAKCHI"

Ayni paytda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbirlari boshlanish arafasida.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

Ayni damda Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh- tengdoshga koʻmakchi” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, yetakchi va koordinatorlardan iborat bir guruh yoshlar Kattakoʻrgʻon shahriga - SamDU Kattaqo‘rg‘on filialiga yoʻl olishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

🫱🏻‍🫲🏻 Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi karvoni oʻz manziliga yetib bordi

📌 Biroz oldin Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi” loyihasini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar Samarqand Davlat Universiteti Kattaqoʻrg'on filialiga yetib keldi...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT


Ayni damda Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi" loyihasi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirning koʻngilochar badiiy qismi boshlanish arafasida...
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI NAMOYON ETISHDI

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbirlari, musobaqalariga start berildi.

Loyiha doirasida talabalar o‘rtasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi", "Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" seminar-treningi, "Munozara", "Kitobxon talaba", "Zakovat" intellektual o‘yinlari, sportning "Shaxmat va shashka", "Stol tennisi" qizlar o'rtasida "Voleybol" hamda talaba yigitlar o'rtasida "Mini Fudbol" kabi musobaqalari yuqori kayfiyatda, qizg'in bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.

Tadbir nihoyasida ushbu tanlov va musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash hamda konsert dasturi ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_ittifoqi
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF

Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi” loyihasi doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

📍Loyiha Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrg'on filialida oʻtkazildi.
#tabrik
#SamDUKF_YI_BT

Bugun SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Yoshlar ittifoqining jonkuyar, harakatchan, eng faol aʼzolaridan biri boʻlmish #Sevinchbonu_Toshtemirovaning tavallud ayyomi. S.Toshtemirovani SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Boshlangʻich tashkilotining barcha aʼzolari nomidan bugungi tavallud ayyomi bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik, Yangi O'zbekistonning barqaror rivojiga qo'shayotgan hissangizda kuch-quvvat, Yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda xalqimizning osoyishta hayoti va mustaqilligimizni mustahkamlash yo'lidagi ma'suliyatli, shu bilan birga sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, @sevinchbonutoshtemirova!
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT
#Yoshlar_ittifoqi_BT

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida oʻtkazilayotgan tadbir va musobaqalar davom etmoqda. Ushbu tadbir doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali talaba yigitlari oʻrtasida "Mini Futbol" sport musobaqasi boʻlib oʻtdi, unda filialning talaba yigitlari faol ishtirok etishdi va musobaqa yakunida gʻolib jamoalar aniqlandi.



🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#davom_etamiz
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT


Ayni damda SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida oʻtkazilayotgan "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi tadbirlar davomida talaba qizlar oʻrtasida ham "Mini Futbol" sport oʻyini boʻlib oʻtmoqda. Oʻyin qizgʻin bahslarga boy tarzda koʻtarinki ruhda davom etmoqda...


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#SAMDUKF
#BITIRUVCHI
#ATTESTATSIYA

YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYALARI O'TKAZILMOQDA

2023-2024-o'quv yilida SamDU Kattaqo'rg'on filialiga 2021-yilda o'qishga kirgan Maktabgacha ta'lim hamda Sport faoliyati (kurash) yo'nalishlarining talabalari filialimizning ilk qaldirg'ochlari, bitiruvchisi bo'lmoqda.

Bugun 8-iyul kuni ushbu bitiruvchilarimiz mutaxassislik fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini topshirib, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishmoqda.

Jarayonda attestatsiya komissiyasi a'zolari, direktor o‘rinbosarlari, o‘quv-uslubiy bo‘limi, ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorati bo‘limi boshliqlari ishtirok etib, zarur nazorat ishlarini amalga oshirmoqda.

Rasmiy web-sayt va kanallarimiz:
🌐 samdukf.uz 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SamDUKF
#IJODIY_imtihon

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida musiqa ta'limi yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihonlar jarayoni davom etmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#utkir_shodmonov
#samdukf_trendda
#Qabul_2024

O‘TKIR SHODMONOV SAMDUKFNI TANLADI, SIZCHI?

Mendeleyev ko‘rmagan laboratoriyalar, Stiv Jobs ko‘rmagan sharoitlari bor oliygohni tanlang!

YO‘NALISHLAR
#Dolzarb_qirq_kunlik
#SamDUKF

15-avgustga qadar 2 va undan yuqori kurslarga o'tgan talabalar TTJda turish bo'yicha arizalarni topshirib bo'lishi lozim!

SamDU Kattaqo'rg'on filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-iyuldagi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-2025-o'quv yilida talabalarni turar joy bilan tezkor ta'minlash bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha mas'ullar ishtirokida davra suhbati va seminar-trening bo'lib o'tdi.

Batafsil: samdukf.uz/ttj-2024-ariza-2va-yuqori-kurslar/
SamDUKF Yoshlar ittifoqi
#Qabul_2024
#SAMDUKF

1-kursga qabul qilinayotgan talabalar hujjatlarni qayerga, kimga topshiradi?

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialiga 2024/2025-o‘quv yilidan 15 ta kunduzgi va sirtqi shakldagi yo‘nalishlarga talabalar qabul qilinmoqda.

Ushbu talabalar ayni kunlarda hujjatlarini suratda ko‘rsatilgan mas'ullarga, belgilangan xonalarda topshirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, talabalardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

1. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
2.Konvert A5 formatida;
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. Rektor nomiga ariza;
6. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
7. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
8. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

💥 Eng muhim, rasmiy, tezkor xabarlar shu yerda: @samdukf_mx