SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.17K subscribers
6.49K photos
690 videos
138 files
1.5K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#XUSHXABAR

KURASH BO'YICHA 2 TA OLTIN, 1 TA BRONZA MEDALNI QO'LGA KIRITDIK!

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Sport faoliyati yo'nalishi talabalarining sport musobaqalarida erishayotgan muvaffaqiyatlari kun sayin ortmoqda.
Kuni kecha bu yutuqlar soni yana uchtaga ortdi.
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida kurash musobaqasi tashkil qilindi.

Mazkur "Xotira turneri"da SamDU Kattaqo'rg'on filiali Sport faoliyati yo'nalishining bir guruh talabalari muvaffaqiyatli qatnashdi.

Filialimiz vakillari - talabalarimiz quyidagi natijalarni qayd etib, yuzimizni yorug' qildi:

Elbek Do'stmurodov — 90 kg vazn toifasida faxrli 1-o'rin!

Abror Abdurahimov — 81 kg vazn toifasida faxrli 1-o'rin!

Mehroj Kenjayev — 66 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rin!

Talabalarimizni muvaffaqiyat bilan tabriklab, murabbiysi Orif Arabovga hamda sportchilarimizning ota-onalariga minnatdorlik bildiramiz!
#XUSHXABAR
#Ayni_paytda

"Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari" final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash davom etmoqda.
Hozircha SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining "Majidiy izdoshlari" teatr jamoasi rahbari, filial direktori o‘rinbosari Sh.Musfayev diplom bilan taqdirlandi.
Boshlanishi yomon emas...
#XUSHXABAR
#AYNI_PAYTDA

Muvaffaqiyatli yurishda davom etamiz!
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi Muxlisa Baxranova "Odam savdosi davr muammosi" mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi respublika bosqichida 1-o'rinni egalladi.
#XUSHXABAR

⚡️Ilk bor respublikamizning 8 ta OTM Osiyodagi TOP 1000 talikdan joy oldi

🔰
Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2023) natijalarini e’lon qildi.

🏛 Unga ko‘ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

📌 QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

✔️ Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy koʻrsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obroʻsi, PhD darajasiga ega boʻlgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me’zonlar birinchi marotaba kiritildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#sport
#xushxabar

📌 SamDUKF Pedagogika va tillarni o`qitish fakulteti sport faoliyati (kurash) yo`nalishi 2-bosqich talabalari Boboqulov Mansur 22-23-noyabr kunlari Navoiy viloyatida o`tkazilgan sportning Kyokushinkai turi bo`yicha Osiyo kubogida +90 kg vazn toifasida 1-o`rin, Ergashev Shamshod +60 kg vazn toifasida 2-o`rinni qo`lga kiritib, diplom, kubog hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, xalqaro toifadagi yon hakam sertifikatiga ham ega bo`lishdi.


📍Fil
ialimiz o`qituvchilari hamda talaba yoshlari Boboqulov Mansur hamda Shamshod Ergashevning kelgusi faoliyatiga omad va rivoj tilab qoladi.
#Xushxabar

TALABAMIZNING SHE'RIY KITOBI CHOP ETILDI

Gulsanam Abdullayeva SamDU KF Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi. Filialdagi "Yosh ijodkorlar" to‘garagi a'zosi...

👉BATAFSIL O'QING


veb-sayt | telegram | facebook| @samdukf_murojaat_bot
#XUSHXABAR
#ZAKOVAT

ZAKOVATDA "SAMDU KF OLIMALARI" JAMOASI TENGSIZ

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida keng targ'ib etish bo'yicha qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo'rg'on shahar hokimligi tashabbusi bilan zakovat intellektual o'yini "Kattaqo'rg'on shahar hokimi kubogi" bahslari bo'lib o'tdi.

"Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida tashkil qilingan bahslarda Kattaqo'rg'on shahridagi korxona-tashkilot hamda muassasalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat jamoalar o'zaro bahslashdi.

Zakovatda SamDU Kattaqo'r'g'on filialining "SAMDU KF OLIMALARI" JAMOASI qatnashib, faxrli 1-o'rinni egalladi. Jamoa a'zolariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

👉
t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
#BESH_TASHABBUS
#XUSHXABAR

SPORTCHILARIMIZ "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"DA FAXRLI 3-O‘RINNI EGALLADI

Samarqand shahrida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo'lib o'tsi.

Unda SamDU Kattaqo'rg'gon filialining jamoalari mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika hamda stritbol bo'yicha qobiliyatlarini namoyon etib, viloyatdagi 19 ta OTM orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi!

Bunda sportchilarimizdan:

Rahmonov Botir
Avazov Otabek
Karimova Shaydoxon
Muratova Nishona
Tillayeva Mohichehra
Ziyatova E’zoza
Bahodirova Shaxzoda
Mavlonova Charos

Murabbiylarimizdan:
Ashurov Bahrom, Karimov Jamil, Abdullayev Navruzlarning sa'y-harakati muhim ahamiyatga ega bo‘ldi!

Filialimizga faxrli 3-o‘rinni tuhfa etgan jamoamizga minnatdorlik bildiramiz!

👉  t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
#XUSHXABAR
#SPORT
#yoshlar_ittifoq_samdukf

SAMDU KF: “BOSH PROKUROR KUBOGI”dan 2 ta oltin, 1 ta kumush medal oldik!

Besh muhim tashabbus doirasida Samarqand shahrida o‘tkazilgan sportning “Milliy kurash” turi bo‘yicha “ BOSH PROKUROR KUBOGI” musobaqasining viloyat bosqichida SamDU Kattaqo'rg'on filiali talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti koordinatori, sport faoliyati: kurash yo‘nalishi 3-bosqich talabasi E.Dusmuradov boshchiligida qatnashgan sportchilarimiz quyidagi natijalarga ega bo‘lishdi:

Niyozov Bunyod — 66-kg vazn toifasida 1-o'rin!
Dusmuradov Elbek — +90 kg vazn toifasida 2-o'rin!
Sunnatullayeva Mashxura o'z vazn toifasida 1-o'rin!

G‘oliblar musobaqa tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Musobaqada munosib ishtirok etgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylariga minnatdorlik bildiramiz!

Kanalga a'zo bo'ling: t.me/SamDUKF_Yoshlar_ittifoqi
#xushxabar

TALABAMIZ "YOSH KITOBXON" TANLOVIDA G‘OLIB BO‘LDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi Nafisa O‘rinboyeva "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil qilingan "Yosh kitobxon" tanlovining 20-30 yoshlilar o‘rtasida Samarqand viloyati bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
#Xushxabar

TO‘RT NAFAR TALABAMIZ SERTIFIKAT OLDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti O'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi talabalari RT_21_10-guruh talabalari Hayrullayeva Zarinabonu Kamalov Azizbek, Nadirova Marhabo Shuyhratova Mehribonlar C1 sertifikatiga ega bo'lishdi.

Talabalarimizdan bundan-da ulkan natijalarni kutib qolamiz...

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#XUSHXABAR!
"MAJIDIY IZDOSHLARI"

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining "Majidiy izdoshlari" teatr jamoasi bugun Samarqand shahrida Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Talabalar teatr studiyalari" Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichida Tohir Malikning "Alvido bolalik" asari asosida sahnalashtirilgan "Zaharli tomchilar" spektakli bilan ishtirok etib II darajali diplom bilan taqdirlandi va keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Shu bilan bir qatorda "Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyasi bilan Aktimerov Sunnat taqdirlandi.
#XUSHXABAR

TALABAMIZ XALQARO FAN OLIMPIADASI G'OLIBI BO'LDI

Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxabod shahrida Matematika bo‘yicha oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi xalqaro ochiq fan olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Turli mamlakat oliy ta'lim muassasalaridan 500 nafardan ortiq talabalar ishtirok etgan mazkur xalqaro olimpiadada SamDU Kattaqo'rg'on filiali Matematika yo'nalishi 3-kurs talabalari, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri Zohid Shukurov shogirdlari Jaloliddin Mahmudov hamda Ohun Otayorovlar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Talabamiz Jaloliddin Mahmudov ushbu xalqaro olimpiadaning bronza medali hamda diplomini qo'lga kiritib, Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali nomini e'tirof etilishiga o'z hissasini qo'shdi.

Talabalarimiz hamda ularning ustozlariga minnatdorlik bildiramiz!
__
BIZNI USHBU TARMOQLARDA KUZATIB BORING: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov/4673
#XUSHXABAR

USTOZLARGA VAZIRLIK “FAXRIY YORLIG'I” TOPSHIRILDI

SamDU Kattaqo'rg'on filialida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, turli tadbirlar orqali talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada o'zining sa'y-harakati, jamoatchiligi va tashabbuskorligi bilan namuna bo'lib kelayotgan ustozlar talaygina.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ana shunday ustozlar mehnati e'tirof etildi.

“Xorijiy tillar” kafedrasi o'qituvchisi Nasiba Ruziyevaga, “Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot” kafedrasi o'qituvchisi Maftuna Abbosovaga hamda “O'zbek tili va gumanitar fanlar” kafedrasi o'qituvchisi Dilafruz Sayipovaga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining "Faxriy yorlig'i" topshirildi.


👉👉👉 BATAFSIL

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Xushxabar


SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili yo'nalishi talabalari ijobiy natijalarga erishib kelmoqda.

Jumladan, FT_21_13 talabasi S.Amirqulova, FT_21_12 guruh talabasi D.Tojimuratova turk tilidan, X.Mardiyeva, M.Xayitboyeva, N.Fayzullayevalar ingliz tilidan B2 sertifikatiga ega bo'lishdi.

Bundan tashqari, o'zbek tilidan FT_21_13 guruh talabasi Sh.Urazova A darajali, M.Ochilova B+ darajali, L.Fayzullayeva B sertifikatiga ega bo'lishdi.

Talabalarimizdan bundanda ulkan natijalarni kutib qolamiz.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Xushxabar
#SamDU_KF

MASHHURA VA ABDUMALIKDAN OLTIN MEDAL

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi hamda O'zbekiston kurash federatsiyasi tashabbusi bilan Milliy va xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida xalqaro kurash musobaqasi o'tkazilmoqda.

Musobaqaning Samarqand viloyati bosqichida SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Sport faoliyati yo'nalishi talabalari Mashura Sunnatullayeva hamda Abdumalik Isoqovlar o'z vazn toifasi bo'yicha 1-o‘rin — oltin medalni qo'lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo'llanma oldi.

Musobaqa davom etmoqda.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Xushxabar_IELTS
#SamDU_KF

TALABALARIMIZ ERISHAYOTGAN YUTUQLAR HAQIDA XUSHXABAR BERISHDA DAVOM ETAMIZ!

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Zarina Murtazoyevaning ikki nafar shogirdi IELTS xalqaro imtihoni bo'yicha yuqori natijalarga erishdi:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 3-kurs talabalari Muxlisa Xabibullayeva 7 balni; Odina Erkinova 6 balni qo'lga kiritdi.

Fidoyi ustozlarimizning mehnatini e'tirof etgan holda talabalarimiz va ularning ota-onasiga o'z tashakkurimizni izhor etamiz!


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Xushxabar

CHET TILINI BILISH DARAJASI BO‘YICHA SERTIFIKAT OLGAN TALABALARIMIZ YANA 4 NAFARGA KO‘PAYDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalaridan to‘rt nafari:

Normurodova Zaynura
Ochilova Muxlisa
Tojimuratova Dilnoza
Amirqulova Sevinch

turk tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini namoyon etib, B2 sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Mirjalol Rustamovning shogirdlari bo‘lgan ushbu talabalarimizni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz va ustoziga minnatdorlik bildiramiz.