SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.09K subscribers
6.24K photos
647 videos
138 files
1.43K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI NAMOYON ETISHDI

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbirlari, musobaqalariga start berildi.

Loyiha doirasida talabalar o‘rtasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi", "Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" seminar-treningi, "Munozara", "Kitobxon talaba", "Zakovat" intellektual o‘yinlari, sportning "Shaxmat va shashka", "Stol tennisi" qizlar o'rtasida "Voleybol" hamda talaba yigitlar o'rtasida "Mini Fudbol" kabi musobaqalari yuqori kayfiyatda, qizg'in bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.

Tadbir nihoyasida ushbu tanlov va musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash hamda konsert dasturi ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
#tabrik
#SamDUKF_YI_BT

Bugun SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Yoshlar ittifoqining jonkuyar, harakatchan, eng faol aʼzolaridan biri boʻlmish #Sevinchbonu_Toshtemirovaning tavallud ayyomi. S.Toshtemirovani SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Boshlangʻich tashkilotining barcha aʼzolari nomidan bugungi tavallud ayyomi bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik, Yangi O'zbekistonning barqaror rivojiga qo'shayotgan hissangizda kuch-quvvat, Yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda xalqimizning osoyishta hayoti va mustaqilligimizni mustahkamlash yo'lidagi ma'suliyatli, shu bilan birga sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, @sevinchbonutoshtemirova!
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT
#Yoshlar_ittifoqi_BT

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida oʻtkazilayotgan tadbir va musobaqalar davom etmoqda. Ushbu tadbir doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali talaba yigitlari oʻrtasida "Mini Futbol" sport musobaqasi boʻlib oʻtdi, unda filialning talaba yigitlari faol ishtirok etishdi va musobaqa yakunida gʻolib jamoalar aniqlandi.



🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#davom_etamiz
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT


Ayni damda SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida oʻtkazilayotgan "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi tadbirlar davomida talaba qizlar oʻrtasida ham "Mini Futbol" sport oʻyini boʻlib oʻtmoqda. Oʻyin qizgʻin bahslarga boy tarzda koʻtarinki ruhda davom etmoqda...


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook