Sam Coding | channel
60 subscribers
50 photos
3 videos
13 files
75 links
​🚀 Samcoding — Dasturlash musobaqalari platformasi

Platformadagi yangi musobaqlar, algoritmik masalalar, e'lonlar va reyting yangiliklari berib boriladigan rasmiy kanal. ⚡⚡⚡

​🔗 Rasmiy sayt: samcoding.uz
📌 Admin: @obidsindarov
Download Telegram
💻 Namuna testdan o‘tdi, lekin Wrong Answer: xato qayerda?
Kodni yozdingiz. Namunalar ishladi. «Bu aniq Accepted!» deb yubordingiz-u… Wrong Answer on test 3 😅

📖 Maqolani o‘qish: https://samcoding.uz/blog/20
💬 Sizdagi eng esda qolarli Wrong Answer nimadan chiqqan?

#SamCoding #CP #Algorithms
📌 Diqqat!

Assalomu alaykum, hurmatli talabalar!
SamDU SIRT sport dasturlash musobaqasining 2-tur bosqichi texnik sabablarga ko'ra 5-oktyabr sanasiga ko'chirildi.

Ro'yxatdan o'tish 05.10.2026 kuni o'tkaziladi!

#SamDU #SIRT #samcoding #sportdasturlash

🌐Websayt | 📝Telegram
🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Musobaqa davomida natijalar jadvali real vaqt rejimida yangilanib boradi. Ishtirokchilarning har bir urinish natijasi jadvalda aks etib, o‘rinlar ham shunga mos ravishda o‘zgarib turadi.

#samcoding #contest #standings
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🏆3🔥2
🏆 SamDU SIRT sport dasturlash musobaqasi — natijalar!
Bugun bo‘lib o‘tgan SamDU SIRT sport dasturlash musobaqasining ikkinchi offline bosqichi o‘z yakuniga yetdi! 🎉
💻 Musobaqa davomida talabalar 2,5 soat davomida algoritmik masalalarni yechish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
🥇 1-o‘rin — Jasmina Tarmasheva
🥈 2-o‘rin — Jasur Xaytmuturov
🥉 3-o‘rin — Og‘abek Adxamov
👏 Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan barcha talabalarni tabriklaymiz!
📊 Yakuniy natijalar bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.


#SamCoding #SamDU #SIRT #SportDasturlash #Programming #Contest #Natijalar

@itcenter_samdu
❤1🔥1
📌 Hakamlik huquqi
Musobaqa yoki masala yaratmoqchimisiz? Endi buning uchun guruhda so'rab o'tirish shart emas — to'g'ridan-to'g'ri saytning o'zidan so'rov yuborishingiz mumkin!

Sozlamalar → So'rovlar bo'limiga o'ting, qisqacha sababingizni yozib, so'rov yuboring. Tez orada admin tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlansa — hakamlik huquqi beriladi.

Eslatma: Hakamlik huquqi kamida 5 ta rasmiy reytingli musobaqada ishtirok etgan foydalanuvchilarga beriladi.

#samcoding #judging #news
👍1🔥1
Ikki mezon bo’yicha saralash

Ko’pincha elementlarni bitta emas, ikkita mezon bo’yicha saralash kerak bo’ladi. Masalan, musobaqa reytingi: ishtirokchilar avval yechgan masalalar soni bo’yicha (ko’pdan kamga), agar bu ko’rsatkich teng bo’lsa — sarflangan vaqt bo’yicha (kamdan ko’pga) tartiblanadi.

Bunday holatda oddiy sort() yetarli emas — maxsus solishtiruvchi funksiya (comparator) kerak bo’ladi:

C++ da Comparator yozilishi
bool cmp(int a, int b) {
if (s[a] != s[b])
return s[a] > s[b]; // ko'proq masala yechgan — oldinda
if (p[a] != p[b])
return p[a] < p[b]; // kam vaqt sarflagan — oldinda
return a < b; // ikkalasi teng — tartib raqami bo'yicha
}

sort(idx + 1, idx + n + 1, cmp);

Qoida oddiy: avval birinchi mezon solishtiriladi; teng chiqsa — ikkinchisiga o’tiladi; u ham teng chiqsa — uchinchisiga... Shu zanjir bilan istalgancha mezon bo’yicha saralash qurish mumkin.

Tezligini baholash

cmp funksiyasining o’zi O(1) — faqat bir nechta son solishtiradi. sort() esa n ta elementni O(n log n) vaqtda saralaydi. Demak, umumiy murakkablik: O(n * log n)

n = 10^5 uchun bu ≈ 1.7×10^6 ta amal — millisekundlar ichida bajariladi, necha mezon qo’shilishidan qat’iy nazar tezlik deyarli o’zgarmaydi.

#samcoding #algorithm #sorting
🔥4👍1
📊 Samcodingda natijalar jadvali qanday tartiblanadi? ICPC va IOI formatlari

🏆 ICPC formati
Bu formatda eng muhimi — yechilgan masalalar soni:

1️⃣ Kim ko’proq masala yechgan — shu yuqorida turadi
2️⃣ Teng bo’lsa — jarima vaqti kamroq bo’lgan g’alaba qiladi
3️⃣ Hali ham teng bo’lsa — oxirgi masalani kim tezroq topshirgan, o’sha oldinda turadi

Jarima vaqti qanday hisoblanadi?

Jarima = (masala yechilgan vaqt) + (noto'g'ri urinishlar soni × 20 daqiqa)

Masalan, masalani 50-daqiqada, 2 ta noto’g’ri urinishdan keyin yechsangiz:
50 + 2×20 = 90 daqiqa jarima

❗️ Masala yechilgandan keyin yuborilgan yechimlar hisobga olinmaydi — demak allaqachon yechgan masalani qayta yuborishning foydasi yo’q.


🧠 IOI formati
Bu formatda masalalar qisman ball bilan baholanadi (qism-vazifalar bo’yicha):

1️⃣ Eng muhimi — umumiy ball (barcha masalalar bo’yicha yig’indi, ko’proq bo’lgan yuqorida)
2️⃣ Har bir masala uchun eng yaxshi (eng yuqori) natijangiz hisobga olinadi — necha marta urinib ko’rganingiz muhim emas
3️⃣ Ball teng bo’lsa — oxirgi yechimni kim avvalroq yuborgan, o’sha oldinda turadi

⚠️ Eslatma: umumiy ball teng bo’lsa, ishtirokchilar jadvalda bitta o’rinni baham ko’radi (masalan, ikkisi ham 1-o’rin, keyingisi 3-o’rin bo’lib qoladi) — bu xalqaro IOI qoidasiga mos.

🚫 Diskvalifikatsiya haqida
Diskvalifikatsiya qilingan ishtirokchi yoki jamoa — qancha ball yoki masala yechgan bo’lishidan qat’iy nazar — jadvalning eng oxirida turadi. Ular sertifikat va rasmiy o’rinlardan ham chiqariladi.

#samcoding #ICPC #IOI #standings
🔥1
🏆 ICPC’ga tayyorgarlik — natijalari

Samarqand davlat universiteti Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti talabalari o’rtasida ICPC xalqaro dasturlash olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida jamoaviy dasturlash musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqada 10 ta jamoa kuch sinashdi. 🔥

🥇 1-o’rin — SamAlgo
Adxamov O., Asrorova N., Quvondiqov M.

🥈 2-o’rin — Cyber security
Esonboyev M., Xayitmurodov J., Elmurodov X.

🥉 3-o’rin — SheCodes
Tarmasheva J., Musurmonova I., Geldiyeva A.

Musobaqa ICPC xalqaro olimpiadasiga yo’l — uzoq va izchil mehnat talab qiladigan jarayon. Barcha ishtirokchi jamoalarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!

#samcoding #contest #icpc

@samcoding
🔥1👏1
Assalomu alaykum, SamCoding foydalanuvchilari!

Masala sahifasiga yangi kod muharriri qo’shildi. Endi kodni to’g’ridan-to’g’ri masala sahifasida yozib, ishga tushirib ko’rishingiz mumkin.

Avvalgidan farqi shundaki, bu oddiy kod muxarriri emas — VS Code asosidagi professional muharrir. Kod yozish jarayoni butunlay boshqacha bo’ladi: sintaksis ranglari, avtomatik to’ldirish, qavslarni o’zi yopishi, qatorlarni ko’chirish — xullas VS Code da kod yozgandek his qilasiz. Musobaqalarda alohida editor ochib o’tirish shart bo’lmaydi.

Kodni yozib, “Ishga tushirish” tugmasini bossangiz — natija shu yerda chiqadi. “Namuna testlar” tugmasi bilan masaladagi barcha namuna testlarni bir marta bosishda tekshirib ko’rishingiz mumkin.

Hozircha bu faqat masala sahifasida sinov sifatida ishlab turibdi. Agar muammo yoki noqulaylik sezsangiz — izohda yoki shaxsiy xabarda yozing. Kamchiliklar tuzatilgandan keyin boshqa sahifalarga ham qo’shiladi.

#samcoding #editor
🔥3
🏆 SamCoding Round 9 (Div. 4) yakunladi!

Barcha qatnashchilarni faol ishtirok etgani va ajoyib natijalar ko‘rsatgani uchun tabriklaymiz! Keyingi musobaqalarda omad tilaymiz!

https://samcoding.uz/contests/45/standings

#samcoding #contest #rated
🔥2
🏆 AIFT-2026 Programming Competition — SamDU Qualification Round

AIFT-2026 Xalqaro sun’iy intellekt forumi doirasidagi dasturlash musobaqasining saralash bosqichi boshlanmoqda! 🚀🚀🚀

Bu bosqichda faqat Samarqand davlat universiteti talabalari qatnashadi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar 12-noyabr kuni xorijlik ishtirokchilar bilan birga asosiy musobaqada bellashadi.

📅 Sana 5-noyabr, payshanba
🕞 Vaqt 15:30 (UTC+5)
💻 Platforma samcoding.uz

📌 Musobaqa haqida
Yakka tartibda ishtirok etiladi
Turli qiyinlikdagi algoritmik masalalar beriladi

#AIFT2026 #SamDU #SamCoding #contest