Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
1.35K subscribers
5.06K photos
686 videos
9 files
902 links
➡️ https://facebook.com/sambojxona ➡️ "Ishonch telefoni" (66) 233-63-00 ➡️ Murojaat uchun: @Gayrat_Sattarov
Download Telegram
#Ayni_paytda

«O‘zgidromet» ma'lumotlariga ko‘ra, bugun kechqurun mamlakat bo‘ylab -30°gacha bo‘lgan rekord darajadagi sovuqlar kutilmoqda. Hozir tashqarida harorat -18°.

“Jartepa” chegara bojxona posti. Havo harorati shaharga nisbatan ancha sovuq.

“Anomal” deya ta'riflanayotgan qishning qahraton kunlarida bojxona organlari xodimlari mamlakatimiz chegaralarida xizmat olib borib, yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlab, noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga kirib kelishining oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Sarhadlarimiz daxlsizli, xalqimiz osoyishtaligini ta'minlashdek sharafli kasb egalarini ushbu ishlari tahsinga loyiq.
#Ayni_paytda

Samarqand tumanidagi "Saxovat" mahallasida viloyat Bojxona boshqarmasi хodimlari, Ichki ishlar vazirligiga qarashli 7252-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari, fermer xo'jaligi ishchilari, mahalla faollari hamda o'quvchi-yoshlar birgalikda 600 dona mevali va manzarali daraxtlar ekishmoqda.

Kelajakda mazkur maskanda katta bog' barpo etish rejalashtirilgan.
Forwarded from SAMARKANDNEWS.UZ (Intizor Umarova)
#️⃣Ayni_paytda

*️⃣🌐Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan "2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilgi rejalar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.*️⃣🌐

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!