Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
1.35K subscribers
4.97K photos
674 videos
9 files
878 links
➡️ https://facebook.com/sambojxona ➡️ "Ishonch telefoni" (66) 233-63-00 ➡️ Murojaat uchun: @Gayrat_Sattarov
Download Telegram
#Ayni_paytda

«O‘zgidromet» ma'lumotlariga ko‘ra, bugun kechqurun mamlakat bo‘ylab -30°gacha bo‘lgan rekord darajadagi sovuqlar kutilmoqda. Hozir tashqarida harorat -18°.

“Jartepa” chegara bojxona posti. Havo harorati shaharga nisbatan ancha sovuq.

“Anomal” deya ta'riflanayotgan qishning qahraton kunlarida bojxona organlari xodimlari mamlakatimiz chegaralarida xizmat olib borib, yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlab, noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga kirib kelishining oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Sarhadlarimiz daxlsizli, xalqimiz osoyishtaligini ta'minlashdek sharafli kasb egalarini ushbu ishlari tahsinga loyiq.
Forwarded from "OVOZA" lavhalar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#samarqand #yashil #yolak
Yashil yo'lak hamma uchun emas

Muxbir: Xurshidjon Eshqobilov
Efir: 11.01.2023

Ko'rsatuvni ushbu havola orqali toliq holda tomosha qilishingiz mumkin

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🕊Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Youtube 🌐 TikTok 👍 Lavhalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Samarqand viloyati eksportidagi TOP: 10 tuman va shaharlar

🏢 2022-yil davomida Samarqand viloyati eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan tuman va shaharlar:

🔹Samarqand shahar – 177,6 mln. AQSh dollari.

🔹Samarqand tuman – 60,0 mln. AQSh dollari.

🔹Jomboy tuman – 47,2 mln. AQSh dollari.

🔹Urgut tuman – 46,9 mln. AQSh dollari.

🔹Oqdaryo tuman – 21,8 mln. AQSh dollari.

🔹Ishtixon tuman – 18,2 mln. AQSh dollari.

🔹Pastdarg‘om tuman – 16,4 mln. AQSh dollari.

🔹Narpay tuman – 12,5 mln. AQSh dollari.

🔹Bulung‘ur tuman – 12,1 mln. AQSh dollari.

🔹Kattaqo‘rg‘on shahar – 11,8 mln. AQSh dollari.
Bojxonachilar planshetlardan foydalanmoqda

Hozirda bojxona ko‘rigi jarayonlari "Bojxona ko‘rigi" axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Bunda bojxona ko‘rigini amalga oshirayotgan xodimlar planshetlardan foydalanishmoqda.

Mazkur tizim rasmiylashtiruv vaqti va tadbirkorlarning harajatlarini tejash, ko‘rik jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish va uning natijalarini qayd etish imkonini beradi.

Masalan, tizim orqali tadbirkor bojxona ko‘rigi o‘tkaziladigan joyi va vaqti haqidagi ma'lumotlardan onlayn tarzda voqif bo‘ladi, ko‘rik natijalarini ishtirokchilar planshet orqali barmoq izlari bilan tasdiqlaydilar.

Eng muhimi, bunda bojxona xodimlarining ish samaradorligi oshib, korruptsion holatlarning oldi olinmoqda.

Ahamiyat bering, bunda bojxona ko‘rigiga sarflangan vaqt 2 barobarga qisqarishiga erishildi. Ilgari har bir bojxona ko‘rigiga ko‘pi bilan 3 soat vaqt sarflangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich maksimum 1 soat 30 daqiqani tashkil qilmoqda.
Мудофаани бошқариш миллий марказида Ўзбекистон Республикаси Президенти, Қуролли Кучлар Олий Бош Қўмондони Шавкат Мирзиёев раислигида Хавфсизлик кенгашининг кенгайтирилган йиғилиши бўлиб ўтди.

В Национальном центре управления обороной под председательством Президента Республики Узбекистан, Верховного Главнокомандующего Вооруженными Силами Шавката Мирзиёева состоялось расширенное заседание Совета безопасности.

#Mirziyoyev #yigilish #Xavfsizlikkengashi #QurolliKuchlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan:

Karshiyev Xamdam Alikulovichga — O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari;

Saidov Aybek Azadovichga — Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni;

Shermatov Farxodjon Ortikovichga — Shimoliy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni;

Muxtarov Farux Shaxobidinovichga — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosariga “General-mayor” harbiy unvoni berildi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni tantanalari Samarqandda Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi.

Viloyat hokimi E.Turdimov, sektor rahbarlari, shahar hokimligi, jamoatchilik vakillari, harbiylar Sohibqiron bobomiz va o‘tganlar ruhiga Qur'on tilovat qildi.

Shundan so‘ng Samarqand shahridagi Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, ulug‘ bobokalonimiz siymosi oldida hurmat bajo keltirdilar.

Tadbirda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham ishtirok etdi.