Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
1.34K subscribers
5.51K photos
782 videos
9 files
1.05K links
➡️ https://facebook.com/sambojxona ➡️ "Ishonch telefoni" (66) 233-63-00 ➡️ Murojaat uchun: @Gayrat_Sattarov
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni tantanalari Samarqandda Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi.

Viloyat hokimi E.Turdimov, sektor rahbarlari, shahar hokimligi, jamoatchilik vakillari, harbiylar Sohibqiron bobomiz va o‘tganlar ruhiga Qurʼon tilovat qildi.

Shundan soʻng Samarqand shahridagi Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, ulugʻ bobokalonimiz siymosi oldida hurmat bajo keltirdilar.
Jasoratli, fidoyi harbiylarga ehtirom ko‘rsatildi

Samarqand shahridagi yoshlar markazida sana munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, fidokor, kasbiga sadoqatli xodimlarning bir guruhi sana munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan bojxona postlari o‘rtasida mini-futbol musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqada 6 ta jamoa g‘oliblik uchun to‘p surmoqda. Dastlabki o‘yin natijasiga ko‘ra, viloyat bojxona boshqarmasi jamoasi “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postini 5:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Samarqand” va “Ulug‘bek” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari o‘rtasidagi o‘yin natijasi 8:2 hisobida yakun topdi.

Finalga sari jamoalar o‘rtasida qizg‘in kurash ketmoqda. Joriy yilning 21-yanvar kuni final o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Biz esa sizlarga o‘yin natijalarini e'lon qilib boramiz.
Samarqand xalqaro aeroportidan 2022-yil davomida 480 398 nafar yo‘lovchi harakatlangan

🛩 “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti orqali 2022-yil davomida:

➡️kirishda – 238 391 nafar yo‘lovchi 🚶🏻🚶harakatlangan;

➡️chiqishda – 242 007 nafar yo‘lovchi 🚶🏻🚶harakatlangan;

➡️jami – 480 398 nafar yo‘lovchi 🚶🏻🚶harakatlangan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda harakatlangan yo‘lovchilar soni 143 231 nafarga yoki 29,8 foizga oshgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand aeroportida pnevmatik to‘pponcha va o‘qlarni mamlakatga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING👇
https://t.me/zortv_bukun
Shaxmat musobaqasida bojxonachilar munosib ishtirok etishdi

"Dinamo" JTSJ Samarqand viloyati Kengashi tomonidan huquq-tartibot organlari xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha "Dinamo" ko‘chma kubogi uchun birinchilik musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmalaridan iborat 8 ta jamoa vakillari ichida viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, musobaqa yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni “Jarpeta” chegara bojxona posti katta inspektori N.Rajabov, 2-o‘rinni viloyat DXX xodimi A.Porchayev va 1-o‘rinni viloyat IIB xodimi Sh.Qurbonov egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.