Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
1.34K subscribers
4.79K photos
657 videos
9 files
846 links
➡️ https://facebook.com/sambojxona ➡️ "Ishonch telefoni" (66) 233-63-00 ➡️ Murojaat uchun: @Gayrat_Sattarov
Download Telegram
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
Samarqand xalqaro aeroportida to‘poncha va o‘qlarning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi
#tezkor_xabarlar

“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Sheremetevo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro R.H. “yashil” yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakati bojxonachilarda shubha uyg‘otadi.

Xolislar ishtirokida R.H.ga tegishli bagaj sumka belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, qiymati 5 mln. so‘mlik 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha hamda ushbu to‘ponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona o‘qlarni tegishli ruxsatnomalarsiz olib kirishga uringanligi fosh bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, sudlanuvchi R.H.ga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida 1 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha hamda ushbu to‘ponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona o‘qlari tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Kanalga qo‘shiling:👇
https://t.me/sambojxonauz