SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI l RASMIY KANALI
11.6K subscribers
36.4K photos
4.26K videos
376 files
11.9K links
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali


Facebook: www.facebook.com/SamarqandMMTB
Web-site: https://sm.uzedu.uz/uz
http://samuzedu.uz/
Murojaat uchun: @sammmtb_bot
Download Telegram
🔸BOGʻCHADA "BEGʻUBOR BOLALIGIM" SHIORI OSTIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

⚡️Samarqand shahridagi 6-DMTTda bir yillik majburiy  tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Beg‘ubor bolaligim"  shiori ostida bayram  tadbiri bo‘lib o‘tdi.Unda bolajonlar tomonidan  she’r, qo‘shiq va raqslar ijro  etildi.
Tadbirda ota-onalar ham ishtirok etishdi.

🔗Ma’lumot uchun: Samarqand shahridagi 6-DMТTda 180 nafar bolalar tarbiyalanadi. Ularning barchasi musiqa to‘garaklariga jalb etilgan. Bog‘cha direktori Baxtigul Asrorovaning aytishicha,  musiqa va san’at insonlarni  ezgulikka undaydi. Shu sababli madaniy tadbirlar va mashg‘ulotlarda barcha tarbiyalanuvchilarning qamrab olinishiga alohida e’tibor qaratiladi.

@samarqandvxtb 
  
Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from SamTVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | O‘QUV - SEMINARI TASHKIL QILINDI


17.05.2023-YIL

#samarqandmtrk
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab bolasi 30 yoshli shaxs tomonidan samosud qilindi" sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.

Ayni paytda holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'rganilmoqda.


Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

@samarqandvxtb 
  
Telegram | Facebook | YouTube
#turon_maktab_teatri
#respublika_bosqichi

🌀 Ishtirok etuvchi jamoalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Tan nuri” jamoasi
Andijon viloyati, Andijon shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Avloniy izdoshlari” jamoasi
Buxoro viloyati, Kogon shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Umid” jamoasi
Jizzax viloyati, Jizzax shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yosh iste’dodlar” jamoasi
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Ma’rifat yulduzlari” jamoasi
Navoiy viloyati, Navoiy shahar 11-sonli AFCHO‘IM ning “Ibrat” jamoasi
Namangan viloyati, Namangan shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Ibrat izdoshlari” jamoasi
Samarqand viloyati, Samarqand shahar 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Maroqand” jamoasi
Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Stage & Struck” jamoasi
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Jadidlar” jamoasi
Toshkent viloyati, Nurafshon shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Nihol” jamoasi
Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Nurli kelajak” jamoasi
Xorazm viloyati, Urganch shahar 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yosh teatrchilar” jamoasi
Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 112-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Umid nihollari” jamoasi


🎭 Respublika bosqichida ko‘rishguncha!

📣 Bizni @turonteatriuz telegram kanalida kuzatib boring!
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. 

Ochiq eshiklar kunida:

O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 24-MAY
Soat 12:30 dan 15:30 gacha
📍Manzil: Samarqand shahar, Amir temur ko‘chasi 82-uy

Maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:

@soxib_0767
#Prezident_maktablari
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹SAMARQANDDAGI MAKTABLARDA O‘QUVCHILARGA KASB-HUNAR O‘RGATISH  BORASIDA SAMARALI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

⚡️Ayni paytda Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarida  o‘quvchilarga ikkita xorijiy til o‘qitish va kasb-hunarga o‘rgatish, bu orqali ularni jamiyatda o‘z o‘rniga ega insonlar bo‘lib kamol topishiga ko‘maklashish, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Samarqand shahridagi 65-umumta’lim maktabida tikuvchilik, sartaroshlik, pishiriq pishirish yo‘nalishlari hamda yapon tili to‘garaklari tashkil etilgan.

💥Samarqand tumanidagi 53-umumta’lim maktabi hududida viloyat hokimi tashabbusi bilan tikuvchilikka ixtisoslashgan "Tadbirkorlik markazi" qurib foydalanishga topshirildi.Ayni paytda bu yerda maktabning o‘quvchi-qizlari dasrdan bo‘sh vaqtida tikuvchilik sirlarini o‘rganmoqda.

🔸Jomboy tumanidagi 14-umumta’lim maktabida tashkil etilgan o‘quvchilarni kasbga o‘qitish markazida ortoped oyoq kiyimlari ishlab chiqarilmoqda.
Telegram | Facebook | YouTube
🔹SAMARQANDDAGI 126 TA MAKTAB MILLIY RЕYTING BAHOLASH MЕZONI BO‘YICHA SINOVLARDA ISHTIROK ETISHMOQDA

🔴O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018-yil 5-sentyabrdagi PF-5538 sonli farmoni bilan Davlat inspeksiyasiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini aniqlovchi reyting indikatorlarini tuzish hamda tasdiqlash, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini tuzish, reyting yakunlarini ommaviy axborot vositalarida, Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay e’lon qilish vazifasi yuklatilgan.

➡️Shundan kelib chiqib, Farmon asosida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining reytingini aniqlash mezonlari shakllantirildi, ushbu mezonlar 4 ta ko‘rsatkich asosidan ishlab chiqildi, bular:⬇️

bitiruvchi o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi;
9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi;
oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi;
umumta’lim muassasasining o‘quvchilari va pedagog jamoasi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari.

📌Taklif etilayotgan reyting indikatorlarida jami natijaning 50 foizi bilim darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

➡️Maktablar faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimining joriy qilishdan asosiy maqsad, Respublika bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholashni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(OECD) va Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosatsiyasi (IEA)kabi nufuzli tashkilotlarning PISA (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur), TIMSS (4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash) PIRLS (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish darajasi va sifatini baholash) o‘quvchilar bilimini baholash dasturlari darajasiga olib chiqishda ta’lim muassasalariga ko‘maklashishdir.

➡️Joriy yilning 20-21-may kunlari respublikamizning barcha hududlarida tanlab olingan umumta’lim muassasalarida Milliy reyting baholash tizimi sinovlari o‘tkaziladi. Xuddi shunday viloyatimizdagi 16 ta tuman,shaharlar miqyosida 126 ta maktab mazkur baholash reyting tizimi sinovlarida ishtirok etmoqda.
Sinovlar matematika, fizika va xorijiy fanlari doirasida o‘tkaziladi.


❗️Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, mazkur reyting natijalarini tahlil qilish asosida sog‘lom raqobat muhitni shakllantirish, maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish, umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va kamchiliklarni barataraf qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.


Telegram | Facebook | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal