SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI l RASMIY KANALI
11.3K subscribers
36.7K photos
4.28K videos
376 files
12K links
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali


Facebook: www.facebook.com/SamarqandMMTB
Web-site: https://sm.uzedu.uz/uz
http://samuzedu.uz/
Murojaat uchun: @sammmtb_bot
Download Telegram
Zamonaviy darsliklarni o'qitish metodikasi yuzasidan seminar o'tkazilmoqda

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da o‘qituvchilar uchun o‘quv-seminari bo'lib o'tmoqda.

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov respublikamizning barcha hududlaridan Milliy oʻquv dasturi asosida tayyorlangan darsliklarni tajriba sinovdan oʻtkazish hamda oʻtgan yili 1-2 sinflar uchun yaratilgan yangi darsliklarni oʻqitish metodikasi yuzasidan mahorat darslarini olishga poytaxtga kelgan oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

👉Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
@samarqandvxtb
#Pastdarg'om_tumani
#Hamkorlik

DARS JARAYONIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Pastdarg‘om tumanidagi 128-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” o‘quv modulini darslarga tadbiq etish maqsadida pedagog kadrlarni zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishlari, ta’lim amaliyotida o‘qitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, kompetentlik sifatlari va kreativlik qobiliyatini izchil rivojlantirib borish maqsadida malaka oshirish hududiy markazi professor-o‘qituvchilari J.Davronov, dotsent A.Raximov, katta o‘qituvchi A.Isonov ishtirokida “Mahorat darsi” o‘tkazildi.

Dars davomida o'qituvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, kelgusi rejalar belgilandi.

@samarqandvxtb
#OAВ_нигоҳида

Самарқанд вилоятида мактаб битирувчилари учун “Абитуриент штаблари” ташкил этилади

👉 http://xs.uz/uzkr/71200

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:

Telegram | Facebook | Web-site
#O'quv-seminar

"MILLIY O'QUV DASTURINI AMALIYOTGA JORIY ETISH" mavzusida o'quv-seminar tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Respublika taʼlim markazi tomonidan 2022-yil 13-15-yanvar kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chimyon togʻ bagʻrida "Milliy oʻquv dasturini amaliyotga joriy etish" boʻyicha pedagog kadrlar uchun Respublika oʻquv-seminari tashkil etilgan.
Noanʼanaviy tarzda bo'lib o'tayotgan ushbu oʻquv mashgʻulotlarida Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi Metodik xizmat boʻlimi boshlig'i G.Mardonova, boshlang'ich va xorijiy tillar metodistlari, trener o'qituvchilar ishirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:

Telegram | Facebook | Web-site
Onlayn olimpiadalar davom etadi!

Navbatdagi onlayn olimpiadalar 2022-yil 17-23-yanvar kunlari Ona tili va Tarix fanlaridan 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, yuqoridagi grafik asosida o‘tkaziladi.
Olimpiadada ishtirokchilarga 20 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi va ularni bajarish uchun 1 soat vaqt ajratiladi. Test natijalariga ko‘ra yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar aniqlanadi hamda iqtidorli o'quvchilar zahirasiga kiritiladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun o‘quvchilar ro‘yxatdan o'tishi shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn
Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘z ta'lim muassasalari tomonidan tizimda tasdiqlanishi kerak.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from Laylo Rustamova
Айни вақтда ижтимоий тармоқларда тарқалаётган қишки таътил 1 мартга қадар узайтирилганлиги ҳақидаги хабар ёлғон эканлигини маълум қиламиз.

Қишки таътил муддати ҳақида расмий Хабарнома аввалроқ Халқ таълими вазирлиги томонидан эълон қилинган👇

https://t.me/uzedu/15048

Халқ таълими вазирлигига доир барча хабарларни фақат вазирликнинг расмий саҳифасидан олишингиз мумкин

👉 https://t.me/uzedu
🖥 Navbatdagi onlayn vebinar!

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, matematik savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

👉Taqdimotlar:👇

👨‍💻 “Vektorlar va ularning tadbiqlari”

👨‍💻 “Lishayniklar", “Olmalar"

👩🏻‍💻 “PISA xalqaro tadqiqotida matematik savodxonlik yo'nalishi bo'yicha topshiriqlarning qiyinlik darajalari”

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 17-yanvar

Boshlanish vaqti: 10:00

☝️
Tashkilotchilar: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz, O'zbekiston Milliy Universiteti, YODJU Texnika Instituti hamda Samarqand viloyati malaka oshirish hududiy markazi


👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning matematika fani trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/33elZy4

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish

👉 https://t.me/milliymarkaz 👈
Samarqand viloyati xalq ta'limi tizimida bo'layotgan yangiliklar, islohotlar, ta'lim muassasalari o'qituvchi va o'quvchilari erishgan yutuqlar, yangi pedagogik texnologiyalar va ilgʻor ish tajribalari haqida ishonchli axborot olmoqchi bo'lsangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga aʼzo bo'ling!



Telegram: https://t.me/samarqandvxtb
Facebook: www.facebook.com/SamarqandVXTB
Veb-sayt: samuzedu.uz

Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Zebiniso Shodiyevaning rasmiy sahifasi:

https://t.me/zshodiyeva_xtb

Murojaat uchun boshqarma boshlig'ining boti: @zshodiyeva_bot
Forwarded from ITSM
☃️📲 Aziz ota-onalar, farzandingiz qishki ta’tilda vaqtini qiziqarli va unumli o‘tkazishi uchun Xalq ta’limi vazirligining onlayn ta'lim resurslari bilan tanishtirishni davom etamiz! 👦🏻👧🏻

🤩Navbatdagi loyihamiz – “Smart Land” interaktiv virtual ta’lim platformasi!

🔸“Smart Land” 15 ta fan boʻyicha rus va oʻzbek tillaridagi 136 ta o‘yin 🎮 hamda 2008 ta mashqlarni o‘z ichiga olgan.

🔸Foydalanuvchi oʻziga qulay boʻlgan til hamda butun oʻyin davomida unga hamroh boʻladigan qahramonni 👦🏻 tanlash imkoniga ega.

🔸U turli mamlakatlar boʻylab 🌏 sayohatga chiqadi ✈️ hamda u yerdagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, dunyoqarashini kengaytiradi.

🔸Mamlakatlar sinflar boʻyicha taqsimlangan:
1-4 sinflarda qahramon Oʻzbekiston🇺🇿 va Italiya🇮🇹 boʻylab;
5-9 sinflarda Xitoy🇨🇳 va Buyuk Britaniyaga🇬🇧
10-11 sinflarda esa AQSh🇺🇸 boʻylab sayohat qiladi.

Ilovani yuklab oling hamda farzandingiz vaqtini foyda bilan o'tkazishiga hissangizni qo'shing!

📲Yuklab olish uchun:
iOS qurilmalari uchun I Android qurilmalari uchun
#Ишга_марҳамат

Халқ таълими тизимида 104 та ва мактаб директорлиги бўйича 86 та вакант лавозимларга онлайн ҳужжат топширинг!

ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ТИЗИМИДА ВАКАНТ ЛАВОЗИМЛАР УЧУН ОЧИҚ ВА МУСТАҚИЛ ТАНЛОВ ЎТКАЗИШ ТИЗИМИ ЙЎЛГА ҚУЙИЛГАН.

Мазкур ҳафтада вазирлик марказий аппаратининг 1 та бош, 1 та етакчи мутахассис лавозимига ҳужжат топширган номзодларнинг малака талаби ўрганилиб, 2 та бўлим бошлиғи, 1 та бош ва 1 та етакчи мутахассис лавозимига ариза берган номзодлар билан тест синовлари ҳамда 1 та бўлим бошлиғи, 2 та етакчи мутахассис лавозимларига тестдан ижобий натижа қайд этган номзодлар билан уларнинг малакаси ва касбий кўникмаси вакант лавозимга мослигини аниқлаш мақсадида суҳбат ўтказилди.

Ўтказилган танлов натижаларига кўра, 4 та туман (шаҳар) халқ таълими бўлими мудири лавозимларига муносиб номзодлар тайинланди.

Келгуси ҳафтада Танлов комиссияси томонидан
вазирлик марказий аппаратида 4 та бошқарув ходими лавозимларига номзодларнинг малака талабини ўрганиш ва тест синовларини ўтказиш ҳамда 5 та бошқарув ходимлари, шунингдек, 1 та ҳудудий бошқарма бошлиғи биринчи ўринбосари, 5 та туман (шаҳар) халқ таълими бўлими мудири лавозимларига номзодлар учун суҳбат жараёнлари ўтказилиши режалаштирилмоқда.

⚠️Танлов жараёнларини бевосита youtube.com тармоғидаги вазирликнинг расмий канали орқали тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин.

Шу билан бирга, Халқ таълими вазирлигида ишлашни хоҳловчилар ҳозирги кунда вакант бўлган қуйидаги лавозимларга ариза топширишлари мумкин:

Ички аудит ва молиявий назорат бошқармаси бошлиғи; ;

Халқ таълими муассасалари мулкидан самарали фойдаланиш ва жихозлашни мувофиқлаштириш бўлими бошлиғи;

Халқ таълими муассасаларини қурилиши ва таъмирланишини мувофиқлаштириш бошқармаси бош мутахассиси;

Ички аудит ва молиявий назорат бошқармаси Қашқадарё вилояти ҳудудий хизмат бошлиғи (бош мутахассиси);

Бундан ташқари, жорий йилда белгиланган тартиб асосида жами 33 нафар (2021 йилда 1144 нафар) мактаб директори лавозимга тайинланган бўлиб, шундан 6 нафари ушбу ҳафтада тайинланди. Шунингдек, 58 та мактаб директори лавозимига номзодлар учун тест синовлари ўтказилди.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#ВАКАНСИЯ

Самарқанд вилоятидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали бир қатор ташкилотлар билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔸Нарпай туман ҳокимлиги:
— Туман ҳокимлиги - Ижро назорати бўйича бош мутахассиси.

🔸Нуробод туман ҳокимлиги:
— Туман ҳокимлиги - Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш масалалари бўйича 1-тоифали мутахассиси.

🔸Самарқанд вилояти Халқ таълими бошқармаси:
— Нарпай тумани 63-сонли умумий ўрта таълим мактаби директори;

— Қўшработ тумани 18 -сонли умумий ўрта таълим мактаби директори;

— Қўшработ тумани 33 -сонли умумий ўрта таълим мактаби директори;

— Ургут тумани 99 -сонли умумий ўрта таълим мактаби директори.

🔸Ўзбекистон Республикаси Монополияга қарши курашиш қўмитасининг Самарқанд вилояти ҳудудий бошқармаси:
— Каттақўрғон шаҳар Аҳоли бандлигига кўмаклашиш маркази-Давлат меҳнат ҳуқуқ инспектори;

🔸Нуробод туман ҳокимлиги:
— Туман ҳокимлиги - Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш масалалари бўйича 1-тоифали мутахассиси.

▶️ Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 25 январгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:

Telegram | Facebook | Web-site