SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI l RASMIY KANALI
11.6K subscribers
36.4K photos
4.26K videos
376 files
11.9K links
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali


Facebook: www.facebook.com/SamarqandMMTB
Web-site: https://sm.uzedu.uz/uz
http://samuzedu.uz/
Murojaat uchun: @sammmtb_bot
Download Telegram
🔹ISHTIXON TUMANIDA ENG YAXSHI HAMSHIRALAR ANIQLANDI

Ishtixon tumanidagi 21-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ishtirokchilar tanlov Nizomiga ko‘ra 5 ta shart bo‘yicha, xususan, “Eng yaxshi videorolik”, savol-javob, xujjatlarning yuritilishi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Tanlov jarayonlari hamkor tashkilot vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholanib bordi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli
🥇1-o‘rinni 9-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi,
🥈2-o‘rinni 29-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi,
🥉3-o‘rinni 28-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi egalladi.

Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

@samarqandvxtb 
  
Telegram | Facebook | YouTube
"OILAM UCHUN MEN O‘Z QO‘LIM BILAN TAYYORLAGAN SOVG‘AM"

Bulung‘ur tumanidagi 1-DMTTda 15-may – “Xalqaro oila kuni”munosabati bilan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli qo‘l mehnati ishlari tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda bolajonlar o‘z qo‘llari bilan oila a’zolariga sovg‘alar yasashdi va chizishdi. 38 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etgan tanlov yakuniga ko‘ra:

1-o‘rinni 15-DMTT tarbiyalanuvchisi Eshpo‘latova Dilsora;
2-o‘rinni 1-DMTT tarbiyalanuvchisi O‘tkirova Farangiz;
3-o‘rinni 13-DMTT tarbiyalanuvchisi Boltayeva Kumushbibi egalladi.

G‘olib va tanlov ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

@samarqandvxtb 


Telegram | Facebook | YouTube
🔸BOG'CHALARDA "OILAM UCHUN MEN O‘Z QO‘LIM BILAN TAYYORLAGAN SOVG‘AM" TANLOVI O'TKAZILDI

Samarqand tumanidagi 6-DMTTda 15-may – “Xalqaro oila kuni”munosabati bilan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli qo‘l mehnati ishlari tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda bolajonlar o‘z qo‘llari bilan oila a’zolariga sovg‘alar yasashdi va chizishdi. 32 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etgan tanlov yakuniga ko‘ra:

1-o‘rinni 23-DMTT tarbiyalanuvchisi Axmatov Raxmatjon;
2-o‘rinni 20-DMTT tarbiyalanuvchisi Yarasheva Dilnura;
3-o‘rinni 1-DMTT tarbiyalanuvchisi Saidov Dilmurod egalladi.

G‘olib va tanlov ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.     

@samarqandvxtb 


Telegram | Facebook | YouTube
🔴Жонли мулоқот!

Ҳурматли педагоглар, бугун соат 12.00 да Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiнинг расмий саҳифасида сиз учун жонли мулоқот ташкил этилади.

Унда
2023/2024 ўқув йилида Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги таълим муассасалари битирувчи синф ўқувчиларининг якуний давлат аттестациясини ташкил этиш, имтиҳон саволлари, ўтказиш тартиби, жараённи шаффоф ташкил этиш мақсадида амалга оширилаётган ишлар хусусида гаплашамиз.
Ўтказиб юборманг, саволларингиз бўлса, экспертларимиз жавоб беришга тайёр.

Telegram
Twitter
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

❗️Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda.

👉Muloqotni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM