SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI
5.66K subscribers
32.7K photos
3.88K videos
362 files
10.8K links
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali


Facebook: www.facebook.com/SamarqandMMTB
Web-site: https://sm.uzedu.uz/uz
http://samuzedu.uz/
Murojaat uchun: @sammmtb_bot
Download Telegram
Forwarded from SamTVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"DIYOR YANGILIKLARI"  | ASOSIY FAN OLIMPIADASINING IKKINCHI BOSQICHI YAKUNLANDI


#23-oktabr#Samarqand

https://t.me/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Assalom_Samarqand

Nurobod tumanidagi 47-umumta'lim maktabining direktor o'rinbosari Ilhomjon Botirov hamda maktabning iqtidorli va iste'dodli o'quvchilari Saimova Shahzoda va Normurodova Muyassar Samarqand telekanalining "Assalom Samarqand" teledasturining mehmoni bo'lishdi.

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook
⚡️RASMIY MUNOSABAT

MY5 telekanalining "MARKAZIY STUDIYA" ko‘rsatuvi orqali e’lon qilingan "Payariq tumaniga qarashli 2-maktab, 1-chorak yakunlanayotgan bo‘lsa-da xanuzgacha ta’mirlanmagan" deyilgan lavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Payariq tumanidagi 2-umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlari dastur yoki reja asosida emas, balki “Tashabbusli budjet”ning 2023-yil 1-mavsumida yuqori ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgani uchun ta’mirlash ishlari boshlanib ketgan.
Maktabning tom qismi, fasad qismini ta’mirlash, maktab hududini devor bilan o‘rash, maktabning ichki devorlarini pardozlash, sinfxonalarni pol qismini yangisiga almashtirish, isitish tizimini yangilash bo‘yicha tayyorlagan loyihasi g‘oliblikni qo‘lga kirib, buyurtmachi Samarqand viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” tomonidan 2023-yil 20-iyundagi 33673-sonli pudrat shartnomasiga asosan 1,139,972,533 so‘mga “Qahhor bobo” XK tomonidan yutib olingan.
Qurilish ishlari 20 iyunda boshlanib, shartnomaga ko‘ra, ta’mirlash ishlariga 150 kun muddat belgilangan.
Maktabda ta’mir jarayoni ketayotgan vaqt o‘quvchilar uchun hududda yaqin bo‘lgan 3-umumta’lim maktabidan o‘quv xonalari ajratilgan.
Ayni paytda quruvchi tomonidan sinf xonalari ta’mirdan chiqarilib, o‘quvchilar to‘liq sinf xonalariga qaytarilgan.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati  

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook
Qo‘shrabot tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🏆Viloyatning barcha tumanlaridan kelgan ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘zaro kuch sinashmoqda.

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bir kun oldin va bir kun keyin...
Nurobod tumanida Fan olimpiadalari sun’iy va qo‘pol ravishda buzilayapti. Bir kun oldin boshqa o‘quvchi 1-o‘rinni olgan oradan bir kundan keyin boshqa o‘quvchi 1-o‘rinni band qilmoqda." deyilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Nurobod tumanida 20-oktabr kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan 9-sinflar o‘rtasidagi olimpiadaning tuman bosqichida 90 nafar o‘quvchilar ishtirok etishgan. G‘oliblar e’lon qilingandan so‘ng, tumandagi 41- umumta’lim maktabi ma’muriyati natijalardan norozi bo‘lib qilgan murojaat hakamlar hay’ati tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan. G‘oliblarning ishlari (test) qayta ko‘rib chiqish jarayonida hakamlar hay’ati tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan va g‘oliblar ro‘yxati o‘zgargan. O‘rganishlar bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib tushuntirish xatlari olingan.
Endilikda xatolikka yo‘l qo‘ygan hakam, boshqa bellashuvlarda hakamlikka jalb qilinmaydi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan Nurobod tumani 67-umumta’lim maktabida 40 millionga yaqin direktor jamg‘armasi mablag‘larini noto‘g‘ri sarflanganligini va yana bir necha holatda direktorning noto‘g‘ri xatti-harakatlari aniqlagan edi. Aynan bu masalaga huquqiy baho berilishi uchun tuman prokraturasiga o‘tkazilishiga qaramasdan hali hammayoq jim jit." deyilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Samarqand viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Nurobod tumanidagi 67-umumta’lim maktabining 14 nafar pedagog xodimlariga 2022-yil yanvar oyidan 2023-yilning sentabr oyiga qadar 37 million 060 ming so‘m rag‘batlantirish va moddiy yordam pullarini Vazirlar Mahkamasining2019-yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida ”gi Nizom talablariga zid ravishda to‘lab berilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda Nurobod tumanidagi 67-umumta’lim maktabida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook
🔹MUHIM VAZIFALAR BЕLGILAB OLINDI

Bugun Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Farrux Boltayevga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘iga asosan, viloyat Maktagacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi yuklatilganligi ma’lum qilindi. Yig‘ilishda murojaatlar bilan ishlash, Asosiy fan olimpiadasining III viloyat bosqichiga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, yig‘ilishda  joriy hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan  vazifalar belgilab olindi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

❗️
Davlatimiz rahbari mazkur tashrif davomida bugun viloyatning Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu ta’lim muassasasidagi o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram