SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI
5.71K subscribers
31.5K photos
3.72K videos
356 files
10.4K links
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali


Facebook: www.facebook.com/SamarqandMMTB
Web-site: https://sm.uzedu.uz/uz
http://samuzedu.uz/
Murojaat uchun: @sammmtb_bot
Download Telegram
🔶ISHTIXON TUMANIDAGI 3-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SUV BAYRAMI O‘TKAZILDI

🟣Ishtixon tumanidagi 3-son maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lomlashtirish davrida turli ma’naviy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
💧Bugun muassasada “Suv bayrami” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💦"Suvni e’zozlang va bunga oilangizni ham o‘rgating» shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda bolajonlar tomonidan suv qadrli ne’mat ekanligi haqidagi she’rlar, kuy-qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.

@samarqandvxtb

Telegram | Facebook | Web-site
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi.

Qonun loyihasi bilan:

👉 pedagogning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida muayyan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi;

👉 ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga oqituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirilishi;

👉 biriktirilgan mazkur pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanishi kabi kafolatlar ham mustahkamlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullanishi va Prezident tomonidan tasdiqlanishi lozim.

@samarqandvxtb

Telegram | Facebook | Web-site
#RASMIY_BAYONOT

Ustama to‘lanadigan ayrim xalqaro sertifikatlar ro‘yxatdan olib tashlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT

2023-2024-o‘quv yili davomida umumta‘lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangani haqida avvalroq xabar bergandik.

Shu o‘rinda, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlar bo‘yicha quyidagilarni ma‘lum qilamiz:

Vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan: 

Sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, yaʼni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi;

Baʼzi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;

Sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;

Ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermaganligi, test savollarining doimiy takrorlanishi.

⚠️Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi.

Shu bilan birga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq  APTIS for teachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga qabul qilayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolinayotganligini eslatib o‘tmoqchimiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Мактаб ва мактабгача таълим: сифат, инфратузилма ва натижа
#2aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Faсebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga ajratilgan mablag‘lar berilmaganligi haqidagi murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Qo‘shrabot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ma’lum qilishicha, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida 1-o‘rinni 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (100 mln.), 2-o‘rinni 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (75 mln), 3-o‘rinni 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (50 mln) egallagan.
Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan 26-, 81-,82- umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun ajratilgan pul mablag‘lari ish haqi (mukofot) hisobida to‘lab berilgan.
Tanlovda faol ishtirok etib, 1-o‘rinni olgan 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga noutbuk, 2-o‘rinni olgan 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga planshet, 3-o‘rinni olgan 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga telefon sovg‘alari yangi o‘quv yilida tantanali tarzda topshiriladi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

@samarqandvxtb

Telegram | Facebook | Web-site
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabi rahbari o‘qituvchilarni ta’til vaqtida majburiy mehnatga jalb qilmoqda" mazmunidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Mazkur holat Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganilib, o‘qtuvchilar bilan tashkil etilgan suhbat jarayonlarida ayrim o‘qituvchilar o‘z tashabbuslariga ko‘ra, maktab ta’mirida ishtirok etganligini, ayrimlari maktab direktori tomonidan mehnatga jalb etilganligini bayon qilishgan.
O‘rganishlar davomida maktabda boshqa kamchiliklar ham aniqlangan. Ushbu holatlarni inobatga olib, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnoma o'z arizasiga ko'ra, bekor qilindi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

@samarqandvxtb

Telegram | Facebook | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Payariqda_yangi_ixtiro

🔹Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchisi Odilov Bunyod yo'l patrul xizmati xodimlari ishini yengillashtiruvchi qurilma yaratdi.



@samarqandvxtb

Telegram | Facebook | Web-site
🔹"TA’LIMDA HALOLLIK -TARAQQIYOT POYDEVORI" MAVZUSIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Bulung‘urda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, maktab direktorlari va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida "Ta’limda halollik -taraqqiyot poydevori"mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari, ta’limda bu kabi illatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish va komlayens nazoratni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul xodimi O.G‘aniyev, Bulung‘ur tuman prokurori o‘rinbosari Z.Hamdamov hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i A.Kuylanovlarning ma’ruzalari tinglandi.
Yig‘ilishda jamiyat kushandasi sanalmish korrupsiyani tag-tomiri bilan sug‘urib tashlashda eng avvalo har bir ziyoli o‘z hissalarini qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

@samarqandvxtb
Telegram | Facebook | Web-site
🔸BOSHQARMA BOSHLIG‘I SHAXMAT BO‘YICHA ChЕMPIONLARNING OTA-ONALARIGA MINNATDORCHILIK BILDIRDI

❗️Samarqand viloyati Jomboy tumani 23-DMTT tarbiyalanuvchisi Sarvar Aliyev maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi musobaqasining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi haqida xabar bergan edik.
⚡️Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shokir Sultonov chempion tarbiyalanuvchi Sarvar Aliyev hamda musobaqaning respublika bahslarida faxrli ishtirok etgan Samarqand tumanidagi 3-DMTT tarbiyalanuvchisi Madinabonu Asadova va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.
❇️ Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i zukko farzandlarni tarbiyalayotganligi uchun bolajonlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirdi hamda boshqarmaning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alarini topshirdi.


@samarqandvxtb

Telegram | Facebook | Web-site