Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
2.33K subscribers
11.2K photos
1.42K videos
7 files
3.23K links
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi

Rasmiy kanal: http://samarkandtourism.uz
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo'yicha @uktamov_874
Download Telegram
O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida turizm hamkorligining yangi bosqichi

Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Elchixonasi hamkorligida Maskat shahrida O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida turizm hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Discover Uzbekistan: Advancing Bilateral Tourism Relations” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning, xususan Samarqand viloyatining turizm salohiyati, zamonaviy turizm infratuzilmasi hamda sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar keng targ‘ib qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida turistik almashinuvni kengaytirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma turistik mahsulotlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari taqdim etilib, ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tadbir yakunida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, Samarqandning turizm salohiyatini Ummon bozorida faol targ‘ib qilish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Samarqand va Sian o‘rtasida turizm hamkorligining yangi bosqichi

2026-yil 11-iyun kuni Silk Road Samarkand turizm majmuasida Samarqand viloyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahri o‘rtasida turizm va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ikki hududning turizm salohiyati, tarixiy-madaniy merosi va zamonaviy turizm infratuzilmasi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, sayyohlar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish hamda Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishida yangi hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Forum Samarqand va Sian o‘rtasidagi turizm aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki hududning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda madaniy almashinuvni rivojlantirish uchun muhim maydonga aylandi.

Tadbir yakunida Samarqand viloyati va Sian shahri o‘rtasida madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat Buyuk Ipak yo‘lining ikki yirik tarixiy markazi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.


📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
Forwarded from Silk Road Samarkand
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand ilk bor Global Wellness Day xalqaro harakatiga qo‘shilmoqda! 🧘‍♀️
13-iyun kuni Silk Road Samarkand majmuasida Global Wellness Day — har yili butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarni sog‘lom turmush tarzi, uyg‘unlik va o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish g‘oyalari atrofida birlashtiradigan xalqaro farovonlik kuni bo‘lib o‘tadi.

Mehmonlarni mazmunli dastur kutmoqda: sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari, sport tadbirlari, ongli hayot amaliyotlari, yoga, taqdimot-ma’ruza hamda ilhomlantiruvchi uchrashuvlar. 🧘‍♀️🤩
📍 Tadbir manzili:
Silk Road Waterland akvaparki

🕘 Boshlanish vaqti:
09:00

Global Wellness Day — yanada sog‘lom, faol va muvozanatli hayot sari qadam tashlash uchun ajoyib imkoniyat.
Samarqand aholisi va mehmonlarini ushbu tadbirning bir qismiga aylanishga hamda kunni salomatlik, energiya va ilhom muhitida o‘tkazishga taklif qilamiz! 😍
📞 Ma’lumot uchun:
+998 55 705 55 55
____

Самарканд впервые присоединяется к Global Wellness Day! 🧘‍♀️
13 июня в Silk Road Samarkand состоится Global Wellness Dayмеждународный день благополучия, который ежегодно объединяет миллионы людей по всему миру вокруг идей здорового образа жизни, гармонии и заботы о себе.

Гостей ждет насыщенная программа: оздоровительные активности, спортивные занятия, практики осознанности, йога, презентационная лекция и вдохновляющие встречи. 🧘‍♀️🤩
📍 Локация мероприятия:
Аквапарк Silk Road Waterland

🕘 Время начала:
09:00

Global Wellness Day
— это отличный повод сделать шаг навстречу более здоровой, энергичной и сбалансированной жизни.
Приглашаем жителей и гостей Самарканда стать частью этого события и провести день в атмосфере здоровья, энергии и вдохновения! 😍
📞 Телефон для справок:
+998 55 705 55 55

WWW FACEBOOKINSTAGRAM TELEGRAMYOUTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi mehmonxonalarni sertifikatlashtirish bo‘yicha muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi

Turizm qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida tashkil etilgan mehmonxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda mehmonxonalar egalari hisoblangan tijorat banklari rahbarlari va mas’ul vakillar ishtirok etib, ziyoratchi hamda sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mehmonxonalar faoliyatini belgilangan talablarga muvofiq tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida mehmonxonalarning faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularni belgilangan tartibda sertifikatlashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Xususan, majmua atrofidagi barcha mehmonxonalarni 10 ish kuni muddatida sertifikatlashtirish choralarini ko‘rish belgilandi.



📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda Global Wellness Day muvaffaqiyatli o‘tkazildi

13-iyun kuni Silk Road Samarkand majmuasida ilk bor Global Wellness Day xalqaro farovonlik kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash hamda farovonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratildi.

Tadbir Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Dastur doirasida yoga mashg‘ulotlari, sport tadbirlari, sog‘lomlashtirish faoliyatlari, ongli hayot amaliyotlari, taqdimot va ma’ruzalar hamda ilhomlantiruvchi uchrashuvlar o‘tkazildi.


Mazkur tadbir Samarqandning xalqaro wellness harakatidagi ishtirokini namoyon etib, hududda sog‘lom va faol turmush tarzini ommalashtirish hamda wellness turizmini rivojlantirish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.
🔥1