√√√ Umrni Isrof Qilmang √√√
4.7K subscribers
1.39K photos
471 videos
9 files
113 links
«La havla va la quvvata illa billah»📿

√√√ Umrni Isrof Qilmang √√√

@Manfatliiii.Ulanib olinglar 😊☺️

@Reklmaa
Download Telegram
#QIMMATGA_TUSHGAN!
  
Uhud kunida Nabiy sallollohu alayhi va sallam Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuni(boshqa rivoyatda Ubay ibn Kaʼbni) shahid boʻlganlar va yaradorlar ichidan Saʼd ibn Rabiʼni qidirishini, agar topsa u zotning nomlaridan unga salom aytib oʻzini qanday his qilayotganini soʻrashini tayinladilar.
   Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu oʻliklar orasidan uni qidirishni boshladi. Oxiri uni topdi. Hali joni uzilmagan ekan. Yetmish joyidan jarohatlangan ekan. Zayd roziyallohu anhu unga dedi:
- Nabiy sallollohu alayhi va sallam senga salom aytdilar. Oʻzingni qanday his qilayotganingni soʻradilar!
Saʼd roziyallohu anhu dedi:
- Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga ham, senga ham salomlar boʻlsin. U zotga aytginki, men jannatning hidini his qilayapman. Qavmim boʻlmish ansorlarga tayinlaginki, agar Nabiy sallollohu alayhi va sallamga biror narsa qilsa ular uchun Allohning oldida uzr yoʻq!
   Shu soʻzlarni aytib Saʼd roziyallohu anhuning joni uzildi!

   Bizga bu din qanday yetib kelganini bildingizmi?!
   Bu din bizga badani dushman oʻqidan gʻalvirga aylangan sahobalar tanasi ustidan oʻtib kelgan.
   Bu din bizga sahobalarning Nabiy alayhis salomning qoʻyinlariga toʻkkan moli ustidan oʻtib kelgan. Birgina Usmon roziyollohu anhu bir gʻazotda qoʻshinning uchdan birini jihozlab bergan edi.
   Bu din bizga sahobalarning mustahkam aqidasi orqali oʻtib kelgan. Meʼroj haqidagi mushriklar yetkazgan xabarni Abu Bakr roziyallohu anhu eshitganida ularga: "Agar buni Nabiy sallollohu alayhi va sallam aytgan boʻlsalar rost aytibdilar!", deb zarracha ikkilanmay javob bergan edi.
   Bu din bizga sahobalarning  jasorati bilan yetib kelgan. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu hijrat qilayotib mushriklarga shunday degan edi:
   "Kim xotini beva, farzandlari yetim qolishini istasa yoʻlimni toʻssin!".

   Bu din juda qimmatga tushgan. Uni zoye qilmaylik!

#quron #ramazon #hidoyat
-------------------------------------------
📚👇👇👇👇
🕋👉@Sajdadamizda🌙