🤝 Kuchli jamoalar tasodifan paydo bo‘lmaydi.
JCI ASPAC 2026 doirasida “Effective Teamwork” treningida qatnashdim.
Treningda jamoalar rivojlanishining mashhur Tuckman modeli haqida gapirildi. Unga ko‘ra har qanday jamoa quyidagi bosqichlardan o‘tadi:
1️⃣ Forming — tanishish davri
2️⃣ Storming — kelishmovchiliklar va tortishuvlar davri
3️⃣ Norming — o‘zaro tushunish va qoidalar shakllanishi
4️⃣ Performing — eng samarali ishlash bosqichi
5️⃣ Adjourning — loyiha yakunlanishi
Menga eng qiziq bo‘lgan jihat shuki, ko‘pchilik jamoalarda muammo aynan 2-bosqich — “Storming” davrida boshlanadi.
Kelishmovchilik paydo bo‘lsa, ko‘pchilik buni yomon holat deb o‘ylaydi. Aslida esa sog‘lom bahs va fikrlar to‘qnashuvi bo‘lmagan jamoa o‘smaydi.
Treningdagi yana bir muhim fikr:
“Ishonch bo‘lmasa — jamoa kuchli bo‘lolmaydi.”
Simon Sinekning bir gapi ham keltirildi:
O‘ylab qarasam, bu nafaqat JCI, balki biznes, tashkilot va hatto oilaga ham tegishli fikr ekan.
Natija, mas’uliyat va hamkorlikning poydevori — ishonch.
Ishonch bo‘lgan joyda jamoa kuchayadi, ishonch yo‘q joyda esa eng kuchli mutaxassislar ham katta natija qila olmaydi. Shu sababli har qanday muvaffaqiyatli jamoaning eng muhim kapitali — o‘zaro ishonchdir.
https://t.me/Mirjalol_Mengboev

“Jamoa — bu birga ishlaydigan odamlar guruhi emas. Jamoa — bu bir-biriga ishonadigan odamlar guruhi.”
O‘ylab qarasam, bu nafaqat JCI, balki biznes, tashkilot va hatto oilaga ham tegishli fikr ekan.
Natija, mas’uliyat va hamkorlikning poydevori — ishonch.
Ishonch bo‘lgan joyda jamoa kuchayadi, ishonch yo‘q joyda esa eng kuchli mutaxassislar ham katta natija qila olmaydi. Shu sababli har qanday muvaffaqiyatli jamoaning eng muhim kapitali — o‘zaro ishonchdir.
https://t.me/Mirjalol_Mengboev
❤🔥6🔥5⚡4👏3👍2😍1💯1🆒1
Chet elliklar uchun yangi ID karta joriy etiladi.
Yaponiya Adliya vazirligi chet el fuqarolari uchun yangi “Maxsus Belgilangan Rezidentlik Kartasi” (Specially Designated Residence Card) tizimi joriy etilishini e’lon qildi.
Adliya vaziri Hiroshi Hiraguchi 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ushbu yangilikni ma’lum qildi va tizim 2026-yil 14-iyundan rasman ishga tushishini tasdiqladi.
Avvallari chet el fuqarolari yashash muddatini uzaytirish uchun immigratsiya boshqarmasiga murojaat qilgach, My Number kartasi ma’lumotlarini yangilash uchun yana alohida ravishda mahalliy munitsipal idoraga borishlari kerak edi.
Yangi tizimda esa Rezidentlik kartasi (Residence Card) va My Number kartasi bitta identifikatsiya kartasiga birlashtiriladi. Natijada immigratsiya va munitsipal ma’lumotlarni yangilash ishlari bir joyning o‘zida amalga oshiriladi va ortiqcha qatnovlarga hojat qolmaydi.
Muhim ma’lumotlar
Yangi birlashtirilgan kartani olish majburiy emas, ixtiyoriy hisoblanadi.
Arizalar 2026-yil 14-iyundan boshlab mahalliy munitsipal idoralarda qabul qilinadi.
2026-yil 15-iyundan boshlab esa hududiy immigratsiya boshqarmalarida ham ariza topshirish mumkin bo‘ladi.
Afzalliklari
✅ Residence Card va My Number kartasi bitta kartaga birlashtiriladi.
✅ Ma’lumotlarni yangilash uchun ikki joyga borishga hojat qolmaydi.
✅ Byurokratik jarayonlar soddalashadi.
✅ Chet el fuqarolari uchun qulaylik oshadi.
@yaponiya_uzbekistonliklar

👍6🤯3⚡2💯2😢1🕊1👨💻1🤝1
🇯🇵🌏 JCI ASPAC 2026 | Niigata, Yaponiya yakunlandi
Kecha Osiyo va Tinch okeani mintaqasining eng yirik JCI tadbirlaridan biri — ASPAC 2026 o‘z nihoyasiga yetdi.
Bu yilgi konferensiyada 8 000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Faqat a’zolik badallari va ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlarining o‘zi 3,2 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil etdi. Ko‘rgazma ishtirokchilari, homiylar va boshqa qo‘llab-quvvatlovlar bilan birgalikda tadbirning iqtisodiy hajmi yanada kattalashdi.
Bundan tashqari, minglab mehmonlarning mehmonxona, transport, restoran va xaridlar uchun qilgan xarajatlari hisobiga ASPAC kabi 5 kunlik tadbir mezbon shahar iqtisodiyotiga taxminan 10 million AQSH dollari miqdorida iqtisodiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ammo ASPACning eng katta qiymati pulda emas.
Bu yerga kelgan 8 mingdan ortiq ishtirokchilarning aksariyati tadbirkorlar, kompaniya rahbarlari, investorlar va turli sohalardagi yetakchilardir. JCI ana shu insonlarni bir joyga jamlaydi, tanishtiradi va hamkorlik uchun imkon yaratadi.
Shuningdek, konferensiya doirasida davlatlar o‘zlarining National Night dasturlarini tashkil etib, madaniyati, turizm salohiyati, milliy mahsulotlari va investitsion imkoniyatlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu safar ham bir qator davlatlar ushbu imkoniyatdan juda samarali foydalanib, minglab xalqaro mehmonlarga o‘z mamlakatlarini tanishtirishdi.
Balki kelajakda O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari ham bunday platformalarga alohida e’tibor qaratib, mamlakatimizning turizm, biznes va investitsion salohiyatini targ‘ib qilishda ushbu imkoniyatlardan yanada kengroq foydalanar.
Ko‘pchilik O‘zbekistonda hali ham: “JCI menga nima beradi?” degan savolni beradi.
Menimcha, JCI — kim nima izlayotgan bo‘lsa, topa oladigan joy.
📚 O‘zini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun — treninglar va liderlik maktabi.
🤝 Xalqaro aloqalar izlayotganlar uchun — global networking maydoni.
💼 Biznesini kengaytirmoqchi bo‘lganlar uchun — yangi hamkorlar va bozorlar.
🌍 Dunyoni ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun — xalqaro tadbirlar va do‘stliklar.
JCI — katta bir dengiz. Unda qaysi tomonga va qanchalik uzoqqa suzish esa o‘zingizga bog‘liq.
Keyingi yirik xalqaro tadbir JCI World Congress 2026 bo‘lib, 10–15 noyabr kunlari Filippinda o‘tkaziladi. Bu ASPACdan ham kattaroq konferensiya bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan minglab JCI a’zolari ishtirok etadi.
Agar siz ham imkoniyatlar, bilim va xalqaro aloqalarni izlayotgan bo‘lsangiz, JCI safiga qo‘shiling va bu dunyoni o‘zingiz kashf eting.
@Mirjalol_Mengboev

🔥4🤩2⚡1👏1🎉1🆒1
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Yaxshi yangilik bilan bo'lishmoqchiman. O'zbekistonlik Fotima Jalolova Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) iqtisodiyot fakultetiga doktoranturaga qabul qilinibdi!
Fotima bundan oldin Nobel mukofoti sovrindori, ko'plab odamlar uchun o'ta foydali kitobi ("Mostly Harmless Econometrics") bilan mashhur bo'lgan Joshua Angrist hamda mehnat iqtisodiyoti va mexanizm dizayni kesishmasida tadqiqot olib boradigan yetakchi olimlardan biri — balki kelajakdagi Nobel sovrindori — Parag Pathak tashkil etgan laboratoriyada ilmiy xodim bo'lib ishlagan. U Pathak va Angristning ta'lim bo'yicha tadqiqotlariga yordam bergan, lekin o'zi kelajakda davlat iqtisodiyoti (public economics), ya'ni soliq va fiskal masalalar bo'yicha ilmiy tadqiqot qilish niyatida ekan.
Bu O'zbekiston ilm-fani uchun juda katta voqea. O'zbekistonliklarning yetakchi universitetlarda ilmiy ish qilishi o'ta noyob hodisa, MITning iqtisodiyot fakultetida esa Fotima Jalolova, menimcha, birinchi o'zbekistonlik. Agar mintaqadan birinchi bo'lmasa. Shuning uchun bu katta yutuq bilan uni albatta tabriklaymiz.
MIT iqtisodiyoti qanday katta dargoh ekanini ko'pchilik bilmasligi mumkin. Qanday aytsam ekan, keling futbol terminologiyasida tushuntirsam. Tasavvur qiling, MIT shunday klubki, u yerda hamma o'yinchilar yo hozirgi "Oltin to'p" sohibi, yo kelajakdagi "Oltin to'p" sohibi. MITning iqtisodiyot fakultetida to'liq professor bo'lish uchun ham yo hozirgi Nobel sovrindori, yo kelajakdagi Nobel sovrindori bo'lish kerak. Juda katta ilmiy dargoh. Shuning uchun ham bu ajoyib yangilik.
O'ylaymanki, Fotimaning yutuqlari ko'pchilik talaba va ilmiy xodimlar uchun ilhom beruvchi hodisa bo'ladi. Niyat qilamanki, hali yuzlab o'zbekistonlik qizlar va yigitlar, Fotimaga o'xshab dunyoning yetakchi ilmiy dargohlarini zabt etishadi, hali har bir yetakchi universitetda o'zbek doktorantlari, ilmiy xodimlari va professorlari bo'ladi.
Fotima o'zi yozishga va adabiyotga qiziqar ekan, umid qilamizki, kelajakda ilmiy ishlardan tashqari, omma uchun ham yozadi. O'zbekistonliklar o'qishadi deb ishontirdim.
Rasmda: Fotima Jalolovaning ilmiy rahbari - Joshua Angristning Nobel medali oldida rasmga tushdik

🔥7❤🔥4⚡3🎉2❤1👍1😍1😇1🆒1
Iqtisodchi Kundaligi
Yaxshi yangilik bilan bo'lishmoqchiman. O'zbekistonlik Fotima Jalolova Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) iqtisodiyot fakultetiga doktoranturaga qabul qilinibdi! Fotima bundan oldin Nobel mukofoti sovrindori, ko'plab odamlar uchun o'ta foydali kitobi…
Ertalabdan kayfiyatni koʻtaradigan yangilik! 🎉 🎉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7🔥5⚡3💯2😍1🏆1🆒1
Professor Umirdinov chizgilaridan.
"Futbolga yaponcha yondashuv va tayyorgarlik. Biz uchun ham tajriba" - deb nomlagan bo'lardim.
————-
Ertalabdan beri menda ham kayfiyat yaxshi emas. Xatto, ba'zi o'zbekistonlik talabalar bugun kayfiyat yomonligi uchun darslarga ham kelishmaganini eshitdim. Na iloj. Yigitlarimiz yaxshi harakat qilishdi lekin.
Kun.uz da ham maqola chiqqanidek, yurtimizdan mutlaqo farqli iqlim hududlariga borilganida sportchilarimizning kondishoni - sog'lig'i va tayyorgarligining holati va uning tibbiy kuzatuvi juda muhim. Yaponiyaning NHK telekanalidagi dasturda aytilishicha, yapon sportchilar va ularning trenerlari bunday iqlimga 4 yil avvaldan tayyorgarlik ko'rishgan. Kemplarini ham shunday iqlimli hududlarda uyushtirishgan. Sportchilarga yoqadigan va sog'lom oziq-ovqatlarni Yaponiyadan, oshpazlari va doktorlari bilan birgalikda olib ketishgan.
Bularning hammasi ularning tayyorgarligi, ruhiyati va g'alabani keltirishiga sababchi deya ko'rilyapti.
Bunga ham yaponlar osonlik bilan erishishmagan. 2014-yildagi Braziliyadagi Jahon chempionligida iqlimga o'rgana olmay, guruhdan ham chiqa olishmasdan qattiq alam chekishgan.
@talaba_dostimga

🙏9💯6🔥4👍1👌1👨💻1🆒1
Forwarded from EduWise
JICA Universal Health Coverage (UHC) Program
• Public Health (Jamoat salomatligi)
• Global Health
• Universal Health Coverage (UHC)
• Health Policy
• Health Systems
• Healthcare Management
• Biomedical & Health Sciences
va hkz.
• Davlat idoralari xodimlari
• Sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislari
• Universitet o'qituvchilari va tadqiqotchilar
• Sog'liqni saqlash siyosatini ishlab chiqish yoki amalga oshirishga hissa qo'sha oladigan xususiy sektor mutaxassislari
*Ayrim hollarda bundan katta yoshdagilar ham ko'rib chiqilishi mumkin.
• Universitet kontrakti — 100%
• Borish va qaytish aviachiptasi
• Oylik stipendiya: 147,000 yen / oy
• Bir martalik kiyim-bosh: 100,000 yen
• Ko'chish xarajatlari: 224,000 yengacha
• Ilmiy tadqiqot xarajatlari: 360,000 yengacha / yil
• Tibbiy sug'urta (belgilangan shartlar asosida)
• JICA Uzbekistan ofisiga hujjatlar topshirish: 2026, Sentabr oxirigacha
• Universitetning online arizasi: 2026-yil oktabr
• Suhbat: 2026-yil noyabr
• Natijalar: 2026-yil dekabr
• Yaponiyaga jo'nash: 2027-yil mart
📩 EduWise jamoasi sizga hujjatlarni tayyorlash, ariza topshirish va suhbatga tayyorlanishda yordam beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2💯2🆒1
EduWise
Achchiq haqiqat.
Ha, bizda eng ko'p yetishmaydigan mutaxassis - do'xtirlar, hamshiralar, tibbiyot sohasi vakillari!
"Hamma, yoqda do'xtirlar-u!" - deysizmi?
O'zingiz oilangizni yoki farzandingizni ishona oladigan nechta malakali do'xtiringiz bor?
Shuning uchun do'xtirlarni albatta chet elda o'qitishimiz kerak.

*O'zimiz Yaponiyada eng yaqin do'xtirga borardik, chunki hamma do'xtir malakali edi. Ozbekistondan ham shunday bo'lishi kerak!
👍9❤6😢4🕊2🤩1🤝1
MEXT natijalari chiqdi. Bir yil oldin qilgan ikki niyatimiz bugun amalga oshdi.
Ba'zan bir yil oldin qilgan niyatlaringiz kutilmaganda amalga oshadi.
O'tgan yili o'zimga ikki maqsad qo'ygan edim.
Birinchisi — EduWise Academy qoshida Yaponiyaning MEXT grantiga tayyorlov dasturini yo'lga qo'yish.
Ikkinchisi esa — ilmga chanqoq ikki yosh talabalarimizni Yaponiyaning nufuzli universitetlariga kirishiga yordam berish.
Bugun shu ikki niyatim ham amalga oshdi.
O'tgan yillarda talabalarimiz JDS, IMF, ADB kabi bir nechta grantlar orqali magistraturaga o'qishga kirishgan edi.
Ammo, markazimizda tayyorlangan talabalar The University of Tokyo, Keio University va International University of Japan kabi universitetlarga ham to'liq grant bilan qabul qilingan bo'lsa-da, maktab va universitet bitiruvchilari uchun MEXT grantiga maxsus tayyorlov dasturimiz hali yo'q edi.
Shunda o'ylagandim: MEXT uchun alohida tayyorlov dasturini yaratish vaqti kelmadimikin?
Bu yil Martdan, Waseda, Keio va boshqa universitetlarga bakalavr va magistraturaga kirgan 10ga yaqin talabalarimiz uchun - ilk bor MEXT tayyorlov dasturini boshladik. Hujjat bosqichidan o'tgan talabalarimiz ichida ikki nafar talabamiz yozma imtihonlardan ham muvaffaqiyatli o'tdi va yakunda magistraturaga tayyorlagan talabamiz huquq yo'nalishi bo'yicha MEXT grantini qo'lga kiritdi.
Bu hikoyaning eng quvonarli tomoni esa boshqa.
Bir yil oldin yapon professorlari bilan Yuksalish maktabiga tashrif buyurganimizda, delegatsiyaga tarjimonlik qilib yurgan, Yukichi Fukuzawaning "Ilmga Chaqiriq" kitobi taqdimotini tashkil etishda faol qatnashgan, ilmga chanqoq ikki yosh — Ulug'bek va Zamiraxon bilan tanishgan edim.
O'shanda ichimda: "Nasib qilsa, shu ikki yoshni Yaponiyada o'qishga kirishiga yordam beraman," deb niyat qilgandim.
Bugun o'sha niyat ham amalga oshdi. Ulug'bek ham 100% lik grant sohibi bo'ldi.
Albatta, bu muvaffaqiyatning eng katta egasi — Ulug'bekning o'zi. Uning mehnati va Yapon Huquq Markazi ustozlarining hissasi beqiyos. Biz esa bu yo'lda jindak yordam bera olganimizdan xursandmiz.
Umid qilamanki, bular EduWise Academy tarixidagi ilk MEXT qaldirg'ochlari bo'ladi va kelgusida yana ko'plab yoshlarimiz MEXT, JDS, Chevening, Fulbright, Erasmus, DAAD va boshqa xalqaro grantlarni qo'lga kiritishadi.
Yoshlarimizga birgina tilagim bor:
Katta orzu qiling, jiddiy tayyorlaning va hech qachon taslim bo'lmang. Grantlar tasodifan emas, mehnat bilan qo'lga kiritiladi.

🎉18⚡5💯4❤3🔥2🆒2🤩1😍1🏆1😇1
EduWise
Meditsina sohasidagi Master va PhD qiluvchilarga.
Tokyoga kelib,
JICA granti taqdim qilayotgan Institute of Science Tokyo va uni Shifoxonasini koʻrsatishni istadim.
@sadulla_yuldashev

🔥13🤝3❤2🆒1
Kecha Yaponiyaning Musashi University vitse-prezidenti, professor Togo bilan uchrashish imkoni boʻldi.
Suhbat davomida meni eng ko’p quvontirgan fikr shuki:
“Biz hamkorliklar doirasida O’zbekiston va umuman Markaziy Osiyodan ko’proq talabalarni kutamiz.”
Hozirda ko’plab yapon universitetlari xalqaro talabalarni qabul qilyapti. Lekin, Markaziy Osiyo yoshlariga alohida qiziqish bildirayotgan universitetlar hali kam. Talabalar ham Tokyo yoki Osaka Universiteti kabi nomdor universitetlardan boshqasini bilmaydi.
Musashi Universitetining eng muhim afzalliklaridan biri -
Bu dastur orqali talaba Musashi Universitetida tahsil olayotgan paytda, London School of Economics and Political Science (LSE) akademik nazorati ostidagi University of London dasturini ham ingliz tilida o’qiydi.
Talablarni bajargan bitiruvchilar esa:
— ikkala diplomni ham qo’lga kiritishlari mumkin.
Aksar Professor ustozlar - chet elliklar.
Bu Yaponiyada juda kam uchraydigan va nihoyatda ajoyib imkoniyatdir.
Ikkinchidan, Universitet ushbu dasturda o’qiydigan iqtidorli talabalarni stipendiyalar bilan qo’llab-quvvatlaydi.
Talabalarda
Akademik natijalarga qarab:
Uchinchidan,
Bitirgandan keyin kuchli karyera
Musashi Universitetining ishga joylashish ko’rsatkichi qariyb 98%.
Ayniqsa Parallel Degree Programme (PDP) dasturini tamomlagan talabalar yirik kompaniyalarda faoliyat yuritishyapti:
• PwC Consulting
• KPMG
• Accenture
• NTT DATA
• Kyocera
• SUBARU
Dunyoning eng mashhur BIG4 konsalting kompaniyalariga bitiruvchilar kirayotgani universitet ta’limining sifati haqida ko’p narsani anglatadi.
====
Shuningdek,
Musashi universitetining ta’lim berish uslubi bu - Har bir talabaga alohida e’tibor
Universitet - kichik guruhlarda ta’lim berish va har bir talabaga individual yondashuvni o’zining eng katta ustunligi deb biladi.
Maqsad - shunchaki diplom berish emas, balki global miqyosda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.
=====
Kechagi uchrashuvdan taassurotim:
Musashi Universiteti, shunchaki xorijlik talabalarni qabul qilayotgan universitet emas,
Ular haqiqatan ham O’zbekiston va Markaziy Osiyo yoshlarini o’z universitetida ko’rishni istashadi.
Menimcha, kelajakda ushbu hamkorlik orqali ko’plab iqtidorli yoshlarimiz Yaponiyada sifatli ta’lim olib, dunyo darajasidagi imkoniyatlarga ega bo’lishadi.
EduWise jamoasi ana shunday imkoniyatlarni sizlarga yetkazishda davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤5💯4⚡2❤🔥1👍1😇1🤝1🆒1
🇨🇳 AQShdan Xitoyga: ilm-fan markazi o‘zgaryapti(mi) ?
2025-yil Nobel mukofoti sovrindori Omar Yaghi University of California, Berkeleyni tark etib, Tsinghua Universitydagi yangi “AI Chemistry and Materials Research Institute (AIMATRY)” institutiga rahbarlik uchun Pekinga ko‘chmoqda.
Bilishingizni istaganim - bu shunchaki ishni koʻchirish emas.
- 2024-yil boshidan beri kamida 85 nafar taniqli olim AQShdan Xitoyga doimiy ishga koʻchib o‘tgan.
- Princeton University, Harvard University va MIT tadqiqotiga ko‘ra, 2010–2021-yillarda AQShda faoliyat boshlagan 20 mingga yaqin xitoylik olim AQSHni tark etgan.
- Xitoy olimlarga:
• $1–2 milliongacha startap grantlari;
• jahon darajasidagi laboratoriyalar;
• superkompyuter va kvant infratuzilmasi;
• katta tadqiqot grantlari va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash (uy-joy bilan ta’minlash va boshqa imkoniyatlar) taklif qilmoqda.
Ayni paytda esa, Tramp ma’muriyati davrida AQShda ilm-fan uchun federal mablag‘lar qisqarib, xalqaro ilmiy hamkorlikka cheklovlar kuchaymoqda.
Yaghi ham ilmiy tadqiqotlarda AI’dan foydalanish endi tanlov emas, balki omon qolish sharti ekanini ta’kidladi.
📊 2024-yilda R&D ilmiy tadqiqotlar xarajatlari bo‘yicha (PPP hisobida) Xitoy ilk bor AQShni ortda qoldirdi:
🇨🇳 $1.03 trillion
🇺🇸 $1.01 trillion
Tarix bir narsani ko‘rsatadi: iste’dod qayerga borsa, ilm-fan yetakchiligi ham o‘sha tomonga ko‘chadi.
Sizningcha, bu vaqtinchalik holatmi yoki ilm-fan yana gʻarbdan sharqqa ogʻishi alomatlaridan birimi?

💯10⚡6❤5🆒2🤯1🏆1😇1
Yaxshi sotuvchi bo‘lish uchun ham tadqiqotni bilish lozim
Kuni kecha Murata Manufacturing kompaniyasi jamg‘armasi grantlarini topshirish marosimida ishtirok etish uchun Kiotoga bordim. Bu yil qariyb 1200 nafar nomzod orasidan 136 nafari Murata Science and Education Foundation grantiga sazovor bo‘ldi. Grantlarning umumiy qiymati qariyb 5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Asosan elektrotexnika va keramika yo‘nalishidagi tadqiqotchilar qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa-da, kamina kabi gumanitar soha vakillariga ham grant ajratildi. Allohning inoyati bilan hozir amalga oshirayotgan ilmiy loyiham uchun bir yillik grantni qo‘lga kiritdim. Endi bemalol tadqiqotga e'tibor qaratish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Lekin bugun aytmoqchi bo‘lganim grant haqida emas. Marosim yakunida jamg‘arma vasiylik kengashi a'zolaridan biri so‘zga chiqib juda qiziqarli fikrlarni aytdi. Bu gaplar menga qattiq ta'sir qilgani va ularga to‘liq qo‘shilganim uchun esda qolganicha sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.
=====
U shunday dedi:
"Ko‘pchilik universitetni tadqiqot maskani deb biladi. Yana ko‘pchilik ilmiy izlanish magistraturadan boshlanadi, deb o‘ylaydi. Men bunga qo‘shilmayman.
Men bir vaqtlar Mitsubishi Motors kompaniyasida besh yil avtomobil sotuvchisi bo‘lib ishlaganman. Mijoz ba'zan sizdan mamnun bo‘lib turgandek ko‘rinadi. Ammo u aslida nimadan norozi ekanini bilish uchun uni gapirtira olishingiz, to‘g‘ri savollar bera olishingiz va muammoning ildiziga yetishingiz kerak. Bu ham tadqiqot. Bu ham qiziquvchanlik.
Agar talaba bakalavr bosqichidayoq atrofidagi voqea-hodisalar va narsalarning asl mohiyatiga qiziqmasa, izlanmasa, keyinchalik hayotdagi muammolarni qanday aniqlaydi? Ular uchun qanday yechim taklif qila oladi?"
Keyin u bolaligidan bir voqeani ham eslab berdi. Uyidagi bambuk daraxtining ildizi qanchalik chuqur ketganini bilish uchun yer kovlab, ildizning oxirigacha yetishga harakat qilgan ekan. Ota-onasi esa uni koyish o‘rniga qiziquvchanligini maqtab, qo‘llab-quvvatlagan ekan.
Bu hikoyadan oladigan xulosa juda oddiy.
Agar biz maktab, hatto undan ham oldingi davrlardan boshlab biror narsaning asl mohiyatini bilishga qiziqmasak, savol bermasak, izlanmasak yoki yosh avlodni shunday ruhda tarbiyalamasak, katta kashfiyotlar ham bo‘lmaydi. Nafaqat ilm-fanda, balki kundalik hayotda ham odamlarning muammolarini chuqur anglay olmaymiz. Natijada na yaxshi xizmat ko‘rsata olamiz, na haqiqatan foydali mahsulot yarata olamiz.
Xulosa shuki, tadqiqot magistraturada emas, ancha oldin — qiziquvchanlik paydo bo‘lgan kundan boshlanadi.
@talaba_dostimga
Prof. Umirdinov chizgilaridan.

🔥8❤5👏4👍2💯1🆒1
AI oʻqituvchilarni oʻrnini egallaydimi?
Yaqinda Karachi School of Business and Leadership (KSBL) va University of Management & Technology (UMT) ustozlari Prof. Asghar Zaidi va Dr. Noman Javed Tribune da chop etilgan tahliliy maqola akademik doiralarda ko‘pchilik muhokama qilishdan qochadigan muammoni ko‘taradi:
Buni Prof. Asghar Zaidining oʻz soʻzlari bilan aytganda:
O‘qishni istaganlar uchun bu yerda maqola linki.
*4~5 minutlik.

Universitet darslari hanuzgacha ma’lumot yetkazishga qaratilgan. Ammo bugungi kunda ma’lumot endi kamyob emas. Sun’iy intellekt (AI) talabaga ma’ruzada beriladigan deyarli barcha ma’lumotni bir zumda topib bera oladi.
Natijada, darsga qatnashish darajasi yuqori bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, talabalar diqqati asta-sekin yo‘qolib bormoqda.
Maqola bu holatni “Gen Z dangasa”ligi bilan emas, balki ta’lim tizimi dizaynidagi muammo bilan izohlaydi. Asosiy ikki sabab:
Diqqat yetishmovchiligi – talabalar jismonan auditoriyada, ammo fikran boshqa joyda.
Ta’lim dizaynidagi kamchilik – darslar o‘qitishga (ma’lumot yetkazishga) qurilgan, haqiqiy o‘rganishga emas.
Mualliflarning fikricha, yechim ko‘proq texnologiya yoki kattaroq byudjet emas. Aksincha, darslarni quyidagi tamoyillar asosida qayta loyihalash zarur:
- real muammolar ustida ishlash;
- bilimni amaliyotda qo‘llash;
- tahlil va refleksiya;
- case study (amaliy holatlar tahlili);
- problem-based learning (muammoga asoslangan oʻrganish uslubi);
- flipped classroom.
Bu jarayonda AI o‘qituvchini almashtirish uchun emas, balki ta’lim sifatini yaxshilash uchun ishlatilishi kerak.
Pokiston aholisining 60% dan ortig‘i 30 yoshdan kichik ekanini hisobga olsak, mualliflar ta’kidlashicha, aynan mana shu yangi yondashuv yosh avlodning mamlakat rivojiga ulkan hissa qo‘shish-qo‘shmasligini belgilaydi.
Aks holda, ma’lumotga ega bo‘lsa-da, mustaqil fikrlay olmaydigan, savol bera olmaydigan va bilimini amalda qo‘llay olmaydigan avlod shakllanishi xavfi mavjud.
O‘qishni istaganlar uchun bu yerda maqola linki.
*4~5 minutlik.
💯8🤯5👍3⚡1❤1🔥1💔1
Forwarded from BNYDBK IBRGMV
⚖️ Yaponiya huquqiy davlatmi yoki huquqiy shaxslar jamiyatimi?
Men Yaponiyaga Nagoya universitetining Yuridik fakultetida qiyosiy huquqshunoslikni o‘rganish uchun kelganman.
Yaponiya na Romano-German (kontinental), na Anglo-Sakson (common law) huquqiy oilasining vatani. Shu bilan birga, Yaponiya xorijiy huquqiy institutlarni o‘zlashtirish, moslashtirish va amalda ishlaydigan tizimga aylantirishda dunyodagi eng qiziqarli tajribalardan biriga ega.
Meiji davridan boshlab Yaponiya Germaniya va Fransiya huquqidan ko‘plab institutlarni qabul qildi. Keyinchalik, ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, Amerika huquqining ham sezilarli ta’siri bo‘ldi.
Lekin meni qiziqtirgan jihat shuki, yaponlar xorijiy qonunni shunchaki tarjima qilib, o‘z qonunchiligiga ko‘chirib qo‘ymaydi.
Ular huquqni transplantatsiya qiladi, keyin uni yapon jamiyati va institutlariga moslashtiradi va eng muhimi — amalda ishlaydigan mexanizmga aylantiradi.
Aynan shu sababdan Yaponiyani qiyosiy huquqshunoslikni o‘rganish uchun juda qiziqarli laboratoriya deb bilaman.
Huquq iqtisodiy rivojlanishdan alohida yashamaydi. To‘g‘ri qurilgan huquqiy tizim iqtisodiy taraqqiyot uchun asos bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri qurilgan tizim esa aksincha, tadbirkorlik va rivojlanish uchun to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin.
Shu mavzularni chuqur o‘rganishni istagan huquqshunoslarga Yaponiyada tahsil olish va tadqiqot olib borishni tavsiya qilaman.
🇯🇵 Yaponiyaga huquqshunos sifatida qiziqishimning ikkinchi sababi — Rule of Law, ya’ni huquq ustuvorligi.
Lekin men Yaponiyani faqat “huquqiy davlat” deb emas, balki “huquqiy ong yuqori bo‘lgan insonlar jamiyati” deb ta’riflashni ma’qul ko‘raman.
Bu yerda meni eng ko‘p hayratga soladigan jihatlardan biri — ko‘plab qoidalarga rioya qilish uchun doimo nazoratchi kerak emas.
Nazoratsiz ham qoidaga amal qilish.
Jazo bo‘lmasa ham tartibni saqlash.
Hech kim ko‘rmayotganida ham belgilangan me’yorni buzmaslik.
Menimcha, Rule of Law’ning eng yuqori bosqichlaridan biri ham shunda.
Chunki mukammal davlat — har bir fuqaroning ortidan nazoratchi qo‘yilgan davlat emas. Qonun va qoidaga rioya qilish insonning ichki madaniyatiga aylangan jamiyatdir.**
Shuning uchun meni qiziqtiradigan katta savol:
Bunday jamiyat qanday shakllanadi?
Faqat yaxshi qonun yozish bilanmi?
Ta’lim bilanmi?
Oiladagi tarbiya bilanmi?
Jamiyat bosimi va madaniyat bilanmi?
Yoki davlat institutlariga bo‘lgan ishonch bilanmi?
Aynan shu savollarga javob izlashning o‘zi Yaponiyada huquqshunos sifatida tadqiqot olib borish uchun yetarlicha katta sabab.
Qonun yozish mumkin. Ammo qonunga amal qiladigan jamiyatni shakllantirish — ancha murakkab vazifa.
🇺🇿⚖️🇯🇵

⚡6💯2🆒2✍1❤1🔥1👏1🤓1🤝1