Pul ko’p narsani hal qiladi, lekin hamma narsani emas, degan gap yana o’z isbotini topdi.
Saudiyaliklar Ronaldu-yu Benzemalarni olib keldi; OChL formatini o’zgartirib, muhim bosqich va final o’yinlarini o’z uyida o’tkazadigan qilib oldi, lekin shunda ham ko’pchilik kutgan (va saudiyaliklar xohlagan) final kamida yana bir mavsum bo’lmaydi.
📸 gettyimages/yasserbakhsh
@sabitov_co

Shomurodov “Roma”da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo’lish uchun nomzod ekan. Ushbu oyda “2+1” natija qayd etgan hamyurtimiz hozircha 19% ovoz bilan 3-o’rinda.
Ovoz beramiz!
@sabitov_co
Ovoz beramiz!
@sabitov_co
Sabitov ©️
🙃 @sabitov_co
Hozircha 3 ta narsada birlasha olyapmiz: oshga borishda, open-byudjetda va futbolchilarimizga ovoz berishda. Qolgan masalalarda ham birdam bo’lish nasib qilsin! =)
@sabitov_co
@sabitov_co
10 daqiqada 10 kishilik OKMKdan 3 ta gol. Efir orqali eshitib yoki tushunib qoladiganimiz — Qosimov jamoasini qanday ruhlantirishni biladi)
@sabitov_co
@sabitov_co
Har qanday xatoning to’lovi, tovoni bo’lishi kerak. Bo’lmasa, u xatodan yetarli xulosalar chiqarilmaydi.
Klublar va ularning muxlislari xato qilishadi — yuqori tashkilotlar ularni jazolaydi, shu orqali xatoning qiymati yaraladi va bu tovonning yuki sabab xato qilganlar ularni takrorlamaslik yo’llarni qilishadi, kamida shunga intilishadi.
Ammo, deyarli har o’yinda (eng yangisi), har turda (mustaqil ekspertga ko’ra, 8-turning 8 ta o’yinida 8 ta xato qilinibdi - bu daxshat), har mavsumda qayta-qayta bo’lib kelayotgan xatolar uchun hech kim tovon to’lamayapti. No’noq tashkilotchilik, saviyasiz hakamlik, sifatsiz translyatsiyalar sababli bir emas, bir necha klublarning bir mavsumlik rejalari barbod bo’lyapti. Shundoq ham rejalashtirish ishlari maqtanarli bo’lmagan, bugungi kun ochkolari bilan yashaydigan jamoalarimizning qimmatli ochkolari “o’g’irlanyapti”. Adolatli tizim bo’lganida klublar allaqachon ham moddiy, ham ma’naviy zararlarni qoplash uchun UzPFL dan tortib, UzFHM-yu UzMTRK kasigacha sudga berardi va shu bilan cheksiz xato qilishga vakolatlimiz deb o’ylayotganlar xatolarining qiymati va klublarning ham sabr chegarasi borligini tushuntirib qo’ygan bo’lardi. Xatosi uchun moddiy jarima to’lagan tashkilotlar sifatli kadrlar va texnik-baza uchun tejalayotgan pullar baribir u yoki bu ko’rinishida cho’ntakdan chiqib ketayotganini anglashsa, shundagina bu masalalarda yechim izlash harakati boshlanadi.
Tushunaman — davlatniki bo’lgan klub, davlatniki bo’lgan tashkilotlar bilan sudlashishida mantiq yo’q. Biroq, aldanayotgan, umidi, ishonchi va qadamlari stadionga qaytayotgan muxlislarga achinaman. Hokimliklar (soliq to’lovchilar jamg’argan) pullarining birgina noto’g’ri hushtak tovushi sabab qiymatsiz qolishiga achinaman. Toza va o’z ishini yaxshi qilayotgan kishilarning (tashkilotlarning) mehnati bir pul bo’layotganiga achinaman.
IMHO.

OKMK ning bu mavsumdagi asosiy yutug’i hujumda bir-birini to’ldiruvchi kreativ ijodkorlarning ko’pligida:
G’iyosov ⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️🅰️
Abdurahmonov ⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️
Abdurazzoqov ⚽️⚽️⚽️🅰️🅰️
Sobirjonov ⚽️⚽️🅰️🅰️🅰️
@sabitov_co
G’iyosov ⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️🅰️
Abdurahmonov ⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️
Abdurazzoqov ⚽️⚽️⚽️🅰️🅰️
Sobirjonov ⚽️⚽️🅰️🅰️🅰️
@sabitov_co
“Nasaf” oxirida g’alabani qo’ldan chiqardi. Natijada 1-o’rindagi olmaliqliklar uch ochkoga uzoqlashib olishdi. Demak, 9-turdan keyin beshlik yuqoridagi ko’rinishda bo’ladi. Qolgan o’yinlardagi natijalar jadvalning bu qismiga ta’sir qilmaydi.
“Dinamo” va “Neftchi” zaxirasida qoldirilgan turning 1 tadan o’yini bor.