Sabitov ©️
2.03K subscribers
2.39K photos
222 videos
11 files
1.11K links
Ba'zida jiddiy, ba'zida yumor, ba'zida esa sarkazm bilan...

Murojaat uchun — @husansabitov
Download Telegram
Sabitov ©️
Revansh vaqti keldi. 🔥 @sabitov_co
Toshkent finalidagi alamli mag’lubiyat uchun revansh olindi. O’sha vaqtdagi mag’lubiyat Kapadze jamoasini yanada kuchliroq qilgandi, U23 jamoamiz keyingi 2 o’yinda aynan o’sha Saudiyani yengishni uddalagan edi.

Demak, bugungi g’alaba bizni ikki hissa kuchliroq qilishini kutaman. Ya’ni, biz odatlanib qolganimizdek “mag’lubiyatlar kuchli qiladi” emas, g’alabalar bizni ertaga bugungidan ham kuchli qilishi kerakligiga ishonishimiz va shu yo’lda harakatlanishimiz kerak. Nasib qilsa, bu jamoa, bu avlod Osiyoda hech kimga birinchilikni bermaydi!

📸 championat.asia

@sabitov_co
Sabitov ©️
Avval ham yozganimdek, O’FA bilan hamkorlikdagi ilk ishimiz to’liq yakunlandi (bu yerda to’liq konsepsiya bor: https://www.behance.net/gallery/222939591/Uzbekistan-U17). Natija - ajoyib! Sal oldinroq boshlangan yana bir ishimizda ham hammasi hozircha yaxshi ketyapti.

Shu kungacha:

🤝 Nasaf - Superkubok
🤝 Nasaf - chempionlik
🤝 O’zbekiston U17 - chempionlik
O’zbekiston MTJ - mundial

O’sha gap: jamoangiz bilan ko’zlangan natijaga erishishda yordam beramiz =)

@sabitov_co
2015-yildan beri O’zbekiston 13 ta OFK yoshlar (U17, U20, U23) turnirlarining 7 tasida (54%) yarim finalga chiqdi. Shularning 3 tasida chempionlik (23%).

Faqatgina Yaponiya 5 ta chempionlik bilan bizdan oldinda bormoqda.

Xulosa: bolalar/yoshlar futbolimiz allaqachon Osiyoda gegemonga aylanib ulgurdi. Endi navbat — futbolchilarimizning yaponlardek Yevropaga tarqalib ketishi. Bu yerlarda (hatto, Rossiyada) qolib, yangi darajaga chiqish deyarli imkonsiz.

@sabitov_co
Hamksablarimiz Otabek aka va Orifni munosib e'tirof bilan tabriklayman!
Forwarded from SPORTS.uz
🤩 Ўзбекистон ўсмирлар, ёшлар ва олимпия терма жамоаларимизнинг барчаси сўнгги йилларда Осиё чемпионига айланди, ЖЧ да муносиб иштирок этди ва тарихда илк бор Олимпиадага йўл олди. Энди навбат катталаримизга! 🔥

Ko’proq 👉 https://t.me/sports_uz

❤️❤️❤️⚽️⚽️ @cheryuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zambiya, Grenadalardan zerikkan Rossiya terma jamoasi CAFA turnirida o’ynashi mumkin emish. Endimi? =)

26-avgust — 9-sentyabr kunlari o’tkazilishi kutilayotgan musobaqada Eron, Qirg’iz Respublikasi, Afg’oniston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston qatoriga rossiyaliklar ham qo’shilishi bo’yicha muzokaralar borayotgan ekan.

Nasib iyunda JCh masalasini hal qilsak, biz endi mundialga tayyorgarlikni boshlaymiz va CAFA’dagilarga, shimoldagilarga hurmat saqlagan holda, mavjud FIFA kunlarimizdan maksimal foydalanib, kuchliroq sparing raqiblarga qarshi o’ynashimiz foydaliroq bo’ladi. Xullas, Rossiya kech qoldi =)

P/S: Ikki yil avval aynan rossiyaliklar Toshkent-Bishkek mezbonligida o’tgan birinchi CAFA
turnirida qatnashishdan bosh tortgan edi.

@sabitov_co
Rossiyaning 2024-2025 yillarda o’tkazgan va bo’lajak o’yinlari.

@sabitov_co
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu mavsumda shaxsan men uchun Superligada sifatli mediaga ega bo’lib turgan uch jamoa bor — “Andijon”, “Bunyodkor” va OKMK.

Asosan haylaytslar orqali kuzatishlarimga ko’ra yorqin o’ynayotgan jamoalar hozircha ikkita — “Bunyodkor” va OKMK. Jamoalar bejiz jadvalda uchlikda emas.

Hozir shu jamoalar maydonda: https://youtu.be/tFyGllmZz0k

@sabitov_co