Salaflar yo’li
126 subscribers
1 photo
1 video
4 files
300 links
Molning zakoti bo’lgani kabi ilmning ham zakoti bor. Ilmning zakoti bu bilganlarini yetkazishdir. Ilmning zakotida molning zakotida bo’lgani kabi nisobga yetish shart qilinmaydi. Har bir kishi ilmi miqdoricha uni yetkazishi lozim bo’ladi.
Download Telegram
To’g’ri bahslashishni bilmaganlar doim janjallashadilar.

https://t.me/sabilus_salaf
👍2
Abu Dardo rodiyallohu anhu aytadi: “Inson bir jamoa odamlarga nasihat qilib, Alloh bu bilan ularga foyda bergan holda ajraladigan nasihatdan ko’ra afzalroq sadaqa qila olmaydi”.

“Sifatus sofva” (1/103)

Ibn Taymiya rohimahulloh aytadi:

“Bu payg’ambarlar, ularning merosxo’rlari bo’lgan ulamolarning sadaqasi. Shuning uchun ham Alloh, Uning farishtalari, dengizdagi baliqlar va osmondagi qushlar odamlarga yaxshilikni o’rgatuvchi haqqiga duo qiladilar. Xuddi ilmni berkituvchiga Alloh va la’nat aytuvchilar la’nat aytgani kabi”.

“Majmual fatava” (14/212)

https://t.me/sabilus_salaf
وَمَن يُهَاجِرْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يَجِدْ فِى ٱلْأَرْضِ مُرَٰغَمًا كَثِيرًا وَسَعَةً وَمَن يَخْرُجْ مِنۢ بَيْتِهِۦ مُهَاجِرًا إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ثُمَّ يُدْرِكْهُ ٱلْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا

“Kim Allohning yo’lida hijrat qilsa, yerda ko’plab boshpanalar va kenglik topadi. Kim uyidan Alloh va Rasuliga hijrat qilib chiqsa-yu, so’ngra unga o’lim yetib qolsa, uning ajri Allohning zimmasiga tushadi. Va Alloh mag’firat qiluvchi, mehribon Zotdir” (Niso surasi 100-oyat).

Oyatdagi “kengchilik” so’zining tafsirida ibn Abbos va Dohhak “rizqdagi (kengchilik)”, deyishgan. Qatoda rohimahulloh aytadi: “Zalolatdan haqqa va faqirlikdan boylikka bo’lgan kengchilik”.

“Tafsir Qurtubiy” (6/66)

https://t.me/sabilus_salaf
1
Ibn Taymiya rohimahulloh aytadi:

“Agar barcha donolarning aqllari jamlansa ham Alloh taoloning hikmatini tagiga yeta olmaydilar”.

“Jame’ul masail” (7/392)

https://t.me/sabilus_salaf
Ko’p yillar avval kimdir daraxt ekmaganida, bugun boshqalar uning soyasida o’tira olmas edi.

https://t.me/sabilus_salaf
2
Sen agar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida bo’lganingda:
U zotga ergashish va u zotga moling, joning hamda tiling bilan yordam berishda avvalgilardan bo’larmiding?
U zotning dushmanlariga qarshi jihod qilib, u zotni va u zotning dinlarini himoya qilish uchun joningni qurbon qilarmiding?
U zotni yaxshi ko’rish va u zotga madad berishda Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali rodiyallohu anhum kabi bo’larmiding?
Ey mo’minalar u zotni sevish, u zot bilan birga turish va u zotning sunnatlarini mahkam ushlashda Hadicha va Oisha rodiyallohu anhuma kabi bo’larmidinglar?
Yoki o’z nafsing bilan mashg’ul, u zotga yordam berish, u zotni himoya qilish va u zotning sunnatlariga amal qilib, uni tarqatishda dangasa bo’larmiding?
Amallar javob beradi, so’zlar emas…

Shayx Ahmad ibn Nosir Toyyar “Nasrul xovatiri” (181-bet)

https://t.me/sabilus_salaf
💘1
Sulayman Tamimiy rohimahulloh aytadi:

“Agar har bir olimning ruxsatini va xatosini oladigan bo’lsang, senda yomonlikni barchasi jamlanibdi”.

“Hilyatul avliya” (2/32)

https://t.me/sabilus_salaf
Ibn Taymiya rohimahulloh aytadi:

“Fitna va shubhalar sodir bo’lgan vaqtda ilm va iymonda mustahkam turish eng katta ne’matlardandir. Chunki odamlardan ofiyatda iymon keltirib, so’ngra musibatlansa, dinidan qaytadiganlari bor”.

“Jame’ul masail” (10/399)

https://t.me/sabilus_salaf
Imom Ahmad rohimahulloh aytadi:

“Agar tobe’in “Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bo’lgan bir kishi aytdi”, desa, bu hadis sahihdir”.

G’ulamul Xollal “Zadul musafir”

https://t.me/sabilus_salaf
Zamon ajoyib:
Agar rostgo’ylik bilan muomala qilsak, uzoqlashishadi, agar niqob taqib olsak, yaqinlashishadi…!

https://t.me/sabilus_salaf
👍1😭1
وَمَن يُهَاجِرْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يَجِدْ فِى ٱلْأَرْضِ مُرَٰغَمًا كَثِيرًا وَسَعَةً وَمَن يَخْرُجْ مِنۢ بَيْتِهِۦ مُهَاجِرًا إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ثُمَّ يُدْرِكْهُ ٱلْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا

“Kim Allohning yo’lida hijrat qilsa, yerda ko’plab boshpanalar va kenglik topadi. Kim uyidan Alloh va Rasuliga hijrat qilib chiqsa-yu, so’ngra unga o’lim yetib qolsa, uning ajri Allohning zimmasiga tushadi. Va Alloh mag’firat qiluvchi, mehribon Zotdir” (Niso surasi 100-oyat).

Alloh taoloning “Kim uyidan Alloh va Rasuliga hijrat qilib chiqsa” so’zining tafsirida Ikrima rohimahulloh aytadi:

“Bu kishining ismini topgunimcha o’n to’rt yil izladim”.

Ikrima rohimahullohning so’zida bu ilmning qadimdan bo’lgan sharafi, unga e’tibor berish yaxshiligi va ilm o’rganish fazilat ekanligiga dalil bor.

“Tafsir Qurtubiy” (6/67)

https://t.me/sabilus_salaf
Namozxon agar oyoq kiyimi olib ketilgani va uning o’rniga boshqa oyoq borligini topsa, o’sha oyoq kiyimni oladimi?

Aytiladiki: U oyoq kiyimni olmaydi. Buning hukmi topilmaning hukmi bo’ladi. Oyoq kiyimni olgan kishiga uni e’lon qilib tanishtirish vojib bo’ladi.
Va yana aytiladiki: Balki olib ketilgan poyabzal tashlab ketilgan poyabzaldan yaxshi bo’lishi va oluvchining poyabzaliga o’xshash bo’lmasligi bilan o’g’rilikka dalolat qiluvchi dalil mavjudigida unga oyoq kiyimni olishi mumkin bo’ladi. Chunki e’lon qilib tanishtirish egasidan yo’qolgan narsaga egasi uni bilishi va olishi uchun joriy qilingan. Tark etgan kishi esa buni biladi va uning o’rniga rozi bo’lgan bo’lib, bu uniki ekanligini e’tirof etmaydi. Buni e’lon qilib tanitishda foyda hosil bo’lmaydi.
Mardaviy rohimahulloh “Insof”da: “To’g’risi shudir”, deb aytgan.
Harisiy: “Shu yaxshiroq”, degan.
Shayx Ahmad Xolil aytadi: “Shubhasiz, bu to’g’riroq, kuchli va to’g’ri so’z, inshaalloh”.

https://t.me/sabilus_salaf
1
Muvaffaqiyat uchun reja tuzmayotgan bo’lsangiz, unda, shubhasiz, muvaffaqiyatsizlikni rejalashtirayotgan bo’lasiz.

https://t.me/sabilus_salaf
🤔2
Muhammad ibn Sirin rohimahulloh bir kishi boshqa bir kishiga “Men senga bunday qilib berdim, men senga unday qilib berdim”, deb aytayotganini eshitdi. Ibn Sirin unga: “Jim bo’l! Yaxshilik agar sanaladigan bo’lsa, unda yaxshilik yo’q”, dedi.

“Tafsir Qurtubiy” (4/330)

https://t.me/sabilus_salaf
Ibn Jarir Tobariy rohimahulloh aytadi: “Qur’onni o’qib, uning tafsirini bilmagan kishidan qanday qilib qiroatidan lazzatlanadi deb ajablanaman”.

Shayx Ahmad ibn Nosir Toyyar “Narsul xovatiri” (162-bet)

https://t.me/sabilus_salaf
🔥1
Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadi:

“Kimki ilmni amal uchun o’rgansa, ilmi ko’payadi. Kimki ilmni amaldan o’zga narsa uchun o’rgansa, mag’rurligi ziyoda bo’ladi”.

Shayx Abdulaziz ibn Dahil Mutoyriy “Bayanu fadli tolabil ilm” (41-bet)

https://t.me/sabilus_salaf
Maymuniy rohimahulloh aytadi:

“Ahmad ibn Hanbal imtihon qilinganidan keyin Ali ibn Madiniy menga: “Ey Maymuniy! Hech kim islomda Ahmad ibn Hanbal qoim turib berganidek, turib bermadi. Men bundan juda qattiq ajablandim. Abu Ubayd Qosim ibn Sallamning oldiga borib, Ali ibn Madiniyning so’zlarini unga aytdim. U: “Rost aytibdi. Abu Bakr rodiyallohu anhu ridda kunida ansorlar va yordamchilar topdi. Ahmad ibn Hanbalga esa yordamchi va qo’llovchi bo’lmadi”. So’ngra Abu Ubayd Ahmad ibn Hanbalni maqtadi va: “Men islomda unga o’xshashini bilmayman”, dedi.

“Tobaqotul hanabila” (1/36)

https://t.me/sabilus_salaf
3
Ibn Javziy rohimahulloh aytadi:

“Tun zulmatida Alloh taoloning huzurida o’tisang, bolalarning axloqidan foydalan. Bola agar otasidan biron so’rayu, otasi unga bermasa, u otasiga yig’laydi”.

“Mudhish” (1/219)

https://t.me/sabilus_salaf
👍3🕊1
Birimiz uyiga yoki masjidga kirganda Alloh taoloni zikr qilish mustahab bo’ladigan vaqtlardandir. Alloh taolo aytadi: “Bog’ingga kirganingda “Allohdan o’zgada kuch ham quvvat ham yo’q”, deb aytganingda edi” (Kahf surasi (39-oyat).
Imom Molik rohimahulloh aytadi: “Har bir uyiga kirgan kishiga shuni aytishi lozim bo’ladi”.

Ibnul A’robiy “Ahkamul Qur’on” (3/233)

https://t.me/sabilus_salaf
👍32🕊1