РЙЭКМ
15 subscribers
18 photos
5 videos
6 links
Республика йиғма электрон каталог маркази
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!
Barchaga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin🌷🌷🌷
▶️ 25-27- may kunlari “Central Asia - 2022: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XV Xalqaro konferensiyasi Andijon shahrida bo'lib o'tmoqda. Uch kun davomida bugungi kunda kutubxona kelajagi, yutuq va muammolari, kutubxona kasbining mas'ulyati, jamiyatdagi, axborot asrida kutubxonachiga qo'yilayotgan talablar va ko'plab sohaga oid yo'nalishlar muhokama qilinmoqda. Konferensiyada O'zbekiston kutubxonalari mutaxassislari va Turkiya, Qozog'iston, Tojikiston, Rossiya, Qirg'iziston, Belorussiyadan soha ekspertlari tashrif buyurishgan.
#natlibuz #library #unicatnatlibuz #centralasia2022
Media Natlib приглашает вас на запланированную конференцию: Zoom.

Тема: Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun
Время: 27 мая 2022 08:00 AM Исламабад, Карачи, Ташкент

Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/84873086391?pwd=YVdQN2VNVEI5em83amI1WkJIeDI3dz09

Идентификатор конференции: 848 7308 6391
Код доступа: 228041
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
  O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.
  Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
  Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini       ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
 
🇺🇿 Assalomu alaykum, Hurmatli yurtdoshlar! O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
🇺🇿 Yig‘ma elektron katalog dasturining afzalliklari:
1.  Kerakli adabiyotlarni izlayotgan foydalanuvchi masofadan turib tarmoq orqali dasturga kirishi va adabiyotlar qaysi axborot-kutubxona muassasalarida joylashganligini ko‘rishlari mumkin. Bu foydalanuvchining vaqtini tejaydi.
2.  An’anaviy kataloglarga qaraganda elektron katalogdan bibliografik tavsifning barcha elementlari bo‘yicha qidirish bir necha marotaba tez amalga oshiriladi.
3.  Elektron kataloglar Internet orqali taqdim qilinganda undan foydalanuvchilar soni keskin ortadi va kutubxona fondini butun jahonga ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi.
4.  Foydalanuvchi elektron katalogdan o‘ziga qulay paytda foydalanishi mumkin.
5.  Elektron katalog avtomatlashtirilgan axborot- kutubxona tizimlarining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi va fonddagi adabiyotlar to‘g‘risida ma’lumot berish, kitoblarga buyurtmalar berish, qaytarib olish va axborot-kutubxona muassasalarning statistikasini yuritishda asosiy rollardan birini o‘ynaydi.
RESPUBLIKA YIG‘MA ELEKTRON KATALOG MARKAZI
2023-yil catalog.unicat.uz tizimida asosiy yozuvlar bazasidagi jami bibliografik yozuvlar ko‘rsatkichlari
Bunda 2023-yilda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar), Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari tomonidan YEK tizimida yaratilgan va boshqa avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlaridan import qilingan bibliografik yozuvlarning umumiy soni hududlar kesimi bo‘yicha berilgan.
catalog.unicat.uz tizimining asosiy yozuvlar bazasida 2023-yilda tizimda ishtirok etuvchi axborot-kutubxona muassasalar tomonidan yaratilgan bibliografik yozuvlar soni 12 845 ta, qoʻshilgan nusxalar soni 1 505 021 ta, tahrirlangan bibliografik yozuvlar hamda nusxalar soni jami 707 855 tani tashkil etmoqda. Vaqtinchalik yozuvlar bazasiga boshqa avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlaridan 128 708 ta bibliografik yozuv kelib tushgan. Vaqtinchalik yozuvlar bazasida 12 845 ta bibliografik yozuv yaratilgan. Vaqtinchalik yozuvlar bazasida yaratilgan va boshqa avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlaridan kelib tushgan bibliografik yozuvlarning 274 957 tasi tahrirlangan. 2023-yilda asosiy yozuvlar bazasida bibliografik yozuvlar soni jami 1 103 296 tani tashkil etmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahor yangilanish,go'zallik faslimiz kirib keldi.
🌷🌸🌷🌸🌷🌸🌷🌸🌷🌸🌷
O'lkamizda 2024-yil 8-14-aprel kunlari barcha mahallalarda korxona, tashkilotlarda o'zbegimizning milliyligini namoyon etuvchi "Xon atlas" haftaligida faol ishtirok etaylik🌸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin

Kunduzlari soyim, kechalari qoyim bo'lib Alloh uchun tutgan ro'zalaringiz qabul bo'lsin. Xonadonlaringizdan qut-baraka arimasin.