RUSTAMBEK EDU.
279 subscribers
104 photos
13 videos
42 files
65 links
Download Telegram
Qaysi qatorda hushidan ketmoq iborasining ma'nodoshi berilgan?
Anonymous Quiz
11%
es-hushini yig'moq
14%
burni ko'tarilmoq
75%
ko'ngli ozmoq
O'zaro ma'nodosh qo'shimchalarni aniqlang?
Anonymous Quiz
17%
savlatli-savlatsiz
56%
o'rinsiz-noo'rin
22%
gulchi-tilchi
6%
o'lyapti-qoladi
Qaysi qatorda SIFAT ma'nodoshi berilgan?
Anonymous Quiz
30%
katta,ko'p,ulkan
38%
go'zal,barno,chiroy
32%
alomat,antiqa,ajoyib
MA'RUZA 5
PARONIMLAR . (TALAFFUZDOSH)
 
Tovush tizimi bir xil bo’lgan imloda bir tovush bilan farq qiluvchi, turli ma’noga ega bo’lgan, faqat talaffo’zda bir-biriga yaqin talaffo’z qilingan so’zlar paronim hisoblanadi.
Masalan:
darz – yoriq, dars – o’quv jarayoni; burj – yulduzlar burji, burch – vazifa; ahl – aholi, ahil – inoq

DUBLET VA PARONIM FARQI
– bir so’zning ikki xil nomlanib imloda bir tovush bilan farqlanishi.
Masalan: gado – gadoy; podsho – podshoh; machit – maschit; kabutar – kaptar. Bunday so’zlar paronimdan bir narsaning nomini ifodalaganligi bilan farqlanadi.

Eslatma: ba’zan paronimlarni bir so’zning talaffo’zida buzib talaffo’z qilinishidan ham farqlash kerak. Bu aksariyat quyidagi holatda yuz beradi.
n undoshi so’z tarkibida b yoki m undoshidan oldin kelsa n tovushi talaffo’zda m ga aylanadi.
Masalan:
tanbal imloda – tambal talaffo’zda; sunbul imloda – sumbul,talaffuzda tinmay imloda – timmay talaffo’zda.
Yuqoridagi n undoshining m ga aylanishi paronim hisoblanmaydi. Sababi paronimda talaffo’zdosh so’zlar turli xil ma’noni ifodalashi kerak. Bu so’zlarda bir so’zning talaffo’zida buzilish yuz beryapti, xolos. . Unday so'z imloda mavjud emas.
Masalanminbar - mimbar paronim emas, bir xil ma’nodagi so’z talaffo’zda buzilyapti.

 tub-tag,ost – tup-son (bir tup ko’chat); bob-bo’lim – bop-munosib. Bu so’zlar paronim. Ham talaffo’zi yaqin, ham har biri turli ma’noga ega.
Faqat  tanbur – tambur so’zi paronim.
Chunki tanbur – cholg’u asbobi, tambur – poezdning qismi.

Masalan: yonilg’i – suyuqlik olovi, yoqilg’i – qattiq jism olovi.
Bunday so’zlarni mazmuniga e’tibor bermay matnda qo’llasak so’z qo’llash bilan bog’liq xato hosil bo’ladi.
Masalan:
o’tkazmoq
– olib o’tish, o’tkazib quyish,  o’tqazmoq – ekish.
Biz katta bayram o’tqazdik. (o’tkazdik bo’lishi kerak)

yorug’ – yog’du, yoriq – daraxtning yorig’i.
Kitobni yoriqqa chiqib o’qidim. (yorug’ga bo’lishi kerak)

Paronimlar so’z qo’llash bilan bog’liq xatoni keltiradi.

Mashshoq dutor, tambur ko’tarib davraga kirib keldi. (tanbur bo’lishi kerak)
Paxta terimi tez suratlarda davom etmoqda.  ( sur’atlarda bo’lishi kerak)
Uning gapi barcha o’tirganlarga nasha qilar edi.  ( nash’a bo’lishi kerak)
https://t.me/rustambekedu
🔥1
KEYINROQ TEST BERILADI👆👆👆
🔥3🕊2🫡2
1.Qaysi gapda paronim qo’llash bilan bog’liq xatolik kuzatilgan?
A) Amr barcha beklarni yig’ib o’z vazifalarini qaytadan tushuntirdi.
B) Yaxshiga yondash, yomondan qoch
C) Ta’qib to’xtatilib barcha askarlarga qaytish buyurildi
D) Barcha qilgan ishlaring bizga ayon, aybingni tan ol
Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambekedu
2.“Qa’ri” so’zining paronimining antonimi qaysi gapda qo’llangan.
A) Ko'zlaringni art, bu hammada ham bo’ladi, taqdir – haqdir
B) Yetmish besh yil yashadi, ammo bu dunyoni 32 da tashladi
C) Keksalari bor uyning fayzi bo’lakcha bo’ladi
D) O’zbekiston aholisining oltmish foizini yoshlar tashkil qiladi

Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambekedu
3.So’z qo’llash bilan bog’liq xatolik qaysi gapda mavjud emas?
A) Minbarga chiqib nima deyishini bilmay qolganmisiz
B) Ko’rib chiqilayotgan ishga davo kiritilishi hammamiz uchun ham muhim
C) Bahor kelsa, boshlanar, sava, qumri nag’masi, suralay tovlanishi
D) Qaladan qalampir yuklar qalachi

Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambekedu
4.Paronim jufti bo’lmagan so’zlarni aniqlang.
A) urush, adib, azim
B) shoh, dars, adl
C) avlod, dahriy, lanj
D) burch, hol, nufuz

Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambekedu
5.. Antonimlar qo'llangan gapni toping.

A) Nurmat toga ozoda, mirishkor odam bolganidan shiyponni guldek tutadi.
B) Bir nonoqni bir epchil eplaydi.
C) Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan koz yumdi.
D) Moyli boyoqdan tortib toza spirtgacha uning qo`lida.
Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambeked
6.Sinonimlar qatorini toping.
A) yoz, o’t, kech
B) kumush, mayin, o’tkir
C) belgi, nishon, alomat
D) tur, uch, xayr

Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambekedu
7.Paronimlar bilan bog'liq xato yuz bergan qatorni aniqlang.
A) Bog'imizdagi sada, bobomning aytishicha, yuz yildan ortiq yashayotgan ekan.
B) Men unga razm solib, texnikaga qiziqishini bilib oldim.
C) Bilimsizlikning tup sababi, kitob o'qimaslikdir.
D) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz.

Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambekedu
8.Qaddini \ tutmoq. Ushbu birikmadagi nuqtalar o'rniga qaysi sozni qo`yish mumkin?

A) odil B) adl
C) adil D) adl yoki odil
Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambekedu
9.O'zaro paronim bolgan sozlar qatorini aniqlang.

A) koylak - ko`ynak
B) vafo - jafo
C) shabada – shabboda
D) otalik – otaliq

Javobini izohlarda qoldiring.
https://t.me/rustambeked
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlarga maksimal ball berish tartibi qayta ko'rib chiqilishi mumkin

◼️ Ayni paytda maksimal ball berishning amaldagi tartibi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda. Tahlillar jarayonida bu mexanizmning qanchalik asosli ekani va qabul natijalariga ta’siri ko‘rib chiqiladi.

Oliy ta'lim vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabovning fikricha, bir necha yildan keyin milliy sertifikat bilan hujjat topshiradigan abituriyentlar soni odatiy test sinovlarida qatnashadiganlar sonidan oshishi mumkin.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM