Временно
165 subscribers
1.42K photos
448 videos
3 files
689 links
Rost24.uz saytining tezkor xabarlar kanali

Xabarlar tezkor va qisqa satrlarda berib boriladi.

Asosiy kanal — @rost24_tezkor
Download Telegram
Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyev hamrohligida tungi Samarqand boʻylab sayr qildi.

@rost24_tezkor
Oʻzbekiston Falastin xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish uchun 1,5 million AQSH dollari ajratadi

Prezident qaroriga koʻra, falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam koʻrsatish tadbirlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentlikka gumanitar yordam koʻrsatish uchun 1,5 million AQSH dollari ajratiladi.

@rost24_tezkor
Samarqand shahridagi Kongress markazida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

@rost24_tezkor
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Fransiya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda ishonchni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishini hamda Yevroittifoq bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tez fursatda imzolanishini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

@rost24_tezkor
2024-yilda ish haqi, pensiya va stipendiyalarni oshirish rejalashtirilmoqda

Davlat byudjeti loyihasiga koʻra, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar kelgusi yilda davlat byudjeti xarajatlarining 50,4 foiziga yetkaziladi (2023-yilda bu 46,3 foizni tashkil qilgan). Yaʼni 2024-yilda byudjet xodimlarining ish haqi, stipendiya va nafaqalarni 20,6 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

Hujjatga koʻra, shu yil oxirigacha shakllangan inflyatsiya miqdori yil davomida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va pensiya miqdorlarining 
oshirilgan foizlaridan yuqori boʻlgan taqdirda, yanvar oyidan ish haqi va pensiyalarni ushbu foizlarga oshirish orqali kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.

@rost24_tezkor
Putin Yadro sinovlarini toʻliq taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiyasini bekor qiluvchi qonunni imzoladi.

@rost24_tezkor
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirziyoyev va Makron — Registon.
Video: OʻzA

@rost24_tezkor
Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga yetib bordi

Prezidentni Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov kutib oldi.

@rost24_tezkor
Rossiya G‘azoga gumanitar yordam uchun ikkita samolyot jo‘natdi

@rost34_tezkor
Channel name was changed to «Вақтинча»
Live stream finished (339 days)
Channel name was changed to «Временно»