RESPUBLIKA KASBIY KO'NIKMALAR MARKAZI
2.63K subscribers
14.9K photos
1.54K videos
31 files
5.36K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

▶️ Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati tomonidan Andijon viloyatida tashkil etilgan press-tur boshlandi.

Unda OAV vakillari kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar, shuningdek, kichik sanoat zonalari faoliyati, aholi uchun yangi ish oʻrinlari va yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishmoqda.

📍Ilk manzil - vodiyda yagona bo‘lgan Andijon mebel markazi.

16 gektar maydonni egallagan ushbu markazni barpo etishga 50 milliard soʻm yoʻnaltirilgan bo‘lib, loyiha natijasida 1000 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratilgan.

Bu yerda 100 ta ishlab chiqarish obyekti, 236 ta savdo nuqtasi va shourumlardan tashqari zamonaviy logistika markazi hamda dizaynerlik maktabi faoliyat yuritmoqda.

Markazda yiliga 160 ming dona mebel ishlab chiqarilib mahalliy va xorijiy bozorlarga yo‘naltiriladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Toshkent | #Rkkm | #Santexnika
🔧 Santexnik va chilangarlik ustasi – doimiy talab yuqori bo‘lgan kasb!

Uyingizda suv, isitish yoki kanalizatsiya tizimi kerakmi? Bularning barchasi santexnik mutaxassisi orqali hal bo‘ladi. Bu kasb egasi har doim ish bilan band va daromadli faoliyat yurita oladi.

Siz ham zamonaviy santexnik bo‘lishni istaysizmi?

🎓 Unda Respublika kasbiy ko'nikmalar markazida o‘qishni boshlang!
Amaliy mashg‘ulotlar, malakali ustozlar va kasbga ega bo‘lish imkoniyati sizni kutmoqda.

📲Murojaat uchun: 71 207-69-00 (112, 113, 115, 117). telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so'raymiz.
🏢Manzil: Toshkent shahar Yashnabod tumani Parkent ko'chasi 331-uy.
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube| Lokatsiya
🌍RKKM AXBOROT XIZMAT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublikamizda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” bo‘lib o‘tadi

📆 Mazkur haftalik 28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilmoqda. Tadbir ayni sanadan 2-mayga qadar davom etadi.

🎞Haftalik oldidan “Gapiring+” tok-shousida munosib mehnat sharoitlarini yaratmaslikning salbiy oqibatlari mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM