RESPUBLIKA KASBIY KO'NIKMALAR MARKAZI
2.56K subscribers
15.1K photos
1.58K videos
33 files
5.49K links
Download Telegram
Ishga qabul qilishda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?

▪️homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.

👉batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2025-yil ish vaqti taqvimi.pdf
282.4 KB
2025-yilga mo‘ljallangan ish vaqti me'yorlari davomiyligi taqvimiga o‘zgartirishlar kiritildi

📆Mazkur o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-195-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bugun ishdan 1 soat vaqtli ketish mumkin

Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga 6-iyun — Qurbon hayiti bayrami, yaʼni ishlanmaydigan bayram kuni.

Sana munosabati bilan quyidagi kunlari dam
olinadi:

6-iyun (juma) — Qurbon hayiti bayrami;
7-iyun (shanba) — 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
8-iyun (yakshanba) — odatiy dam olish kuni.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM