"Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali
5.21K subscribers
11.2K photos
932 videos
146 files
3.79K links
Murojaat, shikoyat va takliflar uchun: @helpmtu_bot @rahbarga_murojaat_bot

Facebook: www.facebook.com/rjukarshi
Instagram: www.instagram.com/rjukarshi5
Veb-sayt: qarshimtu.uz
Admin @shakhadjan
Download Telegram
Joriy yilning 22 - aprel kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali bosh muhandisi T.Dj.Xamrayev boshchiligida korxona bosh muhandislari, bosh mexaniklar va texnalogik jarayonlarni boshqarish bo'limi boshliqlari bilan kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davmida 2025-yil dastlabki 3 oy davrda yoqilg'i va energetik resurslaridan oqilona foydalanish natijalari muhokama qilindi.

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Harakat xavfsizligi yo'lida

Joriy yilning 22 aprel kuni Qarshi MTU filialida harakat xavfsizligini ta'minlash, infratuzlima holatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni tekshirish, berilgan topshiriqlar ijrosini ko'zdan kechirish hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan qulayliklarni tekshirish maqsadida Qarshi MTU filiali boshlig'i o'rinbosari E.E. Nabiyev hamda tegishli xodimlar tomonidan Gumbaz va Jom stansiyalarida tekshiruv ishlari olib borildi.

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸Assalomu alaykum!              
Chorshanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️ Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Ob-havo ma’lumotlari !

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Bugun 23-aprel 2025-yil, chorshanba.
Grigoriy taqvimi bo’yicha yilning 114 kuni.
Yil yakuniga 251 kun qoldi.

💠 BAYRAMLAR:

🇺🇳 YUNESKO - Butunjahon kitoblar va mualliflik huquqi kuni.
🇺🇳 BMT - Ingliz tili kuni.
🇺🇳 BMT - Ispan tili kuni.
🌎 Butunjahon stol tennisi kuni.
🌎 Butunjahon laboratoriya kuni.

💠 MILLIY BAYRAMLAR:

🇨🇦 Kanada - Kitoblar kuni.
🇺🇦 Ukraina - Psixologlar kuni.
🇨🇳 Xitoy - Dengiz kuchlari kuni.
🇹🇷 Turkiya - Milliy suverenitet va bolalar kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya - Shekspir kuni.
🇪🇪 Estoniya - Faxriylar kuni
🇨🇴 Kolumbiya - Til kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Kitoblar kuni.

💠 VOQEALAR:

- Mil. av. 215 - Rimdagi Kapitoliy tepaligida Venera ibodatxonasi qurildi.
- 1348 - Buyuk Britaniyaning oliy mukofoti - Garter ordeni ta'sis etildi.
- 1605 - Fyodor Godunov Rossiya podshosi deb e'lon qilindi.
- 1633 - Shvetsiya katoliklarga qarshi nemis knyazlari bilan Protestant ittifoqini tuzdi.
- 1662 - Konnektikut Buyuk Britaniyaning mustamlakasi deb e'lon qilindi.
- 1836 - Sankt-Peterburgda "Sovremennik" jurnalining birinchi soni nashr etildi.
- 1896 - Nyu-Yorkda Amerikada birinchi film namoyishi bo'lib o'tdi.
- 1907 - Jek London dunyo bo'ylab suzib ketdi.
- 1908 - Moskvada shahar tarixidagi eng yirik toshqinlardan biri boshlandi.
- 1913 - «Akvitaniya» kemasi suvga tushirildi.
- 1931 - Moskva shahrida Munavvar qori  qatl qilingan.
- 1935 - Polshaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1948 - Birinchi Arab-Isroil urushi: Isroilliklar Hayfa dengiz portini qaytarib olishdi.
- 1951 - SSSR Olimpiya qo'mitasi tashkil etildi.
- 1964 - Taganka teatri tashkil topdi.
- 1965 - Birinchi sovet aloqa  sun'iy yo'ldoshi - “Molniya-1” kosmosga uchirildi.
- 1967 - «Soyuz-1» fazo kemasi ishga tushdi.
- 1975 - Kiyevda Ukraina kitob muzeyi ochildi.
- 1982 - ZX Spectrum kompyuteri ishlab chiqarildi.
- 1990 - Namibiya BMTning 160-a'zosi va Britaniya Hamdo'stligining 50-a'zosi bo'ldi.
- 1991 - Novo-Ogaryovodagi uchrashuv paytida SSSR Prezidenti M. Gorbachyov va 9 respublika rahbarlari yangi Ittifoq shartnomasi tamoyillari to'g'risidagi bayonotni imzoladilar.
- 1996 - Butunjahon kitob kuni e'lon qilindi.
- 2007 - Dunyoning ko'plab mamlakatlarida BMT tashabbusi bilan global yo'l harakati xavfsizligi haftaligi boshlandi.
- 2018 - Armanistondagi noroziliklar natijasida Bosh vazir Serj Sarkisyan iste'foga chiqdi.

💠 TAVALLUDLAR:

- 1564 - Uilyam Shekspir - ingliz dramaturgi va shoiri.
- 1775 - Uilyam Tyorner (1851) - ingliz rassomi, romantik manzara ustasi.
- 1791 - Jeyms Byukenen (1868) - AQShning 15-prezidenti (1857-1861), davlat va siyosat arbobi.
- 1804 - Mariya Taglioni (1884) - italyan balerinasi, romantizm davri baletining yirik namoyandasi.
- 1823 - Abdulmajid I (1861) - Usmonlilar imperiyasining 31-podshohi.
- 1858 - Maks Plank (1947) - nemis fizigi, kvant nazariyasining asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1918).
- 1867 - Yoxannes Fibiger (1928) - daniyalik mikrobiolog va patologanatom, Nobel mukofoti sohibi (1926).
- 1891 - Sergey Prokofyev (1953) - rus bastakori, pianinochi va dirijyor.
- 1896 - Mate Zalka (1937) - venger yozuvchisi va inqilobchisi, antifashist.
- 1899 - Bertil Olin (1979) - shved iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1977).
- 1902 - Xaldur Kiljan Laksness (1998) - Islandiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg, tarjimon, Nobel mukofoti sohibi.
- 1918 - Moris Druon (2009) - fransuz yozuvchisi va davlat arbobi.
- 1926 - Rixsiboy Orifjonov (1979) - aktyor, rejissyor, dramaturg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964).
- 1930 - Gleb Skoroxodov - sovet va rus yozuvchisi, teleboshlovchi, Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist.
- 1930 - Laziz Qayumov- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori.
- 1946 - Anatoliy Biyshovets - futbolchi va futbol bo'yicha murabbiy, SSSRda xizmat ko'rsatgan sport ustasi.
- 1984 - Aleksandra Kosteniuk - rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster, 12-jahon chempioni.
- 2018 - Kembrij shahzodasi Lui - shahzoda Uilyamning o'g'li, qirol Charlzning nabirasi.

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

Joriy yilning 23-aprel kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruq ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish, korxonada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari uyushtirildi.

Safar davomida korxonada harakat xavfsizligiga rioya etgan holda ishlarni tashkil qilish va infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan o'rganishlar olib borildi. Shuningdek, depo ta'mirlash sexlarida olib borilayotgan ishlar, elektrovoz ta'mir jarayoni ko'zdan kechirildi hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan qulayliklar va shart-sharoitlar o'rganib chiqildi.

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat