"Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali
5.21K subscribers
11.2K photos
931 videos
146 files
3.79K links
Murojaat, shikoyat va takliflar uchun: @helpmtu_bot @rahbarga_murojaat_bot

Facebook: www.facebook.com/rjukarshi
Instagram: www.instagram.com/rjukarshi5
Veb-sayt: qarshimtu.uz
Admin @shakhadjan
Download Telegram
Ob-havo ma’lumotlari !

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Bugun 25-aprel 2025-yil, juma.
Grigoriy taqvimi bo’yicha yilning 116 kuni.
Yil yakuniga 249 kun qoldi.

💠 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.
🇺🇳 Xalqaro delegatlar kuni.
🌎 Butunjahon pingvinlar kuni.

💠 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇿 Qozog‘iston - Futbol kuni.
🇹🇭 Tailand - Qirol Naresuan kuni.
🇷🇺 Rossiya - Chuvash tili kuni.
🇺🇸 AQSh - DNK kuni.
🇩🇪 Germaniya - Daraxt ekish kuni.
🇮🇸 Islandiya - Yozning birinchi kuni.
🇰🇵 KXDR – Koreya xalq armiyasi kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Mintaqaviy avtonomiya kuni.
🇸🇿 Svazilend - Milliy bayroq kuni.
🇳🇿 Yangi Zelandiya, 🇦🇺Avstraliya - Vatan himoyachisi kuni.
🇫🇴 Farer orollari - Bayroq kuni.
🇪🇬 Misr - Sinayni ozod qilish kuni.
🇵🇹 Portugaliya - Ozodlik kuni.
🇮🇹 Italiya - Ozodlik kuni.

💠 VOQEALAR:

- 1333 - Polshaning feodal bo'linishiga chek qo'ygan Buyuk Kazimir III Krakovda toj kiydi.
- 1433 - Knyaz Yuriy Dmitrievich Klyazmadagi jangda Vasiliy II ni mag'lub etdi, shundan so'ng u Moskvada Buyuk knyaz taxtiga o'tirdi.
- 1498 - Puli chirog‘ darasida Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va uning o‘ttiz yoshili o‘g‘li Badiuzzamon o'rtasida qattiq jang bo‘lib o‘tdi.
- 1607 - Gibraltar jangida Gollandiya floti ispanlar flotini yo'q qildi.
- 1626 - O'ttiz yillik urush: Dessau jangi bo'lib o'tdi.
- 1707 - Bervikning 1-gersogi Jeyms Fitsjeyms Almans jangida g'alaba qozondi.
- 1719 - Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romani birinchi nashri chop etildi.
- 1783 - Fransiyada ilk bor havo shari kattalar vazniga teng yuk bilan osmonga ko‘tarildi.  
- 1792 - Fransiyada gilyotinadan qatl etish vositasi sifatida birinchi marta foydalanish.
- 1808 - Sharqiy Evropadagi birinchi Praga konservatoriyasi tashkil etildi.
- 1822 - Liberiya tarixining poydevorini qo'ygan G'arbiy Afrikadagi Britaniya mustamlakasida AQSh bayrog'i ko'tarildi.
- 1826 - Angliyada ichki yonuvchan dvigatelli birinchi avtomobilga patent berildi.
- 1839 - Britaniya armiyasining Qandahorga (hozirgi Afg'oniston) kirishi.
- 1859 - Port-Saidda fransuz muhandisi va diplomati Ferdinand Lesseps boshchiligida Suvaysh kanali qurilishi boshlandi.
- 1867 - Tokio shahri birinchi bo‘lib tashqi savdo uchun ochildi.
- 1895 - "Rossiya imperatori Aleksandr III muzeyi" (hozirgi Rossiya davlat muzeyi) ni tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi.
- 1901 - AQShda avtoulovlarning raqamlari rasmiy ravishda joriy etildi.
- 1931 - Ferdinand Porshe «Porsche» kompaniyasiga asos solgan.
- 1934 - SSSR Fanlar akademiyasini Moskvaga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi.
- 1945 - San-Fransiskoda BMT Nizomini tayyorlash bo'yicha 50 ta mamlakatning xalqaro konferentsiyasi boshlandi (26-iyungacha).
- 1954 - "Bell Phone"  kompaniyasining Amerika tadqiqot markazi quyosh batareyalarini yaratishni e’lon qildi.
- 1974 - “Chinnigullar inqilobi” ning g'alabasi. Portugaliyada fashistik tuzumning ag'darilishi.
- 2005 - Bolgariya va Ruminiya Evropa Ittifoqiga qo'shilish to'g'risidagi bitimni imzolashdi.
- 2007 - Rossiyaning birinchi Prezidenti B. N. Yeltsinning dafn marosimi.
- 2015 - 7.8 Mvt kuchga ega zilzila Nepalda sodir bo'lgan. Takroriy zilzilalar 28-aprelga qadar davom etdi.
- 2022 - Ilon Mask Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi.

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
💠 TAVALLUDLAR:

- 1214 - Lyudovik IX Avliyo (1270) - Fransiya qiroli (1226-yildan). Kapetinglar sulolasidan, 1248 yil va 1270 yildagi 7 va 8 - salib yurishlariga rahbarlik qilgan.
- 1228 - Konrad IV (1254) - Germaniya qiroli (1237-yildan), Sitsiliya qiroli (1250-yildan), Quddus qiroli (1228-yildan).
- 1873 - Feliks D’Erel (1949) - mikrobiolog olim, yuqumli bakteriyalar sohasidagi yirik tadqiqotchi.
- 1874 - Guglielmo Markoni (1937) - italiyalik radiotexnika muhandisi, radio ixtirochilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1909).
- 1900 - Volfgang Pauli (1958) - Shveytsariyalik fizik, kvant mexanikasining asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1945).
- 1919 - Hamid Gʻulom (2008) - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). 
- 1921 - Adham Tenishev (2004) - turkiyshunos olim.
- 1940 - Al Pachino - amerikalik teatr va kino aktyori, rejissyor, prodyuser.
- 1946 - Vladimir Jirinovskiy - (2022) - rossiyalik siyosatchi, Liberal-demokratik partiya asoschisi va raisi.
- 1949 - Dominik Gaston Andre Stross-Kan - fransuz iqtisodchisi, huquqshunos va siyosatchi.
- 1969 - Rene Zellveger - amerikalik kinoaktrisa. 
- 1988 - Sara Pakston - amerikalik aktrisa, model va qo'shiqchi
- 1991 - Aleks Shibutani - amerikalik figurali uchish ustasi (muzda raqs, singlisi Mayya Shibutani bilan birgalikda ijro etadi), to'rt qit'aning chempioni (2016).
- 1993 - Rafael Varan - fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).
- 1996 - Ellison Eshli Arm - amerikalik televideniye va kino aktrisasi, komediyachi va qo'shiqchi.
- 2002 - Kamola Irnazarova - badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbek sportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori.

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
"O'zbekiston-2030" Strategiyasi: Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 -yil 11-sentabrdagi Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasining 2023-2030-yillarga mo'ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi – "O'zbekiston-2030" tasdiqlandi.

Strategiya yangi O'zbekistonning rivojlanish strategiyasi tajribasi va keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan. U 2023-yilda sodir bo'lgan konstitutsiyaviy-huquqiy sohadagi o'zgarishlarni hisobga oladi.

Rivojlanishning asosiy yo'nalishlari:

- barqaror iqtisodiy rivojlanish yo'li bilan o'rtacha daromaddan yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga kirish;
- xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to'liq mos keladigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish;
- aholi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish;
- xalqqa xizmat qiladigan adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
- mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatlash.


Strategiyaning 5 ustuvor yo'nalishi.

Belgilangan maqsadlarga erishish uchun strategiya beshta ustuvor yo'nalishni belgilaydi:

1. Har bir insonning salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish;
2. Barqaror iqtisodiy o'sish bilan aholi farovonligini ta'minlash;
3. Suvni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
4. Qonun ustuvorligini ta'minlash, xalqqa xizmat qilishga yo'naltirilgan davlat boshqaruvini tashkil etish;
5. "Xavfsiz va tinch davlat" tamoyiliga asoslangan siyosatning izchil davomi.

Ta'kidlanishicha, "O'zbekiston-2030" strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasida yaqin hamkorlikni talab etadi.

Hujjat bilan bu yerda batafsilroq tanishishingiz mumkin.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli yo‘lovchilar!

Endilikda shahar atrofida harakatlanadigan poyezdlarga chiptalarni olish yanada qulay va tezkor bo‘ldi!

Siz https://elektropoyezd.uz/ manzili orqali elektron tarzda chipta xarid qilishingiz mumkin. Buning uchun mazkur saytdan roʻyxatdan oʻtishingiz kerak boʻladi.

📊 Vaqtingizni tejang va zamonaviy imkoniyatlardan foydalaning!

❗️ Eslatib o‘tamiz, elektron chipta xarid qilgan yo‘lovchilar poyezdda poyezd kuzatuvchisiga chiptani elektron ko‘rinishda taqdim etishlari kerak boʻladi!

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
📨Murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 25-aprel kuni “Qarshi MTU” filiali bosh muhandisi T.J.Xamrayev tegishli korxona rahbarlari bilan birgalikda Toshg‘uzor - Oqrabot temir yo‘l uchastkasi tog'li hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, kelib chiqishi mumkin boʻlgan nosozliklarni oldini olish, shuningdek, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida Qoradaxna - Chashma 87-88-km da temir yo‘l izlarini egriligini to‘g‘rilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi, shuningdek, temir yo'l izini almashtirishda olib boriladigan texnologik "OKNO" ishlari tegishli xo‘jalik korxona rahbarlari bilan birgalikda rejalashtirib olindi.

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸Assalomu alaykum!              
Dushanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️ Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Ob-havo ma’lumotlari !

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Hafta davomidagi
Ob-havo ma’lumotlari !
📌Qarshi. sh

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Bugun 28-aprel 2025-yil, dushanba.
Grigoriy taqvimi bo’yicha yilning 119 kuni.
Yil yakuniga 246 kun qoldi.

💠 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Butunjahon ishda xavfsizlik va Salomatlik kuni‌‌.
🌎 Havoli konditsioner tug'ilgan kun.

💠 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇩 Indoneziya - Milliy she’riyat/adabiyot kuni.
🇵🇱 Polsha - Ishda xavfsizlik va salomatlik kuni.
🇮🇹 Italiya - Sardiniya kuni.
🇹🇲 Turkmaniston - Turkman otlari kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy super qahramon kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Suverenitet tiklangan kun.
🇨🇦 Kanada - Ishchilar uchun motam tutish kuni.
🇦🇫 Afg'oniston - Jihodda afg'on xalqining g'alabasi kuni.
🇧🇧 Barbados - Milliy Qahramonlar kuni.
🇿🇲 Zambiya - Kennet Kaunda kuni.
🇼🇫 Uollis va Futuna - Avliyo Sent-Pyer Chanel kuni.
🇮🇳 Hindiston, Odisha - Huquqshunoslar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Tez tibbiy yordam xodimlari kuni.

💠 VOQEALAR:

➡️ 1503 -  Dunyodagi birinchi poroxli qurol bilan g'alaba qozongan jang - Cherinyola jangi bo'lib o'tdi.
➡️ 1512 - Bobur va Ubaydullaxon o'rtasidagi Raboti Malik atrofidagi jang. 
➡️ 1599 - Angliya parlamenti Angliya cherkovi uchun umumiy ibodat kitobini tasdiqladi.
➡️ 1686 - Isaak Nyuton o‘zining “Tabiiy falsafaning matematik tamoyillari” monumental asarining birinchi tomini qirollik jamiyatiga taqdim etdi.
➡️ 1784 - Fransiyada ixtirochilar B.Lonua va J.Benvenyu birinchi vertolyotning modelini namoyish qildilar.
➡️ 1788 - Merilend AQShning 7-shtatiga aylandi.
➡️ 1799 - Milan rus qo'shinlari tomonidan egallab olindi.
➡️ 1879 -  Tarnovodagi Ta'sis majlisi tomonidan Bolgariya Konstitutsiyasi qabul qilindi.
➡️ 1908 - Butunjahon esperanto assotsiatsiyasi (UEA) tashkil topdi.
➡️ 1914 - AQShda havoli konditsionerga patent berildi.
➡️ 1923 - Angliya futbol kubogi finali.
➡️ 1945 - Qizil Armiya qismlari reyxstagga hujumni boshladi.
➡️ 1945 - Daxau konslageridagi qoʻzgʻolon.
➡️ 1945 - Italiya diktatori Benito Mussolini va uning ma'shuqasi Klara Petacchi qatl etildi.
➡️ 1947 - Tur Xeyerdal Perudan „Kon-tiki“ tomonga ketdi.
➡️ 1969 - Sharl de Goll Fransiya Prezidenti lavozimidan ketdi.
➡️ 1969 - Leonid Gaydayning “Brilliant qo‘l” komediyasi ekranlarga chiqdi.
➡️ 1995 - Toshkentda ma'rifatparvar adib, shoir va davlat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
➡️ 2000 - Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya Kaspiy neftini tashish uchun neft quvurlarini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
➡️ 2001 - birinchi kosmik sayyoh - amerikalik Dennis Titoning parvozi.
➡️ 2014 - Amerikalik talabalar tomonidan  yaratilgan, elektr yordamida harakatlanadigan Electric Blue avtomobili elektromobillar o‘rtasidagi dunyo rekordini yangiladi. 

💠 TAVALLUDLAR:

➡️1442 - Edvard IV (1483) - Angliya qiroli (1461-1470 va 1471-1483).
➡️ 1753 - Frans Ashar (1821) - nemis kimyogari, qand lavlagidan birinchi bo‘lib spirt va uksus olishga erishgan.
➡️ 1758 - Jeyms Monro (1831) - AQShning 5-prezidenti (1817-1825).
➡️ 1838 - Tobias Asser (1913) - gollandiyalik huquqshunos, Nobel mukofoti sohibi (1911).
➡️ 1852 - Vvedenskiy Nikolay (1922) - rus fiziologi, Parabioz to’g’risida ta’limotga asos solgan. 
➡️ 1876 - Nikola Romeo (1938) - italiyalik muhandis va tadbirkor, Alfa Romeo avtomobilni ishlab chiqaruvchi.
➡️ 1908 - Oskar Shindler  (1974) - Sudetlik nemis sanoatchisi.
➡️ 1916 - Ferruchchio Lamborjini (1993) - Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi, hashamatli sport avtomobillari yaratuvchisi.
➡️ 1964 - Boyxonova Zulayho - aktrisa, xonanda (lirik soprano), O’zbekiston xalq artisti (2003).
➡️ 1973 - Rashid Xoliqov - xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
➡️ 1974 - Penelopa Kruz - ispan kinoaktrisasi va modeli.
➡️ 1981 - Jessica Marie Alba - amerikalik aktrisa va tadbirkor ayol.
➡️ 1982 - Donna Feldman - amerikalik aktrisa va model.
➡️ 1985 - Kaniza (Ahmedova Shahrizoda) - xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori.
➡️ 1988 - Kamila Valyexo - Chilida talabalar va kommunistik harakat faoli.

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli mehnatni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan aziz mutaxassislar!

Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — Butunjahon Mehnatni muhofaza qilish xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizning fidokorona mehnatingiz, ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash borasidagi qat’iyatli sa’y-harakatlaringiz tufayli ko‘plab insonlar sog‘lom va xavfsiz sharoitda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Sizning kasbiy burchingiz — inson salomatligi va hayotini himoya qilish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, juda yuksak ehtirom va hurmatga loyiqdir. Shu ulug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat, ishlaringizda yutuqlar va albatta, har bir ish kuningiz xavfsiz va barakali bo‘lishini tilaymiz!

Mehnatni muhofaza qilish — bu nafaqat qonuniy majburiyat, balki insoniy burchdir!

🏢 Qarshi MTU Axborot xizmati

🌐
WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
❗️❗️❗️❗️DIQQAT E'LON ❗️❗️❗️❗️

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Abdulla Tuychiyev xotirasiga hamda Qarshi MTU da uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan, hozirgi kunda vafot etgan xodimlarimizga bag'ishlangan sport tadbirlari 2025 yil 7 may kuni o'tkazilishini e'lon qilamiz.

Qarshi MTU filiali korxona, tashkilot hamda muassasalarda faoliyat yuritib kelayotgan ishchi-xodimlar o'rtasida:
🙍🏻‍♂️ Erkaklar orasida ⚽️ MINI FUTBOL, 🙍🏻‍♀️ ayollar orasida 🏐 VOLEYBOL sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun har bir korxona, tashkilot hamda muassasaning boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi raisiga murojaat qilishingiz mumkin.

🏢 Qarshi MTU Axborot xizmati

🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM