Rishton tumani axborot-kutubxona markazi
2.06K subscribers
14.4K photos
864 videos
159 files
685 links
📚Rishton tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali 📚
📗Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
🎶Audio kitoblar
🌐Yangiliklar
Qiziqarli maqola va ma‘lumotlardan foydalanib o‘z bilim va saviyangizni oshirasiz.
Download Telegram
#iqtibos

So'nggi sahifalarini o'qiyotganingda uni yaxshi kitob ekanini his qilsang,demak yana bir yangi do'st bilan xayrlashishga to'g'ri keladi.

Paul Sviney

@Rishtonakm
#OAV_biz_haqimizda

Rossiya davlatining «Вестник» jurnalining 2025-yil 1-sonida Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi direktor o‘rinbosari Batirova Lola Mahmudovnaning “Библиотека как место памяти: мужество узбекского народа в борьбе с врагом” mavzusidagi maqolasi chop etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atigi bir daqiqa — ammo hayotingizni o‘zgartirishi mumkin.

Bu kutubxona bilim, ilhom va o‘sish makonidir.

Tomosha qiling, ilhom oling, qadam tashlang. G‘oyalaringizga hayot beramiz😎
#biz_tavsiya_etamiz

📚Ko'hna dunyo
✍️Odil Yoqubov

📜Odil Yoqubovning ushbu asari 1982-yilda yozilgan.

Oradan o‘ttiz uch yil o‘tib, uni qayta nashr etishimizdan maqsad – ulug‘ allomalarimiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyatini bugungi kun o‘quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma’naviy saboq olishga qaratilgan.

@Rishtonakm
#bu_qiziq

Yaponiyada kitoblarni sevuvchilar uchun maxsus choy paketchalari chop etiladi.

Ularning yorliqlarida siz uchun yangi asarlarning parchalari joylashtirilgan bo'lib ichimlikni damlash vaqtida o'qish mumkin.

Agar ushbu parcha sizni qiziqtirsa, unga biriktirilgan QR kodini skanerlashingiz va butun kitobni o'qishingiz mumkin.

@Rishtonakm
Inson ilmsiz ekanini anglashi uchun ham, ozgina kitob o‘qimog‘i lozim.

@Rishtonakm
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kutubxona_OAV_nigohida

“Ma’rifat karvoni” doirasida viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan ma’rifat tadbiri tafsiloti
.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
#iqtibos

O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.


✍️  Yusuf Xos Hojib

@Rishtonakm
#Hikmatlar

📗 Kitob o'qishni odat qilmagan oila - ma'naviy qashshoq oiladir.
     P.A.Pavlenko

📖 Moziy istiqbolning tarozusidir, har kim o'lchasun-da bilsun.
     Mahmudxo'ja Behbudiy

📕 O'qimaydigan millatni aldash oson kechadi.
     Che Gevara

📚 Menga men hali o'qib ulgurmagan kitobni bergan inson men uchun eng qadrli do'stdir.
     Abraham Linkoln

@Rishtonakm
#OAV_biz_haqimizda

"Rishton haqiqati"  gazetasining  2025-yil may oyi 6-sonida Rishton tumani axborot-kutubxona markazi direktori Manzuraxon Mamadaliyevaning   "Kitob-tafakkur xazinasi" nomli maqolasi chop etildi.

@Rishtonakm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos Laziz Po‘latovich Qayumov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlanadi.
Kitob - bu nozik fikrni buzmasdan sinab ko'rishning yagona joyidir.

P. Morgan

@Rishtonakm
Mutolaa qalbni yumshatadi.
Kitob o‘qish jarayonida o‘quvchi qahramonlar bilan birga bo‘ladi.

Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo‘ladi.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, badiiy asar o‘qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg‘ularini yaxshi tushunar ekan.

@Rishtonakm
#nazm

KITOB KERAKDIR

Suvrat asli nurni siyratdan olur,
Siyrat esa ilmu hikmatdan olur,
Odamdan ezgulik, muhabbat qolur,
Saodat sayliga savob kerakdir,
Ko‘ngilning mayliga kitob kerakdir.

Kitob – dil bog‘ida gulning rangidir,
Kitob – otash ichra dilning rangidir,
U – qalbning kamoli, aql jangidir,
Ko‘kni ko‘zlaganga xitob kerakdir,
O‘zni izlaganga kitob kerakdir.

O‘qigan, uqqanga eli ergashgay,
Oqil yo‘lga chiqsa yo‘li ergashgay,
Jannatday jilmayib cho‘li ergashgay,
Savol yuz ochganda javob kerakdir,
Javob jarangiga kitob kerakdir.

Kitob – bu osmonning o‘ziga narvon,
Kitob – bu jahonning ko‘ziga narvon,
Tirik tarixlarning so‘ziga narvon,
Tunda talpinganga mohtob kerakdir,
Kunday kulay desang kitob kerakdir.

Olam olamligin bilmoq uchun ham,
Odam odamligin bilmoq uchun ham,
Qilni qirq tilimga tilmoq uchun ham,
Tig‘ni tutguvchiga shitob kerakdir,
Tug‘ni tutguvchiga kitob kerakdir.

Mahmud Toir

@Rishtonakm
#Iqtibos

Men uchun eski kitoblar qadrlidir. Kitoblarning ifori kamida kislorod qadar baxt beradi menga.

Daraxt bahorni kutgani kabi kutaman men kitoblarni.

Ahmet Batman

@Rishtonakm
#Sahifalar_sadosi
#Kutubxonadagi_javohir

Qadimgi hakimlardan biri shogirdiga “aytganimga emas, aytmoqchi bo‘lganimga boq” degan ekan. Bu qaysi ma’noda aytilgan bo‘lmasin, alloma Ibn Sino pandlariga qaralsa, uning aytmoqchi bo‘lgan har bir fikr va andeshalari zo‘r ahamiyat kasb etadi, zero u insonning har yerda hamisha sog‘ bo‘lishini istaydi…

Kichkina, ammo chuqur ma’no bilan to‘la! Ushbu bebaho kitob – Ibn Sino hikmatlari to‘plami – bizning kutubxonamiz fondida mavjud. Bu durdona asar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, kutubxonamizga tashrif buyuring 🥰