Rishton tumani axborot-kutubxona markazi
1.26K subscribers
19.9K photos
1.17K videos
173 files
842 links
📚Rishton tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali 📚
📗Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
🎶Audio kitoblar
🌐Yangiliklar
Qiziqarli maqola va ma‘lumotlardan foydalanib o‘z bilim va saviyangizni oshirasiz.
Download Telegram
#kitobxonlik_haftaligi

VI Respublika kitobxonlik haftaligi Farg‘ona viloyatidagi barcha tuman va shahar axborot-kutubxona markazlarida yuksak saviyada tashkil etildi.

Haftalik doirasida respublika miqyosidagi nashriyotlar tomonidan chop etilgan eng yangi mahalliy va xorijiy adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, kitobsevarlar uchun turli mahorat darslari, qiziqarli mutolaa tadbirlari, yozuvchi va adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, mazmunli davra suhbatlari hamda bir qator ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dasturlar tashkil etildi.


Mazkur haftalik aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning bilim va dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qildi.
#kitobxonlik_haftaligi
#haftalik_dayjesti

VI Respublika kitobxonlik haftaligi


Hafta davomida kutubxonamizda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. Xususan:

➡️ VI Respublika kitobxonlik haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi;

➡️ Davlat Karimning “Qorako‘z” nomli she’riy kitobi taqdimoti o‘tkazildi;

➡️ “Yubiley sanalari nishonlanayotgan ijodkorlar" ko‘rgazmasi tashkil etildi;

➡️ Xalqaro tibbiyot universiteti kutubxonasi xodimlari uchun metodik yordam ko‘rsatildi;

➡️ "Yubilyar asarlar: Vaqt va Ma'naviyat" burchagi tashkil etildi;

➡️“Kutubxonachilik sohasida: taraqqiyot, tajriba va istiqbol” mavzusida viloyatimizdagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun amaliy-o‘quv seminari tashkil etildi;

➡️Yozuvchi va tarjimon Sherzod Ortiqov ishtirokida Uilyam Shekspirning betakror asari “Romeo va Juliyeta” zamonaviy nigohda tahlil qilindi;

➡️ “Ona va bola” klubining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi;

➡️O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “O‘zbek qo‘shiq san’ati darg‘asi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi;

➡️ Farg‘ona davlat texnika universiteti "Kutubxona-axborot faoliyati" yo‘nalishi talabalari tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi;

➡️ “Mening onam — shifokor” shiori ostidagi rasmlar tanlovi o‘tkazildi;

➡️“Ohanglarga aylangan umr” nomli ko‘rgazma-sharh tashkil etildi;

➡️ Fargʻona shahar “SaboDil” maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi;

➡️ Yosh va iste’dodli yozuvchi Sohibaxon G‘aniyeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi;

➡️ Quva City Education o‘quv markazi o‘quvchilar uchun ekskursiya tashkil etildi;

➡️ “Dunyoning yetti mo‘jizasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔴 Tadbirlar davomida ko‘plab kitobxonlar jalb etilib, mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilindi.

💧 Kitobxonlik haftaligi — ma’naviyat va bilim sari muhim qadam!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

"Odam - taqdirini, taqdir esa odamlarni izlab yashaydi..."

📘Chingiz Aytmatov, "Qiyomat" romanidan

@Rishtonakm
#koʻrgazma_oldida_savol_javob

Koʻrgazma oldida oʻquvchular bilan savol-javob oʻtkazish-bu nafaqat bilimni tekshirish, balki kitobga boʻlgan qiziqishini uygʻotishning ajoyib uslubidir.

Rishton tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda kutubxonaning faol kitobxonlari bilan hamkorlida oʻzbek, jahon adabiyoti durdona asarlari, kitob haqidagi savollar asosida koʻrgazma oldida savol-javob oʻtkazildi.

@Rishtonakm
📚 #KITOBXONLIK

⚡️Rishton tumanidagi Rishton tumani gaz taʼminoti boʻlimi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda tuman axborot-kutubxona kutubxona markazi bilan hamkorlikda korxona-tashkilotlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida targ'ibot o'tkazildi.

📕Targ'ibot davomida axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan Rishton tumani gaz taʼminoti boʻlimi xodimlariga kutubxonadagi barcha turdagi kitoblar haqida ma'lumot berildi.

@Rishtonakm
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi yig‘ma elektron katalog mutaxassislari tomonidan Yozyovon tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari uchun metodik yordam ko‘rsatildi.

Mutaxassislar uchun:
📝 catalog.unicat.uz saytida bibliografik yozuv yaratish;
📁 Yozuvlarga nusxa qo‘shish tartibi;
🗂 Eng so‘ngi yangilanishlar va qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Sh.Ergashev
🔰Jahon tarixi

Ushbu kitob eng yangi tarixning birinchi davriga bagʻishlangan.

Bu-industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi boshlanishi davri.Bu davrning asosiy mazmunini jamiyat taraqqiyotining bosh yoʻllari-liberal-demokratik va totalitar-avtoritar yoʻllar oʻrtasidagi kurash tashkil qiladi

Mazkur oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining tarix taʼlimi yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan.

@Rishtonakm
Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchilari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida o‘quvchilarga kutubxonaning asosiy faoliyati, boy kitob fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ular kutubxona bo‘limlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Mazkur ekskursiya o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.