Rishton tumani axborot-kutubxona markazi
1.54K subscribers
14.3K photos
847 videos
158 files
678 links
📚Rishton tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali 📚
📗Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
🎶Audio kitoblar
🌐Yangiliklar
Qiziqarli maqola va ma‘lumotlardan foydalanib o‘z bilim va saviyangizni oshirasiz.
Download Telegram
"Har bir kitobxon kitob oʻqirkan, uning muallifi bilan qaysidir maʼnoda jang qiladi.

Bunda yozuvchi soʻzlar bilan, oʻquvchi esa oʻz tushunchalari bilan urush maydoniga otiladi.

Shaxsan men har bir yangi asarga tish-tirnogʻigacha qurollangan jangovar qoʻshinga qaragandek qarayman.

Qaniydi u mening tobora mahdudlashib borayotgan botinimni ishgʻol etib, qoliplarni parchalab tashlasa".

Xorxe Luis Borxes.

@Rishtonakm
#iqtibos

Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.

@Rishtonakm
Tursun Ali
📓Turnalar yo‘li

Taniqli shoir, tarjimon Tursun Alining "Turnalar yo‘li" nomli kitobi adabiy maqolalar, ustoz ijodkorlar haqidagi xotiralari, jahon adabiyotining yorqin yulduzlari Ivan Bunin, Osip Mandelshtam, Borxes haqidagi maqolalari va ijodiy suhbatlar o‘ziga xos aforizmlardan jamlangan, davriy matbuotda chop etilgan namunalardan saralab, kitob holiga keltirilgan.
#kun_hikmati

Ilmu ustod kitob hurmati – hammasidan zarur bu bob hurmati.
Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin,
Chekar hayotida kamlik zillatin.

Kamoliddin Binoiy

@Rishtonakm
#iqtibos

Ilm olish dastlab axloqiy poklikni talab qiladi. Shuningdek, ta’lim va tarbiya bir butunlikni ko‘rsatadi, faqat borliqqa amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi.

Abu Rayhon Beruniy

@Rishtonakm
🔅 #FAKT

Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob oʻqib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi soʻzni eshitgan boʻladi.

@Rishtonakm
#asardan_parcha

"Odam - taqdirini, taqdir esa odamlarni izlab yashaydi..."

Chingiz Aytmatov,📘 "Qiyomat" romanidan

@Rishtonakm
Rahima Shomansurova
📖Millat qiziga

"Oilada ruhiy muvozanatni, go‘zal munosabatni, fayzu barakani AYOL yaratadi.

  Ushbu kitobda oqila, komila, ruhiyati tiniq, fe‘li keng, nazari to‘q, sabru qanoatli onalarimiz, buvilarimizning e‘zozga, baxtibekamlik sharafiga erishish yo‘lidagi benazir mushohadalari, ibratli hayotlari haqida maʼlumotlar berilgan.


    Oilaning yuzi, iftihori, farishtasi bo‘lish niyatidagi qizlar! Ushbu kitob aynan siz uchun.

@Rishtonakm
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi Yig‘ma elektron katalog sektori mutaxassislari tomonidan Qo‘qon shahar va Dang‘ara tumani axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun metodik yordam ko‘rsatildi.

Kutubxonachilar uchun:

🔹 catalog.unicat.uz platformasida bibliografik yozuv hamda gazeta va jurnallarni yaratish,

🔹 Yozuvga nusxa qo‘shish,

🔹 Ish jarayonidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.