Rishton tumani axborot-kutubxona markazi
1.64K subscribers
14.2K photos
840 videos
158 files
673 links
📚Rishton tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali 📚
📗Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
🎶Audio kitoblar
🌐Yangiliklar
Qiziqarli maqola va ma‘lumotlardan foydalanib o‘z bilim va saviyangizni oshirasiz.
Download Telegram
​​Qanday qilib yanada ko'proq kitob o'qish mumkin?🤔

📚 1. Kutubxonalarga boring. Bu minglab kitoblarni tekin va arzimagan pul sarflab o'qishning eng yaxshi usuli.

📚 2. Soat bilan o'qing. Bo'sh vaqtingiz qancha bo'lishi — 30 daqiqami yo 3 soatmi — qati nazar, soat sizni mutolaaga sho'ng'ishga va hech narsaga chalg'imaslikka undaydi.

📚 3. Hamisha qo'l ostingizda kitob bo'lsin. Yo'lda ham audiokitoblar tinglab keting. Kutishga ketadigan vaqtni ham behudaga sarflamang — doimo yoningizda qog'oz yoki elektron kitob bo'lsin.

📚 4. Uyqu oldidan mutolaa qiling. Tadqiqotlarga ko'ra, uyqu oldidan biz ko'proq axborot hazm qilamiz, boz ustiga, mutolaa uxlashda ham yordam beradi. Agar har kuni kechqurun malum bir vaqtda o'qishga kirishsangiz, mutolaa ham tezda odat tusini oladi.

@Rishtonakm