Rishton tumani axborot-kutubxona markazi
1.74K subscribers
13.8K photos
809 videos
158 files
631 links
📚Rishton tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali 📚
📗Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
🎶Audio kitoblar
🌐Yangiliklar
Qiziqarli maqola va ma‘lumotlardan foydalanib o‘z bilim va saviyangizni oshirasiz.
Download Telegram
#iqtibos

📖 Zakovatli uqadi, bilimli biladi. Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.

Yusuf Xos Hojib

@Rishtonakm
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kutubxona_OAV_nigohida

Farg‘ona tajribasi. Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Kitobxon prokuror" tanlovi tafsilotlari.
​​ #Fakt

Uyi barobar kitob yozgan adib

Ustoz Abdulla Qahhor Lev Tolstoyni “bo‘yi barobar kitob yozgan” deya ta’riflaydi.

Shu ma’noda, ispan dramaturgi Lope de Vega (1562–1635) haqida bemalol “uyi barobar kitob yozgan” deb aytish mumkin. Chunki u 2000 ga yaqin pyesa va 3000 ga yaqin sonet muallifidir.

De Vega pyesalarining 426 tasi bugungacha yetib kelgan.
Dramaturg asosan tarixiy, ishqiy va hajviy mavzularda qalam tebratgan.

Uning pyesalari Uyg‘onish davri ispan dramaturgiyasining mumtoz namunalari sanaladi.

@Rishtonakm
☄️☄️☄️“Kitobxon davlat xizmatchisi” MAY oyi uchun tavisya etadi:

☄️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali hamkorlikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Salimov Abdunazar Abdulatifovich tavsiyasi bo’yicha may oyida Xel Elrodning "Tong Sehri" kitobini o’qing.

Savollarga javob bering va qimmatbaho sovg’aga ega bo’ling
!

Mutolaani boshladik!

🔜 May oyi yakunida kitob mazmuni bo'yicha onlayn sinov bo'lib o'tadi va g'olib tez muddatda savollarga eng ko'p javob topganligi bo'yicha aniqlanadi!

Каnalga obuna bo'lish uchun  🛫 @Ferganaargos
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitob – tafakkur qanoti.

Bu qanot mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kitobga bo‘lgan qiziqish kitobsevarlarni kutubxona tomon chorlaydi.

O‘quvchilarda kitobga muhabbat uyg‘otish, ularning kitobxonligini oshirishda kutubxonaning roli ham katta, deb o‘ylayman.

Kutubxona – ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i. O‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga, kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatning oshishiga xizmat qiladi.

@Rishtonakm
Abdulhamid Cho‘lpon
📓Qor qo‘ynida lola.

Cho‘lpon yangi adabiyotida, yangi shakllarga asos soldi.
Uning "Kecha va kunduz", (1936) romani, "Do‘xtur Muhamaddiyor"(1914), "Qor qo‘ynida lola"," Novvoy qiz", "Oydin kechalarda" hikoyalari o‘zbek adabiyotidagi lirik nashrning dastlabki mumtoz namunalaridir.

Mazkur kitobdan yozuvchining jozibali texnikasi, sodda tili, g‘aroyib uslubi aks etgan bir qator hikoyalari o‘rin olgan.