Rishton tumani axborot-kutubxona markazi
1.76K subscribers
13.8K photos
802 videos
157 files
630 links
📚Rishton tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali 📚
📗Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
🎶Audio kitoblar
🌐Yangiliklar
Qiziqarli maqola va ma‘lumotlardan foydalanib o‘z bilim va saviyangizni oshirasiz.
Download Telegram
#ibrat

Tomas Edisonning 63 yoshida butun boshli laboratoriyasi yonib ketadi.

Tasavvur qilyapsizmi?

Ko‘z o‘ngida bir umr tinimsiz mehnat qilgani-ixtirolari yonib, kulga aylanadi.

U esa kula boshlaydi.

Atrofidagilari uni telbaga chiqarishadi. Tomas Edison ayolini yoniga chorlab, deydi:

“Qara, azizam, bizning xatolarimiz yonmoqda!”

Shunday ekan, biling, har qanday xolatda ham shukrga sabab bor... Aslo tushkunlikka tushmang!

Ishoning... Sizning haqiqiy ixtirolaringiz endi yaraladi!


@Rishtonakm
Farg‘ona viloyati prokurorining bevosita tashabbusi bilan viloyat prokuraturasi organlari xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xodimlarning barcha qatlamlarini kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning ma’naviy fazilatlarini rivojlantirish hamda joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish maqsadida joriy yilning aprel oyida boshlangan “Kitobxon-prokuror” tanlovi davom etmoqda.

Tanlovning birinchi bosqichi (test sinovlari)da 250 dan ortiq xodimlari ishtiroki ta’minlanib, ikkinchi bosqichga ularning 80 nafari saralab olindi.

Ikkinchi bosqich (mashhur asar bo‘yicha tezis yozish) da to‘plagan ballari va birinchi bosqich natijalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir guruh xodimlar tanlovning uchinchi bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Tanlovning uchinchi bosqichi (Zakovat intellektual o‘yini) va tanlov g‘oliblarini taqdirlash joriy yilning 3-may kuni Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazining tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.
#Kitob_ilm_manbai

🥑 1 yillik rohat uchun urug' sep;
🌳 10 yillik rohat uchun daraxt ek;
📖 Bir umrlik rohat uchun esa ilm ol.

@Rishtonakm
#Siyosiy_maʼrifat_soati

Rishton axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun navbatdagi bugungi kunning muhim va dolzarb mavzulari haqida ma'lumot berib boruvchi "Siyosiy ma'rifat soati" o‘tkazildi.

@Rishtonakm
#asardan_parcha

Odamzodning qonida g’alati adolatsizliklar bo’ladi. Begonalardagi o’zgarishni darrov sezasiz-u yaqin odamingizga e’tibor bermaysiz.

Xuddi ota-onangizni birov sizga bog’lab berib qo’ygandek. Go’yo ular siz uchun abadiy yashashi shartdek. Oyim keksayib qolganini, sochlari oqarib ketganini, qovoqlari salqib,yuzi yillab to’shakka yopishib yotgan odamdek sarg’imtil-zahil tusga kirganini endi payqadim.

📚 O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” kitobidan.

@Rishtonakm
#kun_hikmati

"Sen kitobga siringni aytsang u buni hech kimga aytmaydi.

Agar sen kitobni sirini bilsang uni hammaga ulashging kelaveradi."

📚 @Rishtonakm
📚📚📚📚📚📚📚📚
Tez o'qish mashqi.

Tez o’qishni mashq qiling.
Bu iste’dod sizga muallifning uzoq yillik boy tajribasiga 2-3 soat davomida
ega bo’lishdek imkoniyatni beradi.

Misol uchun, buyuk shaxslar
biografiyalari orqali siz ularning hayotiy falsafasi bilan tanishishingiz mumkin.

Ular haqida mutolaa qiling va ularning hayot yo’llarini o’zlashtirishga harakat qiling.

Tez o’qish orqali siz juda katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa fursatda egallashingiz mumkin.

@Rishtonakm