Rishton tumani axborot-kutubxona markazi
1.81K subscribers
13.7K photos
796 videos
157 files
628 links
📚Rishton tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali 📚
📗Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
🎶Audio kitoblar
🌐Yangiliklar
Qiziqarli maqola va ma‘lumotlardan foydalanib o‘z bilim va saviyangizni oshirasiz.
Download Telegram
#kitobxonlik_haftaligi
#zakovat

Rishton tumani hokimligi, tuman Yoshlar ishlari agentligi, axborot-kutubxona markazi, umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda tumanimizdagi 2-son Politexnikumida "Uchinchi Renessansni Yoshlar bilan birga quramiz shiori ostida" " Zakovat" bilimdonlar bellashuvi o‘tkazildi.

@Rishtonakm
"Zakovat" bahsi kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi hamda Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi hamkorligida yosh kutubxonachilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Dastavval ishtirokchilarga bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanishi munosabati bilan kasaba uyushmalari tarixi va bosib o‘tgan shonli yo‘li haqida maʼlumot berildi.

Kutubxonachilar bilim maydonida kuch sinashar ekan, intellektual o‘yin qizg‘in muhitda davom etib nafaqat javoblar, balki tezkor fikr, jamoaviy hamjihatlik va zukkolik sinovdan o‘tkazildi.

Savollar sermazmun, raqobat shiddatli, ammo ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi bundan-da kuchli edi!

Har bir jamoa zafar uchun astoydil kurash olib bordi.Yakunda g‘olib va faol jamoalar munosib taqdirlandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi

Facebook | Telegram | Sayt
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot -kutubxona markazida Pensiya jamg‘armasi Fargʻona viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan "Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy" uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Pensiya jamg‘armasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Z.Akramov ishtirok etib, barcha ishtirokchi yoshlarni bugungi mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatidan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasi tomonidan ham yoshlar bilan ishlashda samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda yoshlarga katta ishonch bildirilgan holda ularning taklif-mulohazalari ham tinglanib, kelgusida amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Pensiya jamg‘armasi xodimlari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.