Forwarded from Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
#kitobxonlik_haftaligi
Kitobxonlik haftaligi doirasida Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziga Qirgʻiziston Respublikasining “УТРК БАТКЕН” telekanali ijodiy jamoasi tashrif buyurib kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, “УТРК БАТКЕН” telekanali ijodiy jamoasi Qobiljon Shermatovning kitob taqdimotida ham ishtirok etdilar.

#asardan_parcha
Insonning fe'li g'alati. Yaxshi narsa esidan chiqsa-chiqadiki, yomonlikni unutishi qiyin.
Ayniqsa, bu-bolalik xotirasi bo'lsa...
✍️O'tkir Hoshimov
📘"Dunyoning ishlari" asaridan.
@Rishtonakm

#kun_hikmati
Mutolaa asabni tinchlantiradi. Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal ko‘rasizmi?
Oksford universiteti olimlari esa buning o‘rniga kitob o‘qishni tavsiya qilishadi. Kitob o‘qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan.
Atiga olti daqiqa kitob o‘qish asabiylashishga barham beradi.
@Rishtonakm
Mutolaa asabni tinchlantiradi. Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal ko‘rasizmi?
Oksford universiteti olimlari esa buning o‘rniga kitob o‘qishni tavsiya qilishadi. Kitob o‘qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan.
Atiga olti daqiqa kitob o‘qish asabiylashishga barham beradi.
@Rishtonakm
Forwarded from Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
#kitobxonlik_haftaligi
KITOB – KELAJAK POYDEVORI
Texnologiyalar va tezkor ma’lumotlarga boy bugungi dunyoda kitobxonlik har qachongidan ham shaxsiy rivojlanish, ta’lim va madaniyatning asosi bo‘lib qolmoqda. Kitobxonlik nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish usuli, balki fikrlash, tasavvur va axloqiy ko‘rsatmalarni shakllantirish uchun ham eng kuchli vositadir.
Kitob insonning dunyoqarashini kengaytirishga, nutqini boyitishga va tafakkurini rivojlantirishga tizimli ravishda yordam beradi. Hech sir emaski, kitob mutolaasi orqali biz avvalgi xalqlarning, ayniqsa, buyuk ajdodlarimizning boy merosi va tajribalari bilan yaqindan tanishamiz, bu orqali o‘zligimizni anglashga va boshqalarni to‘laqonli tushunishga odatlanamiz. Bu esa bizdagi tahlil qilish qobiliyati va empatiyani rivojlantiradi hamda to‘g‘ri xulosalar chiqarishga, eng asosiysi, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi – ta’kidlash joizki, bular XXI asrdagi eng muhim bo‘lgan fazilatlardir.
O‘qish (kitobxonlik) kelajakdagi muvaffaqiyatlar bilan ham bevosita, ham bilvosita bog‘liqdir. Zero, ko‘p kitob o‘qiydigan odam yangi axborot va ma’lumotlarni oson qabul qiladi, tezroq o‘rganadi, shu bilan bir qatorda, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan harakat qiladi. Aynan shundan kelib chiqib, ushbu raqamli texnologiyalar asrida “o‘qish va tushunish qobiliyati” insonlardagi raqobatbardosh ustunlikka aylanib bormoqda.
Bundan tashqari, o‘qish – dam olish, hissiy stressdan xalos bo‘lish hamda ijobiy fikrlashning eng zo‘r usuli hisoblanadi. Yana bir haqiqat borki, kitob – inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbayi hamda har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘stdir.
Shu bois kitobxonlikka, adabiyotga bo‘lgan qiziqish-u mehrni bolalikdan uyg‘otish, uyda, maktabda, ishxonada va jamiyatda bu borada barcha birdek mas’uliyatni his qilishi zarur. Axir, kelajak nafaqat texnologiyalar bilan, balki fikrlar, g‘oyalar, qadriyatlar bilan, qolaversa, kitoblar bilan shakllanadi.
Yodda tuting, kitobxonlik shunchaki sevimli mashg‘ulot emas, bu ongli, muvaffaqiyatli va porloq kelajak sari yo‘ldir!
F.Mamajonov,
Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi

#kutubxonaga_sayohat
Rishton axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida davlat xizmatchilari hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodga kitob mutolaasi va kitob jamg‘armasidagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tuman umumiy o‘rta taʼlim maktabi kutubxona xodimlari hamda 19-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari uchun kutubxonaga sayohat uyushtirildi.
@Rishtonakm
#kutubxonaga_sayohat
Rishton axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida davlat xizmatchilari hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodga kitob mutolaasi va kitob jamg‘armasidagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tuman umumiy o‘rta taʼlim maktabi kutubxona xodimlari hamda 19-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari uchun kutubxonaga sayohat uyushtirildi.
@Rishtonakm
Forwarded from Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
#kitobxonlik_haftaligi
#ziyo_ringida_kutubxonachilar
Bilimdonlar bahsida – "Ziyo ringi"!
"Ziyo ringi" – Zakovat bahsi avjida!
Ayni damda Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi hamkorligida kutubxonachilarimiz bilim maydonida kuch sinashmoqda!
“Ziyo ringi” intellektual o‘yini qizg‘in muhitda davom etmoqda — bu yerda nafaqat javoblar, balki tezkor fikr, jamoaviy hamjihatlik va zukkolik sinovdan o‘tmoqda.
Savollar sermazmun, raqobat shiddatli, ammo ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi bundan-da kuchli!
Har bir jamoa zafar uchun kurashmoqda — kutubxona ahli zakovatda ham yuksak saviyani namoyish etmoqda!
Ziyo, bilim va zukkolik bilan to‘la bahsni biz bilan kuzatishda davom eting!