Rishton tumani 18-maktab | Rasmiy
73 subscribers
271 photos
38 videos
4 files
92 links
Rishton tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimiga qarashli 18-sonli umumtaʼlim maktabining Telegram kanali.

Admin: @contentchi
Download Telegram
Forwarded from Abdullajon Muxtorov
Hurmatli ustozlar!

Yangi o‘quv yili boshlanishi – 2-sentabr Birinchi qo‘ng‘iroq bayrami munosabati bilan Siz, aziz ustozlarni samimiy chin qalbimdan tabriklayman!

Siz har bir farzandning qalbiga nur olib kiruvchi, ilm-u ma’rifat yog‘dusini baxsh etuvchi, hayot yo‘lini to‘g‘ri tanlashda ustozona maslahat va sabr bilan yo‘l ko‘rsatuvchi mo‘tabar insonlarsiz. Sabr, mehr, fidoyilik va bilim bilan bog‘langan kasbingiz har qanday e’tirofga loyiqdir.

Yangi o‘quv yilida Sizlarga kuch-g‘ayrat, salomatlik, mustahkam iroda va tinimsiz ilhom tilayman. Muvaffaqiyatlaringiz doimiy, shogirdlaringiz iqtidorli va kamoli insoniylikka intiluvchi bo‘lsin.

Ilm ziyosini tarqatishdek sharafli va mas’uliyatli mehnatingiz har doim yuksak qadrlanadi!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Hurmat bilan,
Abdullajon Muxtorov
2-sentabr, 2025-yil
🔥3❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍Rishton tumanidagi 18-umumta'lim maktabida tuman hokimi, mutasaddi rahbarlar hamda yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan ta’lim sifati, kasb-hunar o‘rganish, sport to‘garaklari, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kelajak rejalari yuzasidan savol va takliflar bildirildi.

Mas’ullar tomonidan barcha murojaatlar tinglanib, dolzarb masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirish va yechimlar berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikrini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etdi.
❤2👍1🔥1
✨ Bugun maktablarimizda yangi o‘quv yili boshlanmoqda. Ayniqsa, ilk bor maktab ostonasidan hatlayotgan jajji o‘quvchilarimiz uchun bu kun unutilmas va hayajonli kun! 📚💐
🎉 1-sinf o‘quvchilarimizni maktabimizning katta va ahil oilasiga qo‘shilganlari bilan tabriklaymiz!
Aziz o‘quvchilar, sizlarga yangi bilimlar, ulkan orzular va yorqin kelajak sari dadil qadamlar tilaymiz!
👩‍🏫 Ustozlarga — kuch-g‘ayrat va sabr,
👨‍👩‍👧‍👦 Ota-onalarga — farzandlari kamolini ko‘rish baxti,
📖 O‘quvchilarga — a’lo baholar va katta yutuqlar tilaymiz!
🔔 1-qo‘ng‘iroq yangradi — yangi marralar sari yo‘l boshlandi!
🇺🇿 Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!
👏2
Forwarded from Hafizaxon
Forwarded from Hafizaxon
Rishton tumani 18-umumiy órta ta'lim maktabida 2026 yil 21-sentabr kuni boshlangich sinf óquvchilari órtasida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASINING" QUVNOQ SRATRLAR turidan musobaqa bólib ótdi.
Musobaqa natijasiga kóra:
1-2 -sinflar
1-órin 2-D sinf
2-órin 2-B sinf
3-órin 1-A sinf
3-4 -sinflar órtasida
1-órin 3-B sinf
2-órin 4-A sinf
3-órin 3-A sinf óquvchilari g'oliblikni qólga kiritdilar

Musobaqani tashkillashga yordam bergan barcha sinf rahbarlarga jismoniy tarbiya metod birlashmasi nomidan katta rahmat
❤2