АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети
564 subscribers
6.19K photos
644 videos
55 files
1.82K links
Ушбу канал Роман-герман ва славян тиллари факультети талабалар маънавий-маърифий хаётини ёритиш, янгилик, эълонларни етказиш мақсадида ташкил этилди.
Download Telegram
Forwarded from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKOAKSIYASI TASHKIL ETILDI

👍Andijon davlat chet tillari institutida ekologik mas’uliyatni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda raqamli boshqaruv tizimini keng joriy etish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi.

🔺Mazkur tashabbus doirasida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va xodimlar qog‘oz iste’molini kamaytirish, ish jarayonlarida elektron platformalardan keng foydalanish hamda hujjatlar almashinuvini raqamli shaklda tashkil etish bo‘yicha faol ishtirok etdilar.

🔺Aksiya davomida zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olish, resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

🕸Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️ adchti.uz
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

TARIXIY TONG, UNUTILMAS HAYAJON!


⚽️Kecha tong saharda Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini katta ekran qarshisida birgalikda tomosha qildi.

🏆Bu nafaqat futbol uchrashuvi, balki birdamlik, vatanparvarlik va tarixiy daqiqalarga guvoh bo‘lish onlari bo‘ldi.

🎥Ushbu unutilmas lahzalarni batafsil videoda tomosha qiling!

🎥Video muallifi: "ADCHTI pressa" guruhi a'zosi - Sherali Ismoilov.

👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

🕸Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️ adchti.uz
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from ADCHTI YBIMMB
#DIQQAT

🎙 DIQQAT, TALABALAR! MUHIM AUDIOCHATGA TAKLIF ETAMIZ!

🎓 Davlat grantiga talabgormisiz? Yoki grantlarni qayta taqsimlash jarayoni qanday amalga oshirilishini bilmoqchimisiz?

🎧 Unda ushbu audiochatni aslo o'tkazib yubormang!

📢 Bugun soat 10:00 da Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimining rasmiy Telegram sahifasi — https://t.me/adchti_ybimmb kanalida "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizom" sharhiga bag'ishlangan jonli audiochat bo'lib o'tadi.

🎯 Audiochat davomida quyidagi muhim savollarga batafsil javob beriladi:

Grant uchun hujjatlar qanday tayyorlanadi?
Hujjatlar platformaga qanday yuklanadi?
Talabgorning yutuqlari qanday tartibda baholanadi?
Tyutorlar va ishchi guruh faoliyati qanday tashkil etiladi?
Baholash mezonlari va yakuniy natijalar qanday shakllantiriladi?
Eng ko'p uchraydigan xatolar va ularni oldini olish yo'llari.


💡 Agar grant olishni maqsad qilgan bo'lsangiz, bu audiochat Siz uchun muhim yo'riqnoma bo'ladi!

🗓 Sana: Bugun
🕙 Vaqt: 10:00
📍 Manzil: https://t.me/adchti_ybimmb rasmiy Telegram kanali

🎧 Savollaringiz bilan ishtirok eting, aniq javoblar oling va grant imkoniyatidan unumli foydalaning!

Bilimli qaror — muvaffaqiyat sari ilk qadam! 🎓

🔹Bizni ushbu sahifada kuzating: @adchti_ybimmb
2
Forwarded from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BITIRUVCHI TALABALARGA DIPLOMLAR TANTANALI RAVISHDA TOPSHIRILDI

👍Andijon davlat chet tillari instituti 😲Roman-german va slavyan tillari fakulteti bitiruvchi talabalariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

🎥 Marosimning 1-kunidagi eng yorqin va unutilmas lahzalarni ushbu videolavha orqali tomosha qiling!

🎥Video mualliflari: "ADCHTI pressa" guruhi a'zosi - Sherali Ismoilov

👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

🕸Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️ adchti.uz
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42🥰1
Forwarded from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣O‘QISHNI KO‘CHIRISHDA YANGI IMKONIYAT!

🎓Endilikda nodavlat yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabgorlar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi.

👍Andijon davlat chet tillari instituti ham sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

🗓Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha elektron platforma yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.

☎️Murojaat uchun:
+99855-203-00-03
+99855-202-24-02

🎥Video muallifi: "ADCHTI press" guruhi rahbari Muzaffarxon Buzrukov.

👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

🕸Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️ adchti.uz
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI: SOGʻLOM KELAJAK TARAFDORIMIZ!

😲​Roman-german va slavyan tillari fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni asr vabosi bo‘lmish zararli illatlardan asrash va ogohlikni oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
​Fakultet tyutori O. Azimova rahbarligida Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili yo‘nalishi 25-01 guruh talabalari tomonidan bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biriga bag‘ishlangan maxsus targ‘ibot videoroligi tayyorlandi.

🎬 Videorolik nomi: «Yoshlar giyohvandlikka qarshi!»
​Ushbu ijodiy ish orqali talabalarimiz giyohvandlikning inson sog‘lig‘i, oilaviy baxt va jamiyat kelajagiga tigadigan ayanchli oqibatlarini ta’sirli kadrlar yordamida ochib berishgan. Videorolikning asosiy g‘oyasi — yoshlarni o‘z hayotiga mas’uliyat bilan yondashishga, porloq kelajakni tanlashga va har qanday zararli odatlarga qarshi qat’iy turishga chorlashdir.

Biz sog‘lom va barkamol avlod tarafdorimiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Forwarded from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BizningPrezident

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, HURMATLI PREZIDENT!

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.

Prezidentimizning yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yoshlar kelajagi yo‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlari yuksak e’tirofga sazovordir.

Muhtaram Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr hamda Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
💙💙💙📣

➡️2026-yil 31-iyul kuni soat 13:00 da (102-C xonada) Andijon davlat chet tillari institutida “Umumiy va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

➡️Kun tartibida Raxmonova Barnoxon Odilovnaning 10.00.11 – "Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan quyidagi mavzudagi dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkaziladi:

Mavzu: "Internet muloqotida gender xususiyatlar"
Barcha soha mutaxassislari va qiziquvchilarni ilmiy muhokamaga taklif etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔈 Yotoqxonaga joylashish uchun ariza berish boshlandi

1-avgustdan yuqori kurs talabalari uchun, yotoqxonaga ariza topshirish jarayoni start oladi.

1-kurs talabalari uchun esa yotoqxonaga ariza topshirish jarayoni mandat natijalari aniq bo’lgandan so’ng boshlanadi.

🔆 my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
🔆 Yotoxonaga navbatni tekshirish

🎥 Batafsil ma’lumot videoda

⚫️Bizni ushbu sahifada kuzating: Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

Hurmatli va faol Andijon davlat chet tillari instituti talabalari!

⚠️ Ma'lumki, har o‘quv yili yakunida talabalarning o‘quv, ilmiy va ijtimoiy faolligi natijalariga ko‘ra davlat grantlarini qayta taqsimlash jarayoni amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, ko‘plab talabalarda:

💭 Ballarni qanday to‘plash mumkin?
💭 Qaysi faoliyat turlari baholanadi?
💭 Hujjatlarni HEMIS tizimiga qanday va qachon yuklash kerak?
💭 Qaysi loyiha, tanlov va tadbirlarda ishtirok etish maqsadga muvofiq?

kabi savollar yuzaga kelmoqda.

⁉️ Mazkur savollarga amaliy yechim berish hamda "Ijtimoiy faollik indeksi"ning 11 ta mezoni bo‘yicha talabalarga metodik va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi huzurida maxsus maslahat guruhi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Guruhda Sizni nimalar kutmoqda?

11 ta mezon bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar – kitobxonlik, GPA ko‘rsatkichi, volontyorlik, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport, madaniy tashriflar hamda boshqa yo‘nalishlarda ball to‘plash tartibi;

Loyiha va tanlovlar taqvimi – institut, viloyat va respublika miqyosida tashkil etiladigan tanlovlar, olimpiadalar, forumlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlar haqida tezkor ma'lumotlar;

Metodik va uslubiy maslahatlar – bo‘lim mutaxassislari tomonidan HEMIS tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish va portfelni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.

🔈 Agar Siz:

✔️ davlat granti asosida tahsil olishni maqsad qilgan bo‘lsangiz;
✔️ "Ijtimoiy faollik indeksi"da yuqori natijalarga erishishni istasangiz;
✔️ o‘qish, ilm-fan, sport, ijod va jamoat ishlarida faol bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz,
ushbu maslahat guruhi aynan Siz uchun tashkil etilgan.


Andijon davlat chet tillari instituti talabalarining "Ijtimoiy faollik indeksi" maslahat guruhi: https://t.me/adchti_tifi

👑 Faolligingiz bugungi yutug‘ingizni, bugungi mehnatingiz esa ertangi muvaffaqiyatingizni belgilaydi!

⚫️ Bizni ushbu sahifada kuzating:Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️E’LON
2026-yil 22-avgust kuni soat 11:00 da (102-C xonada) Andijon davlat chet tillari institutida “Umumiy va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

👩‍💻 Kun tartibida Numonova Saidaxon Sotvoldiyevnaning 10.00.11 – "Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan quyidagi mavzudagi dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkaziladi:

Mavzu: "Oilaviy diskursda er-xotin muloqot strategiya va taktikalarining kompyuter lingvistik tadqiqi"
Barcha soha mutaxassislari va qiziquvchilarni ilmiy muhokamaga taklif etamiz.
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

➡️2026-yil 22-avgust kuni soat 09:00 da (102-C xonada) Andijon davlat chet tillari institutida “Umumiy va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

➡️Kun tartibida Shukurov Rahmatillo Mirzatillaevichning 10.00.01 – “O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan quyidagi mavzudagi dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkaziladi:

💬Mavzu: “Farg‘ona viloyati tarixiy toponimiyasining sotsiolingvistik tadqiqi”.

Barcha soha mutaxassislari va qiziquvchilarni ilmiy muhokamaga taklif etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

📌2026-yil 28-avgust kuni soat 11:00 da  Andijon davlat chet tillari instituti, 102-C xonada Umumiy va ozbek tilshunosligi kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

➡️Kun tartibida Kasimova Marifatxon Badritdinovnaning  10.00.01 - O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha  "Madaniy kodlar lisoniy  tadqiqi (o‘zbek tili misolida)" mavzusidagi  filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o'tadi.
      
➡️Soha mutaxassislari va qiziquvchilarni ilmiy muhokamaga taklif etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Forwarded from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
YUKSAK E’TIROF MUBORAK!

👍Andijon davlat chet tillari instituti rektori Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🇺🇿Mazkur yuksak e’tirof — Dilshodbek Abduvaxidovichning mamlakatimiz taraqqiyoti, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy va sifatli ta’lim berish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali mehnati hamda fidokorona faoliyatiga bildirilgan yuksak e’tibor ifodasidir.

Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi nomidan Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida yangi zafarlar tilaymiz.

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni muborak bo‘lsin!

ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI MATBUOT XIZMATI

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐️️Veb-sayt
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍21🔥1
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🇺🇿

Aziz yurtdoshlar, qadrli ustozlar, muhtaram hamkasblar va aziz yoshlar!

Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz tiklangan, o‘z taqdirimiz va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan buyuk tarixiy ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida O‘zbekiston ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, ilm-fan va ta’limga, ayniqsa, yosh avlodning kamolotiga qaratilayotgan yuksak e’tibor mustaqilligimizning hayotbaxsh kuchini yaqqol namoyon etmoqda.

Biz, ta’lim sohasi vakillari uchun mustaqillikning qadr-qimmati, avvalo, Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatni his etadigan, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni puxta egallagan, keng dunyoqarashli, milliy qadriyatlariga sodiq va xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini munosib himoya qila oladigan yosh avlodni tarbiyalash imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Zero, mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti bugun ta’lim olayotgan yoshlarimizning bilimi, tafakkuri, vatanparvarligi va bunyodkorlik salohiyatiga chambarchas bog‘liq.

Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, xalqimizning farovonligi, farzandlarimizning katta orzu va maqsadlar bilan yashayotgani — mustaqillik bergan eng ulug‘ imkoniyatlardandir. Bu bebaho ne’matni asrash, uning mazmunini yangi yutuqlar bilan boyitish va kelajak avlodlarga yanada taraqqiy etgan Vatan qoldirish barchamizning sharafli burchimizdir.

Shu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga fayzu baraka, ezgu ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy, xalqimizning hamjihatligi va bunyodkorlik shijoati bardavom bo‘lsin!

Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi yanada yuksalaversin!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori

@d_roostamov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏21