Roman-german filologiyasi fakulteti
1.14K subscribers
9.23K photos
587 videos
28 files
1.8K links
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa


Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori A. Bekmurzaeva oʻzining talabalari bilan Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif davomida talabalar buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, faoliyati va ulugʻ merosi bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi qimmatli eksponatlar, tarixiy hujjatlar va nodir asarlar talabalarda katta taasurot qoldirdi.

Shuningdek, tashrif davomida muzey mutaxassislari tomonidan talabalar uchun maxsus ma’lumotlar berildi, savol-javoblar oʻtkazildi. Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy gʻurur va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olish maqsadida ularning istiqomat qilayotgan uy va xonadonlardagi shart-sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha navbatdagi tashriflar amalga oshirildi.

🇺🇿 Bugun 29- yanvar kuni Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori M.N.Abdurahmonova o‘ziga biriktirilgan talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarga tashrif buyurdi.

🧠 Tashrif davomida ijara xonadonlarining sharoitlari o‘rganildi hamda talabalarga elektr va gaz jihozlaridan, dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, tozalikni saqlash va xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1🔥1👏1🎉1🆒1
🇪🇸Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

💻 2026-yil 30-yanvar kuni Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida navbatdagi samarali tadbir tashkil etildi. Tadbirda kafedra mudiri I.I. Turamuratova hamda kafedra katta o‘qituvchisi N.F. Mirzayeva 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan “Ma’naviyat va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.

🖐 Davra suhbatida bugungi raqamli davr sharoitida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlash, axborot texnologiyalaridan ongli va maqsadli foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda madaniyatli muloqot olib borish masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish hamda ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida atroflicha fikrlar bildirildi.

Tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Mazkur uchrashuvlar yoshlarning intellektual salohiyati va ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🗓 2026-yil 30-yanvar kuni 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Mallayev, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Sabirova hamda fakultet tyutori M. Abdurahmonova hamkorligida 5-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning o‘quv jarayonidagi faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida talabalar turar joyidagi ijtimoiy-maishiy muhit, tartib-intizom, tozalik va xavfsizlik masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

❗️ Shuningdek, talabalar bilan olib borilgan suhbatda odob-axloq qoidalariga rioya etish, o‘zaro hurmat va mas’uliyatni kuchaytirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, bo‘sh vaqtni sport, kitobxonlik va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali mazmunli o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🫶 Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mutasaddilardan batafsil va asosli javoblar oldilar. Bunday uchrashuvlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning shaxsiy mas’uliyatini mustahkamlash hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥53👍2🔥1🆒1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakultetida “Kelajak soati” nomli dars tashkil etildi. Ushbu mashg'ulot fakultet dekani X. Xakimov tomonidan olib borildi. Dars sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lish masalalariga bag‘ishlandi.

Dars jarayonida sog‘lom turmush tarzining inson salomatligi, ruhiy barqarorlik va kelajakdagi muvaffaqiyatlarga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, kun tartibiga amal qilish, shaxsiy gigiyena hamda stressni boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar mavzu yuzasidan faol ishtirok etib, sog‘lom hayot tarzining ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Savol-javoblar orqali dars yanada mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tdi.

🤝 Mazkur “Kelajak soati” darsi talaba-yoshlar ongida sog‘lom hayot tarziga rioya qilish, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O’zbekiston davlat Jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakultetida 🇪🇸Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri I.Turamuratova hamda 3-kurs amaliyot rahbarlari Z.Achilova hamda F.Tashpulatova tashabbusi bilan 3-kurs kunduzgi ta’lim talabalari uchun amaliyot oldi yig‘ilishi tashkil etildi.

📝 Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarni amaliyot jarayoniga oid hujjatlar, amaliyot obyektlari hamda tartib-qoidalar bilan batafsil tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berilib, zarur izohlar keltirildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM