Roman-german filologiyasi fakulteti
1.57K subscribers
12.5K photos
802 videos
36 files
2.26K links
ÖzDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Şikoyat, taklif va murojaat uçun: Yoşlar masalalari bo’yiça dekan maslahatçisi Şahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
2023-2024 o’quv yili uchun O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining 14 nafar talabasi Prezident va nomdor stipendiyalar sohibiga aylandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎉8❤1👍1
📚Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori K.Mamadaliyeva, Ispan nazariy fanlar kafedrasi o'qituvchisi D.Salaxova va biriktirilgan guruh talabalari bilan joriy yilning 11-dekabr kuni INNO innovatsion ta'lim va ishlab chiqarish texnoparki binosida Xitoy Xalq Respublikasining Ta'lim ko'rgazmasiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida talabalar Xitoy Xalq Respublikasining 45 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari va undagi grantlar haqida to'laqonli ma'lumot olishdi.
🔥3❤‍🔥2⚡1
2023-yil 11-dekabrda Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchilari I.Bagautdinova va H.Abdurahmonova va 1, 2-bosqich talabalari Oliy ta´lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNOTEXNOPARK” binosida tashkil etilgan Xitoy universitetlari ko'rgazmasiga tashrif buyurishdi. Ko'rgazma davomida talabalar xitoy universitetlari, ta'lim tizimi va o'quv grantlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Bizni kuzatib boring!
👍7❤4
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Innotexnopark” binosida Xitoy universitetlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur koʻrgazmaga Xitoy tomondan ushbu davlatning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi, taʼlim vazirligi vakillari, rektor hamda prorektorlar tashrif buyurdi.


Koʻrgazmada ishtirok etgan Xitoyning 40 ga yaqin yetakchi oliy oʻquv yurtlari oʻzlarining taʼlim dasturlarini namoyish etib, xorijda oʻqish imkoniyati va ajratilgan grantlar haqida maʼlumotlar berishdi.

Oʻzbekiston tomondan esa manfaatdor vazirlik va idoralar mutasaddilari, 100 dan oshiq davlat hamda xususiy oliy taʼlim muassasalari rahbar va masʼullari qatnashishdi.


Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektor  va dekanlardan iborat universitet rahbariyati vakillari ham mazkur koʻrgazmada ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#ijodkor_talabalar

Onajon xavotir olmang

Sog' omon yetvoldim Toshkentlariga,
Bu yerlar qishloqdan
ancha keng ekan.
Aylanibdi dunyo
boshkentlariga,
Qolishmas Londondan,
a'lo, teng ekan.
Bilaman darvoza
hali yopiqmas,
Kuzatib turibsiz,
uzoq mo'ltirab.
Bu o'g'il o'z uyga
endi sodiqmas,
Ketmoqda qayerga,
qaylarni ko'zlab,
Onajon yaxshiman
xavotir olmang,
Toki borgunimcha
o'zizni asrang.

Momom yopgan issiq
nonning ta'mini,
Unutolmas qumsar
lablarim hamon.
Bobom aytgan
hadis,o'gitlarini,
Bugun aytib turar
mana bu zamon.
Boshimni silagan
qo'lni izlayman,
Qishloqqa eltguvchi
yo'lni izlayman.
Achchiq gaplarimdan
bo'lmagan xafa,
Dunyoda eng suyuk
dilni izlayman
Onajon yaxshiman
xavotir olmang,
Meni o'ylab sira
bezovta bo'lmang.

Salohiddin Nosirov
Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz filologiyasi yo'nalishi 2103-guruh talabasi
👍12❤3❤‍🔥2😍1