Roman-german filologiyasi fakulteti
1.57K subscribers
12.5K photos
802 videos
36 files
2.26K links
ÖzDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Şikoyat, taklif va murojaat uçun: Yoşlar masalalari bo’yiça dekan maslahatçisi Şahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
🔥Joriy yilning 3-oktabr kuni Roman-german fakultetida Nemis tili nazariy va amaliy fanlar kafedralari tomonidan Germaniyaning birlashgan kuniga bag'ishlangan "33 yillikka 33 savol" mavzusidagi viktorinaning 2-bosqichi tashkil qilindi.

📌Dastlabki bosqichda Respublika bo'yicha 200 ga yaqin nemis tili o'rganuvchilari onlayn ishtirok etgan edi. Onlayn bosqichning eng yaxshi 33 ishtirokchisi O'zDJTU ga taklif qilindi.

🔰Tadbir Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, Toshkentdagi Gyote instituti, "Germaniya-O'zbekiston" do'stlik jamiyati, O'zbekiston nemis tili o'qituvchilari assotsiatsiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Tadbirda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi xodimi Eva Shnayder ham juriy sifatida ishtirok etdi.

Dastur so'ngida viktorina g'oliblari aniqlandi.
🥇1-o'rin - Qahramonova Sanobar
🥈2-o'rin - G'aniyeva Sohiba
🥉3-o'rin - Shopo'latov Ilyosbek

⚜️Viktorinada faol ishtirok etgan barcha talabalar estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring!👇🏻
https://t.me/rgffaculty
🔥6👍1
⚡️“Roman-German tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

➡️5-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining bosh binosida Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi hamda "ASMIRUS" ilmiy anjumanlarni qo'llab-quvvatlash markazi hamkorligida “Roman-German tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjumanni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxom Tuxtasinov ochib berdi.

📌Tadbirda Oʻzbekistondagi bir qancha nufuzli universitetlarning Professor oʻqituvchilari shuningdek, Turkiyaning Selchuk universiteti, Tunis Milliy mehnat va ijtimoiy tadqiqotlar instituti va Ozarbayjon tillar universitetining professor oʻqituvchilari ishtirok etib, tilshunoslik va tarjima nazariyasiga oid mavzularda maʼruza qildi.

🔺Anjuman zamonaviy tarjimashunoslik, qiyosiy va chogʻishtirma tilshunoslik, kompyuter va korpus lingvistikasi, xorijiy tillarni oʻqitishning zamonaviy uslublari kabi dolzarb mavzularga bagʻishlandi.

Bizni kuzatib boring!👇🏻
https://t.me/rgffaculty
👍5❤2
Roman-german filologiyasi fakultetida jinoyatchilik va kiberjinoyatga qarshi kurash bo'yicha profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

📌6-oktabr kuni fakultet dekani Adilbek Kuranbayevich, dekan muovinlari va fakultet tyutorlari boshchiligida jinoyatchilik va kiberjinoyatga qarshi kurash mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Dastur davomida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatchilikga qarshi kurash boshqarmasi Uchtepa tumani guruh rahbari Podpolkovnik Dilshod Abduraxmonovich hamda Uchtepa tumani xotin qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Mursalimova Rada ushbu mavzuda ma'ruza qildi.

🔰Talabalar o'zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bizni kuzatib boring!
👍4
⚡️Joriy yilning 6-oktabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi 4-kurs talabalarining pedagogik amaliyot yakuniga bag'ishlangan hisobot-prezetatsiya konferensiyasi bo'lib o'tdi.

🔰Unda talabalar amaliyot davrida darslarda qo'llangan fotosurat va qo'l mehnatini o'z ichiga olgan tarqatma materiallardan iborat portfolio va qiziqarli o'yinlar namoyish etishdi. Talabalarning bir oy davom etgan amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlari to'g'risida videorolik namoyish etildi. Shuningdek, talabalar amaliyot davomida orttirgan tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.

📌Konferensiya so'ngida fakultet dekani Adilbek Kuranbayevich talabalarning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi.

Bizni kuzatib boring!
👍4