Roman-german filologiyasi fakulteti
1.57K subscribers
12.5K photos
802 videos
36 files
2.26K links
ÖzDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali

Şikoyat, taklif va murojaat uçun: Yoşlar masalalari bo’yiça dekan maslahatçisi Şahzoda
Matlabxonova
@matlabxonovaa
Download Telegram
⚡️O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida 1 oktabr - O'qituvchi va muarbbiylar kuniga bag'ishlangan "Ustozim-ulug' faxrim" nomli tadbiri bo'lib o'tdi.

📌Tadbirni fakultet dekani Adilbek Kuranbayevich tabrik so'zi bilan ochib berdi.

⚜️Dastur boshida talabalar o'qituvchilarni gullar va shirinliklar bilan qarshi oldi. Cholg'u ansambli o'zining ijrolari bilan tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishladi. Talabalar ham ularga jo'r bo'lgan holda milliy kuylarimizni birgalikda ijro etishdi. Dastur davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan milliy raqslar, ustozlarga bag'ishlov she'rlar va sahna ko'rinishlari bayram tuhfasi sifatida taqdim etildi.

🔰Tadbir so'ngida o'qituvchi-murabbiylar bayram tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirishdi. Ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan tadbir o'qituvchi va talabalarning o'yin-kulgusi bilan yakunlandi.

Bizni kuzatib boring! 👇🏻
https://t.me/rgffaculty
❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Bosh binosida oliygoh logotipiga bag'ishlangan tadbir va konsert dasturidan lavha.

https://t.me/rgffaculty
⚡30-sentabr kuni Roman-german fakulteti dekani Xalillayev Adilbek Kuranbayevich "Metallurg" futbol akademiyasi qoshidagi xususiy maktab direktori Kamalova Manzura bilan muzokara o'tkazdi.

🤝Muzokara davomida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha bir qator takliflar ilgari surildi. Xususan, ispan tili yo'nalishi bitiruvchi talabalari mazkur maktabda amaliyot o'tash masalasi muhokama qilindi va hamkorlik kelishuviga erishildi.

📌Ma'lumot o'rnida, mazkur umumta’lim muassasasi “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi va ushbu akademiya hududida joylashgan. Bu yerda ta'limni o'quvchilarning sport faoliyati bilan birlashtirish bo'yicha noyob xalqaro tajriba qo'llanilib kelinmoqda. Maktabda o‘zbek va rus tillarini o‘rganishdan tashqari, dunyodagi eng mashhur tillardan biri bo‘lgan ispan va ingliz tili kabi xorijiy tillarni ham puxta o‘rganish ta’minlanadi.

Bizni kuzatib boring!👇🏻
https://t.me/rgffaculty
🔥Joriy yilning 3-oktabr kuni Roman-german fakultetida Nemis tili nazariy va amaliy fanlar kafedralari tomonidan Germaniyaning birlashgan kuniga bag'ishlangan "33 yillikka 33 savol" mavzusidagi viktorinaning 2-bosqichi tashkil qilindi.

📌Dastlabki bosqichda Respublika bo'yicha 200 ga yaqin nemis tili o'rganuvchilari onlayn ishtirok etgan edi. Onlayn bosqichning eng yaxshi 33 ishtirokchisi O'zDJTU ga taklif qilindi.

🔰Tadbir Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, Toshkentdagi Gyote instituti, "Germaniya-O'zbekiston" do'stlik jamiyati, O'zbekiston nemis tili o'qituvchilari assotsiatsiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Tadbirda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi xodimi Eva Shnayder ham juriy sifatida ishtirok etdi.

Dastur so'ngida viktorina g'oliblari aniqlandi.
🥇1-o'rin - Qahramonova Sanobar
🥈2-o'rin - G'aniyeva Sohiba
🥉3-o'rin - Shopo'latov Ilyosbek

⚜️Viktorinada faol ishtirok etgan barcha talabalar estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring!👇🏻
https://t.me/rgffaculty
🔥6👍1
⚡️“Roman-German tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

➡️5-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining bosh binosida Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi hamda "ASMIRUS" ilmiy anjumanlarni qo'llab-quvvatlash markazi hamkorligida “Roman-German tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjumanni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxom Tuxtasinov ochib berdi.

📌Tadbirda Oʻzbekistondagi bir qancha nufuzli universitetlarning Professor oʻqituvchilari shuningdek, Turkiyaning Selchuk universiteti, Tunis Milliy mehnat va ijtimoiy tadqiqotlar instituti va Ozarbayjon tillar universitetining professor oʻqituvchilari ishtirok etib, tilshunoslik va tarjima nazariyasiga oid mavzularda maʼruza qildi.

🔺Anjuman zamonaviy tarjimashunoslik, qiyosiy va chogʻishtirma tilshunoslik, kompyuter va korpus lingvistikasi, xorijiy tillarni oʻqitishning zamonaviy uslublari kabi dolzarb mavzularga bagʻishlandi.

Bizni kuzatib boring!👇🏻
https://t.me/rgffaculty
👍5❤2